O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti s. Nasritdinova, M. Tursunova



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/56
Sana10.03.2022
Hajmi1,06 Mb.
#487977
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56
Bog'liq
biznes etikasi va manaviyati

2-jadval. 
 
Ishtirokchilarni auditoriyaga joylashtirish usullari 
 
Usul 
Sxematik ifoda 
Izohlar 
Auditoriyaga 
joylashtirish 
Notiqni auditoriyadan 
ajratadi. Teskari aloqa qilish 
qiyinlashadi. Ishtirokchilar 
soni ko‘p 
“Konferensiya” 
Rasmiy. Lavozim 
pog‘onasiga qarab. 
Konfrontatsiya, fikrlar 
qarama-qarshiligini yuzaga 
keltirish mumkin 
“Taqa” 
O‘zaro hamkorlikka 
ko‘maklashadi. Bir-birini 
ko‘rib, muloqot qiladi. 
Nazorat qilish uchun yaxshi 
imkoniyat tug‘iladi 
V shaklda joylanishi 
Notiqning rahbarligi ostida 
muloqot qiluvchilar 
o‘rtasida hamkorlik 
yaratishga imkon tug‘diradi 
“Dumaloq stol” 
Kishilarni birlashtiradi, 
muammolarni muhokama 
qilishni demokratlashtiradi 
“Kabare” 
Kichik guruhlar ishlashi 
uchun, e’tiborni bir joyga 
jamlash bilan bog‘liq 
qiyinchiliklar yuzaga kelishi 
mumkin 
 
 
5.3. Konsultativ tanqid qoidalari 
 
Biznesga doir muloqotda ba’zan sherik ko‘ngliga yoqmaydigan 
gaplarni ham aytishga to‘g‘ri keladi.Ishdagi kamchiliklar, qarama-
qarshiliklarni aniqlab, unga salbiy baho berish tanqid deb tushuniladi. 
Lug‘atdagi talqin bo‘yicha tanqid bu “biror-bir voqelik (narsa)ning 
ijobiy tomonini topish, kamchiliklarini bartaraf qilish uchun olib 
borilgan muhokamadir”. Biroq doim ham ish muhokama qilinaver-


54 
maydi. Biror-bir narsaga salbiy baho berishni ham tanqid deb tushunsa 
bo‘ladi. Va nihoyat, tanqidiy gap va bahsdagi dalillar ham tanqidiy 
tushuncha doirasiga kirishi mumkin. Sharoitning shakllanishi shaxsning 
o‘z tamoyillarini himoya qila olishiga, raqibning haqligi yoki 
nohaqligini isbotlay olishiga uning obro‘si ham ta’sir qiladi. Aniq va 
ishontiruvchi dalillar ishning yakunini belgilab beradi. Va buning aksi 
ham bo‘lishi mumkin. Juda ko‘p ajoyib g‘oyalar, ularni isbot qilib 
bo‘lmagani bois amalga oshirilmay qolganligiga ko‘plab misollar mav-
jud. E. Jarikov va E. Krushelnitskiy
1
ba’zi bir o‘rganib qolingan noto‘g‘-
ri odatlardan voz kechishni tavsiya qiladi. 
1.
Agar ikkita bir-birini inkor qiluvchi fikrlar aytilgan bo‘lsa, 
“haqiqat o‘rtada” deb xulosa chiqarishga shoshilmaslik lozim. Haqiqat 
har joyda bo‘lishi mumkin. Shuning uchun o‘rtacha arifmetik hisob 
bilan uni aniqlab bo‘lmaydi. 
2.
Tanqid faqat tanqid qilish uchun emas. Shuning uchun tanqid 
qilishdan oldin biroz o‘ylab ko‘rish kerak. Balki muammoni ishchi tar-
tibda hal qilish mumkindir. Balki tushunmovchiliklarni bartaraf etishga 
yordam berishning iloji bordir.
3.
Tanqid o‘rinli bo‘lishi kerak. Ya’ni, keskin tarzda chiqish qilish 
foydadan ko‘ra zarar keltirishi mumkin. Tanqid shakli maqsadga mos 
bo‘lishi kerak. Agar kishi harakat qilsa-da, ammo uning tajribasi yo‘q 
bo‘lsa, unda tanqidning hojati yo‘q. Agar tanqid qilinuvchi o‘zining ish 
bilmasligini o‘zi ham anglasa, unda uning qo‘li ishga bormay qoladi. 
Boshqacha qilib aytganda, tanqidda doimo yaxshi niyatlar ustun bo‘lishi 
lozim.
4.
Tanqid oqilona bo‘lishi uchun bir qator qoidalarga rioya qilish 
zarur: 

tanqid qilishdan oldin tanqid obyektini aniq bilish lozim. Tanqid 
obyekti aniq bir odam yoki odamlar, voqea, me’yoriy hujjatlar va bosh-
qalar bo‘lishi mumkin; 

biror bir salbiy yakunlarga olib kelgan voqealarning bayonnoma 
tarzidagi aniq tavsifi bo‘lmog‘i lozim; 

mazkur sharoitda rasmiy mas’ul shaxsni aniqlash kerak bo‘ladi; 

bilvosita ishtirorkchilarni aniqlash; 

salbiy voqea sodir bo‘lgan sharoitni tahlil qilish; 

takrorlanish, ahamiyatga ega bo‘lish, oqibati nuqtayi nazardan
salbiy voqelikni tasniflash; 
1
Jarikov E.S., Krushelnitskiy E.L. Dlya tebya i o tebe. – M., 1991. 


55 

zarar ko‘rganlar va holatni o‘zgartirganlarni aniqlab olish; 

salbiy holatni bartaraf etish bo‘yicha takliflar berish; 

tanqidiy tahlil qilishni taqozo etuvchi voqealarni qaytarilishiga
yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan takliflar. 
5.
Tanqidingizni assosiz deya, tan olmaslik holatlarini bartaraf 
etish uchun oldin tanqid qilayotgan odamingizning fikrlari bilan ta-
nishib, keyin o‘z fikr-mulohazalaringizni bayon qilishingiz kerak.
6.
Muxolifingizni yanchib tashlashni ko‘zlab, uning fikr va 
harakatlarini axmoqona deb ko‘rsatishdan o‘zingizni tiying. Bunday 
qilsangiz muxolifingiz ortiqcha gaplaringizga e’tiroz bildirishi mumkin 
va ularni isbotlashni yana boshdan boshlash kerak bo‘ladi. 
7.
Tanqid qila turib tanqid qilinuvchining yaxshi tomonlarini ham 
esdan chiqarmaslik lozim. Bunday holatda sizni to‘g‘ri tushunish
imkoniyati ortadi. 
8.
O‘z-o‘zini tanqid qilish borasida namuna bo‘ling. Bu esa 
muxolifingizni siz tomonga o‘tish imkoniyatini oshiradi. Maslahatingiz-
ni tushunib, unga amal qilish foyda keltirishiga ishontiring. Avraam 
Linkolnning gapini esda tuting: ”Agar biror kishini o‘z tomoningizga 
og‘dirmoqchi bo‘lsangiz, birinchi navbatda siz uning do‘sti ekan-
ligingizga ishontiring.”
Tanqid qiluvchiga quyidagilar man etiladi: 

Gapni mutlaqo inkor qilish. Eskini barbod qilish oson, yangini 
yaratishga harakat qilib ko‘ring. Hech bo‘lmasa, uni yaratish yo‘llarini 
ko‘rsating. 

Barcha holatlarni aniq bilmasdan xulosa chiqarish. Volterning 
gapiga qaraganda “tez chiqarilgan xulosa sekinlashib qolgan mushoha-
daning natijasidir”. 

Tanqid qilinuvchiga so‘z bermaslik. 

Uning shaxsiga tegish, “umumiy” tanqid qilish. Ayblayapsizmi - 
isbotlab bering. 

Birovning kamchiliklarini yig‘ib, keyin esa omma oldida bu 
haqda chiqish qilish. Undan ko‘ra birdaniga orani ochiq qilgan afzal. 

Ish bitib ketgandan keyin eski mojarolarga qaytish. Boshqacha 
qilib aytganda, eski xatolarni eslamaslik lozim. 

Noinsoflarga dalillash (voqelikni bo‘rttirish, tanishlarni oraga 
solish, vijdonli bo‘lishga chaqirish, holatlarni buzib ko‘rsatish va h.k.). 


56 
Agar tanqid qilinuvchi eshitgisi kelmasa, eng odil tanqid ham natija 
bermaydi. Demak, tanqidni qabul qilish uchun ichki tayyorgarlik lozim 
bo‘ladi. Bunga quyidagilar xizmat qiladi. 

Tanqid mening takomillashishimga yordam beradi. Natijada 
kamchiliklar bartaraf etiladi, ishlarni amalga oshishi yaxshilanadi. 

Foydasiz tanqid bo‘lmaydi. Har qanday holatda ham u musho-
hada qilish uchun turtki beradi. Yomon tanqid bo‘lsa, u nima asosida 
paydo bo‘lganligi haqida ma’lumot beradi. Yaxshi tanqid foydali fikrlar 
tug‘ilishiga turtki bo‘ladi.Tanqid sabablari emas, balki uning haq-
qoniyligi muhimdir. Uning shakli ham ahamiyatli emas. Tanqidda eng 
muhimi, kamchiliklar tahlil qilinishi lozim.

Har qanday kamchiliklarni qo‘rqmasdan aytish kerak, aks holda 
ular jiddiy ziyon keltirishi mumkin. Shuning uchun tanqid kishini 
ehtiyotkorroq qiladi, o‘zi ko‘rmay qolgan narsalarni anglab olishga 
imkon yaratadi. 

Tanqid qilishyaptimi, demak mening imkoniyatimga ishonishadi. 
Tanqidning yo‘qligi men mutlaqo barkamol ekanligimdan yoki menga 
qo‘l siltab qo‘yilganidan dalolat beradi. 

Muhimi, har bir tanqiddan oqilona foydalanish. Eng qimmatli 
tanqid – eng ideal deb hisoblangan ishdan kamchilik topishdir; 

Tanqidda aniq takliflar bo‘lmagan holatlarda o‘zingiz xulosa 
chiqarib olishingiz mumkin. Boshqalarni tanqid qilganda ham o‘zingiz 
uchun xulosa chiqarib oling. 
Tanqid foydali bo‘lishi uchun uni sinchiklab eshitib, ma’nosini 
anglab olish lozim. Keyin esa olingan ma’lumotlardan xulosa chiqarib, 
xatolar takrorlanishining oldini olish kerak. Turli xil fikrlarning yo‘qligi 
turg‘unlik natijasidir. Bunday holatlarda muxoliflarni bahsga tortish, 
o‘zini o‘zi tanqid qilish foydalidir. Agar tanqidchi xato qilayotgan 
bo‘lsa, unga zarba berishga shoshilmang, haqiqatni aniqlashiga yordam 
bering. Bunday sharoitda ish, umuman olganda, ijobiy tomonga siljiydi. 
Har qanday bahs natijasida sizga bo‘lgan munosabat aniqlanadi. 
Tanqidni qabul qilinishining eng yuqori cho‘qqisi aytilgan kamchi-
liklarni bartaraf etishdir. Sog‘lom munosabat natijasida aniqlangan kam-
chiliklar belgilangan muddatda bartaraf etiladi. Tanqid qilinuvchi o‘zini 
oqlash maqsadida dalillarni buzmasligi, tanqidni to‘g‘ri tununishi, un-
dan xafa bo‘lmasligi lozim. Adolatsiz e’tirozlar ham uchrab turadi.
Shuni esda tutish kerakki, adolatsiz tanqid ko‘p holatlarda sizga qa-
ratilgan yashirin maqtovdir. Deyl Karnegining fikricha, agar sizga hu-
jum uyushtirilayotgan bo‘lsa, siz tanqid ostida qolgan bo‘lsangiz, bu 


57 
tanqid qiluvchida sizni anglash uchun ehtiyoj borligidan, qandaydir 
muhim ishni bajarganligingizdan va e’tiborga molik ekanligingizdan da-
lolat beradi. Agar tanqid odilona bo‘lsa, unda o‘rtada nizo chiqishiga 
sabab qolmaydi.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish