48
nati va harakatchanlik xususiyatini ajratib ko‘rsatdi. Asab tizimi kuchi
tipning eng muhim ko‘rsatkichi, uning
xususiyati bilan bosh miya
hujayralarining faoliyati, ularning bardoshliligi bog‘liq bo‘ladi.
Harakatchanlik – bu bir asab jarayonining boshqa asab jarayoni bilan al-
mashishi. Muvozanat – turtki beruvchi va tormozlash jarayonlari
o‘rtasidagi muvozanat. Har bir tip o‘ziga xos tarkibiy qismlarni qamrab
oladi. I.P. Pavlov ularga quyidagicha ta’rif bergan:
Kuchli.
Kishi uzoq vaqt davom etgan mehnat davomida ham
yuqori darajadagi ish qobiliyatini saqlab qoladi, tez kuchini tiklaydi.
Murakkab, kutilmagan holatlarda o‘zini yo‘qotmaydi, bardam bo‘ladi,
mayda-chuyda gaplarga e’tibor
bermaydi, haqoratlarga hazil-mutoyiba
bilan yondashadi.
Barqaror.
Bu odam eng keskin vaziyatda ham o‘zini bosiq tutadi.
Keraksiz ehtiyojlarni osonlikcha bartaraf etadi va ortiqcha xayollardan
holi bo‘ladi. Bir tekisda ishlaydi, uning ishida keskin o‘zgarishlar sodir
bo‘lmaydi.
Harakatchan.
Bunday odam sharoit o‘zgarishiga tez munosabat
bildirib, shakllangan, ammo endi kerak bo‘lmagan
stereotiplardan tez
xalos bo‘ladi va yangi kishilar va sharoitga tez moslashadi.Tezda
turg‘un holatdan harakatchan holatga va bir faoliyatdan ikkinchi
faoliyatga o‘tadi. Hissiyoti kuchli. Bir zumda eslab qolib, tez faoliyat
kechiradi va tez gapiradi.
Ko‘rsatilgan xususiyatlar qadimdan ma’lum bo‘lgan temperament-
lar tasnifiga asos bo‘la oladi. Xususan, sangvinik temperamentga kuchli,
muvozanatli, tez (harakatchan) tipdagi asab tizimi xos bo‘lsa, flegmatik
temperamentga kuchli,
barqaror, sekin harakatli (inert) tur, xolerik
temperamentga kuchli, muvozanatsiz, harakatchan tip, melonxolik
temperamentga asab tizimining kuchsiz tipi xosdir.
Psixologiyada ekstraversiya va introversiyaga
asoslangan tempera-
mentlarning tasnifi tan olingan. Bu tushunchalar XX asrning birinchi
choragida psixiatr va psixolog K.Yung tomonidan kiritilgan. Ekstravert
tipidagi kishilarga tashqi dunyo bilan aloqa qilish, yangi taassurotlarga
intilish,
tez harakat qilish, boshqalar bilan doimiy muomalada bo‘lish
xos. Introversiyalashgan turdagi shaxslarga o‘z ichki dunyosiga e’tibori-
ni qaratish, o‘z-o‘zini tahlil qilish, ijtimoiy muhitga qiyin kirib borish,
boshqalar bilan aloqa qilmaslik, ba’zida so‘z
va harakatlarining sekin-
lashishi xos.
Keyinchalik ekstroversiya-introversiya nisbatidagi, shuningdek,
hissiy barqarorlik bo‘yicha farqlar ingliz psixologi G.Ayzenk tomonidan
49
tadqiq qilingan edi. Ekstroversiya-introversiya shkalasi hissiy barqaror-
lik shkalasi bilan to‘ldirildi. Bu yerda qutbning bir tomonida barqarorlik,
kayfiyatning doimiyligi, o‘ziga ishonch, salbiy ta’sirlarga faol qarshilik
ko‘rsatish bo‘lsa, ikkinchi qutbda esa kayfiyatning
keskin almashib
turishi, xafagarchilik, “neyrotizm darajasi” “xavotirlanish darajasi” deb
nomlanuvchi asabiylashish holati turadi. Buning natijasida tempera-
mentning asosiy turlariga yangicha yondashuv yuzaga keldi. Ya’ni
sangvinik - bu barqaror ekstravert, xolerik – ekstravert – neyrotik, me-
lonxolik – barqaror bo‘lmagan introvert (neyrotik), flegmatik hissiy bar-
qaror bo‘lgan introvert.
Sotsionika kontekstida O.Kreger va D.J.Tyunson tomonidan ishlab
chiqilgan shaxs tipologiyasi quyidagi tiplarni ko‘rib chiqadi
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: