O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti s. Nasritdinova, M. Tursunova



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/56
Sana10.03.2022
Hajmi1,06 Mb.
#487977
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56
Bog'liq
biznes etikasi va manaviyati

Melonxolik
- ta’sirchan, hissiyotli, hatto kichik voqealarni ham 
chuqur his etadi, salbiy his-tuyg‘ulari ustuvor bo‘ladi. Tez xafa bo‘ladi, 
harakatlari sekin va ovozi past kishidir. Tez charchaydi, ish qobiliyati 
tez susayib ketadi, uzoq dam olishga muhtoj. Uzoq davom etuvchi
keskin holatlarni ko‘tara olmaydi, imtixon, majlislarda so‘zga chiqqanda 
o‘zini yo‘qotib qo‘yadi, qo‘rqoq, odatda, tez yig‘lay boshlaydi.
20-30 yillarda asab tizimining (oliy asab faoliyati) turlari haqida 
to‘liq va asosli ilmiy ma’lumot shaklandi. I.P. Pavlov asab tizimining 
uchta, ya’ni turtki beruvchi va tormozlash jarayonining kuchi, muvoza-


48 
nati va harakatchanlik xususiyatini ajratib ko‘rsatdi. Asab tizimi kuchi 
tipning eng muhim ko‘rsatkichi, uning xususiyati bilan bosh miya 
hujayralarining faoliyati, ularning bardoshliligi bog‘liq bo‘ladi. 
Harakatchanlik – bu bir asab jarayonining boshqa asab jarayoni bilan al-
mashishi. Muvozanat – turtki beruvchi va tormozlash jarayonlari 
o‘rtasidagi muvozanat. Har bir tip o‘ziga xos tarkibiy qismlarni qamrab 
oladi. I.P. Pavlov ularga quyidagicha ta’rif bergan: 
Kuchli. 
Kishi uzoq vaqt davom etgan mehnat davomida ham 
yuqori darajadagi ish qobiliyatini saqlab qoladi, tez kuchini tiklaydi. 
Murakkab, kutilmagan holatlarda o‘zini yo‘qotmaydi, bardam bo‘ladi, 
mayda-chuyda gaplarga e’tibor bermaydi, haqoratlarga hazil-mutoyiba 
bilan yondashadi. 
Barqaror. 
Bu odam eng keskin vaziyatda ham o‘zini bosiq tutadi. 
Keraksiz ehtiyojlarni osonlikcha bartaraf etadi va ortiqcha xayollardan 
holi bo‘ladi. Bir tekisda ishlaydi, uning ishida keskin o‘zgarishlar sodir 
bo‘lmaydi. 
Harakatchan.
Bunday odam sharoit o‘zgarishiga tez munosabat 
bildirib, shakllangan, ammo endi kerak bo‘lmagan stereotiplardan tez 
xalos bo‘ladi va yangi kishilar va sharoitga tez moslashadi.Tezda
turg‘un holatdan harakatchan holatga va bir faoliyatdan ikkinchi 
faoliyatga o‘tadi. Hissiyoti kuchli. Bir zumda eslab qolib, tez faoliyat 
kechiradi va tez gapiradi. 
Ko‘rsatilgan xususiyatlar qadimdan ma’lum bo‘lgan temperament-
lar tasnifiga asos bo‘la oladi. Xususan, sangvinik temperamentga kuchli, 
muvozanatli, tez (harakatchan) tipdagi asab tizimi xos bo‘lsa, flegmatik 
temperamentga kuchli, barqaror, sekin harakatli (inert) tur, xolerik 
temperamentga kuchli, muvozanatsiz, harakatchan tip, melonxolik 
temperamentga asab tizimining kuchsiz tipi xosdir.
Psixologiyada ekstraversiya va introversiyaga asoslangan tempera-
mentlarning tasnifi tan olingan. Bu tushunchalar XX asrning birinchi 
choragida psixiatr va psixolog K.Yung tomonidan kiritilgan. Ekstravert 
tipidagi kishilarga tashqi dunyo bilan aloqa qilish, yangi taassurotlarga 
intilish, tez harakat qilish, boshqalar bilan doimiy muomalada bo‘lish 
xos. Introversiyalashgan turdagi shaxslarga o‘z ichki dunyosiga e’tibori-
ni qaratish, o‘z-o‘zini tahlil qilish, ijtimoiy muhitga qiyin kirib borish, 
boshqalar bilan aloqa qilmaslik, ba’zida so‘z va harakatlarining sekin-
lashishi xos. 
Keyinchalik ekstroversiya-introversiya nisbatidagi, shuningdek, 
hissiy barqarorlik bo‘yicha farqlar ingliz psixologi G.Ayzenk tomonidan 


49 
tadqiq qilingan edi. Ekstroversiya-introversiya shkalasi hissiy barqaror-
lik shkalasi bilan to‘ldirildi. Bu yerda qutbning bir tomonida barqarorlik, 
kayfiyatning doimiyligi, o‘ziga ishonch, salbiy ta’sirlarga faol qarshilik 
ko‘rsatish bo‘lsa, ikkinchi qutbda esa kayfiyatning keskin almashib 
turishi, xafagarchilik, “neyrotizm darajasi” “xavotirlanish darajasi” deb 
nomlanuvchi asabiylashish holati turadi. Buning natijasida tempera-
mentning asosiy turlariga yangicha yondashuv yuzaga keldi. Ya’ni 
sangvinik - bu barqaror ekstravert, xolerik – ekstravert – neyrotik, me-
lonxolik – barqaror bo‘lmagan introvert (neyrotik), flegmatik hissiy bar-
qaror bo‘lgan introvert. 
Sotsionika kontekstida O.Kreger va D.J.Tyunson tomonidan ishlab 
chiqilgan shaxs tipologiyasi quyidagi tiplarni ko‘rib chiqadi
1


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish