4.O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
a) darsning turi – suhbat
b) metod – klaster, aqliy xujum
v) forma(shakl) – guruh, induvidual
g) vosita – doska, tarqatma material, jadval, spirtovka, filtrlar, gaz gorelkasi
d) usul – nutqli
e) nazorat – kuzatish(ko’rish)
j) baxolash – o’z-o’zini va umumiy baholash
5. Yangi pedogogik texnologiya.
1. “Klaster” usulida mavzuni yoritib berish
2. Talabalarga “aqliy xujum” tariqasida savollar berish.
151
6. O'quv jarayonida talabalar bajaradigan mustaqil ishi.
1. Avtoklavni ishlash prinsipi bilan.
2. Aseptika va antiseptika tushunchalariga rioya qilishni o’rganish.
IRSIYAT HAQIDA TUShUNChA.
Oxirgi bir necha o`n yilliklar ichida mikroorganizmlar genetikasini o`rganishda nihoyatda
ko`p va buyuk yangiliklar kashf qilindi. Mikroorganizmlar genetikasi ustida olib borilgan ishlar
shuni ko`rsatdiki, mikroblarni hamma xossalarini ham o`zgartirish mumkin ekan, ya'ni
morfologiyasi, antigen xususiyati, bioximik, virulentlik xossalari va hokazo. Bu o`zgarishni turli
xil faktorlar ta'sirida chaqirish mumkin.
MIKROORGANIZMLAR GENOTIPI VA FENOTIPI.
Irsiy belgilar asosan DNK da joylashgan bo`ladi. Bitta oqsil yoki peptidni hosil bo`lishini
kuzatib turuvchi DNK molekulasiga GENOM deyiladi. Genda hujayraga tegishli bo`lgan butun
belgilar (mujassamlashgan) bo`ladi. Mikroorganizmlarda genlarni DNK ning makromolekulasida
yoki xromosomalarida joylashganligi isbotlangan. Genetik material yana xromasomadan
tashqaridagi elementlarda – plazmidalarda ham saqlanishi mumkin. Ular protoplazmada
joylashgan bo`ladi. Mikroblar yoki viruslar hujayrasi genlarning yig`indisi Genotipni tashkil
qiladi. Gen yoki genotipni kichik xarf Q belgilarini qo`yib belgilaymiz. Yana sezgir bo`lsa S
sezgir, chidamlilik bo`lsa Ch, masalan, streptomitsinga sezgir bo`lsa kichik xarflar bilan Str s.
chidamli bo`lsa Str. Bakteriyalar fenotipini ham xuddi shu tarzda, faqat katta xarflar bilan
belgilaymiz. Mikroorganizmlardagi avlodga fenotipik tarzda o`tmaydigan bir yoki bir necha
belgilariga MODIFIKATASIYA deymiz. Bu holda mikrobni shakli, hajmi, bioximik xususiyati,
patogenlik, antigenlik belgilari o`zgarishi mumkin. Lekin bular FENOTIPIK xarakterga ega
bo`lib, genlar ta'sirida bo`lsa ham ularni o`zgartirmaydilar, ya'ni genotipga ta'sir qilmaydi va bu
o`zgarish belgilari kelgusi avlodga o`tmasdan yo`qolib ketadi.
MODIFIKATSIYA.
Modifikatsiya mikroorganizmlarni, o`zgaruvchan bo`lgan tashqi muhit sharoitiga moslanish
reaktsiyasidir. Bu reaktsiyalar mikroblar hayotini saqlanishiga yordam beradi va ta'sir qilib
turuvchi faktorlarning yo`qolishi bilan birgalikda yo`qolib ketadi, ya'ni kelgusi avlodga o`tmaydi.
Masalan, nestabil formaning xossalari ham yaxshi sharoitga tushganida yo`qolib ketadi. Demak,
modifikatsiya qisqa yoki uzoq muddatli bo`ladi. Lekin bir necha avloddan keyin u xossalari
baribir yo`qoladi. Lekin ayrim hollarda stabil formalar genotip o`zgarish natijasida ham hosil
bo`lgan bo`lishi mumkin, bu holda u avlodga doimiy o`tgan bo`ladi.
MUTATSIYA.
Mutatsiya (o`zgarish) ikki xil bo`ladi: to`satdan (spontan) hosil bo`ladigan, bunda DNK
polimerazaning, DNK replikatsiyasi vaqtida xatoga yo`l qo`yganligi natijasida to`satdan vujudga
keladi, ya'ni ta'sir qiluvchi kodrovanno`y determinant bo`lmaydi, o`z-o`zidan vujudga keldi.
INDUTSIRLAShGAN mutatsiyalarda, eksperiment sharoitda ma'lum bir fizik yoki
ximiyaviy ta'sir natijasida o`zgargan gammalar olinadi. Genotipik yoki xromosomalik mutatsiyalar
farqlanadi. Induktiv mutatsiyani chaqiruvchi ximiyaviy birikmalar yoki fizikaviy faktorlarga
MUTOGENLAR deyiladi. Ular DNK ga har xil ta'sir qilishi mumkin, ya'ni mexanizmi har xil
bo`ladi.
GENETIK REKOMBINATSIYALAR.
Yuqori turuvchi organizmlar singari, mikroorganizmlar uchun ham genetik rekombinatsiya
xosdir. Ma'lumki eukariotlar uchun jinsiy ko`payish xosdir. Prokariotlarda bu xol kuzatilmaydi.
152
Mikroblarda rekombinatsiya retsepient kletkaga, donor kletka xromasomasining bir qismini kirishi
natijasida to`liq bo`lmagan ZIGOTA-MEROZIGOTA hosil bo`ladi. Bu rekombinat genotipi,
o`ziga donor xromasomalarning (DNK) bir qisminigina olgan retsepient genotipidir. Shuning
uchun ham bu protsessni aniqlash bir muncha qiyindir. Genetik materialni bir mikrob hujayrasidan
ikkinchisiga o`tishi TRANSFORMATSIYA, TRANSDUKTSIYA va KONYUGATSIYA yo`li
bilan o`tishi mumkin.
TRANSFORMATSIYA.
Bu – genetik materialni (DNK) donordan retsepientga to`g`ridan-to`g`ri uzatilishidir.
Transformatsiya xodisasi 2 ta bakteriya qatnashadi, birinchisida DNK donor, ikkinchisida DNK
retsepient bo`ladi. Lekin hamma hujayralar ham DNK ni qabul qilavermaydi. DNK qabul qilish
xususiyatiga ega bo`lgan hujayrani kompetnent hujayralar deyiladi. Ulardagi kompetnentlik holati
qisqa muddatli bo`lib, hujayraning o`sish davridagi (ko`payish) ma'lum bir vaqtda bo`ladi,
ko`pincha u bakteriya ko`payishining – fazasida bo`ladi. Ya'ni bu vaqtda hujayra devorining
o`tkazuvchanligi yuqori bo`lib DNK molekulasini kirishiga qulay sharoit bo`ladi. Hamma
bakteriyalar ham kompetentlik xususiyatiga ega bo`lavermaydi. Transformatsiya holatini
chaqirish uchun ba'zan bakteriya hujayralari ayrim moddalar ta'sirida ishlanib, hujayra devorini
o`tkazuvchanligi oshiriladi. Transformatsiya protsessi bir necha fazada o`tadi.
DNK donorni retsepietga adsorbtsiyasi.
Donor DNK sini retsepientga hujayrasi ichiga kirishi.
Donor DNK sini retsepient xromasomasining o`ziga o`xshash qismi bilan birlashib
rekombinatsiya hosil qilishi. DNK lar qanchalik ko`p o`xshash bo`lsa, rekombinatsiya shunchalik
tez va yaxshi bo`ladi.
TRANSDUKTSIYA.
Genetik materialni bir akteriyadan ikkinchisiga fag orqali o`tilishi TRANSDUKTSIYA
deyiladi. Uch xil transduktsiya bo`ladi: nespetsefik, spetsefik va abort formasi.
NESPETSEFIK TRASNDUKTSIYA. Bu holda fag vibrionlari hosil bo`lish jarayonida bakteriya
donor DNK sining qandaydir bir qismihosil bo`layotgan fag DNK siga kirib qoladi va qisman
informatsiyani o`tkazadi, ya'ni transduktsiya qiluvchi fag bir bakteriyadan ikkinchisiga faqat
genetik materialni o`tkazuvchi bo`libgina qoladi va kulturani lizis qilaolmaydi, ya'ni donor DNK
si bakteriya xromasomasiga joylashadi.
SPETSIFIK TRANSDUKTSIYA. Avvalgisidan farqli o`laroq bu holda donor DNK si
retsipientga ma'lum bir genni to`liq o`tkazadi va DNK retsipient xromasomasi bilan mustahkam
bog`lanadi.
ABORTIK TRANSDUKTSIYAsi bilan bog`lanmasdan erkin holda turaveradi. Hujayra bo`linishi
vaqtida bu DNK faqat bitta yangi qiz hujayraga berilishi mumkin, natijada kelgusi avlodda yo`q
bo`lib ketadi.
KONYUGATSIYA.
Genetik materialni donor hujayrasidan retsipient hujayrasiga birikishi chatishish yo`li bilan
o`tishidir. Bu holda bakteriyalar birga o`stiriladi. Donordagi genetik material F faktorga ega
bo`ladi, (fertihy - pushtililik) buni GQ hujayrasi F faktorga ega bo`lmagan bakteriyalar hujayrasi
genotipi donor bo`laolmaydi, ularning G-hujayra deb belgilaymiz. Jinsiy faktor konyugatsiya
xususiyatiga ega bo`lgan PLAZMIDALAR guruhiga kiradi va ma'lum massaga ega bo`lgan (64.
106) DNK xalqasidan tashkil topgan bo`ladi. F – plazmida jinsiy kiprikchalar (F) ni sintezini
nazorat qiladi, bu kirpikchalar donor va retsipient hujayrasini birlashishida, shu bilan birga DNK
dan tashqarida bo`lgan genetik materialni o`tkazishda qatnashadi.
153
PLAZMIDALAR.
Demak, plazmidlar xromasomadan tashqaridagi genetik (irsiy) elementlardir: ya'ni DNK
molekulasidagi xromasomaga bog`liq emas: replikatsiya xususiyatiga ega replikatsiyada
qatnashadi. Plazmidalar bakteriya hujayrasi tarkibidagi doimiy elementlar tarkibiga kirmaydi.
Amma ular muhim protsesslarda qatnashishi mumkin – genetik ma'lumotlarni konyugatsiya
orqali o`tishida antibiotiklarga sezgirligi va hokazo. Plazmidalar konyugatsiyalanuvchi va
konyugtsiya bo`lmaydigan guruhga bo`linadi. konyugativ plazmidalarga DNKni donordan
retsipientga konyugatsiya orqali o`tkazuvchi F SO-plazmidalar kiradi. Ikkinchi hujayradan
hujayraga konyugatsiya usuli bilan gen belgini o`tkazish xususiyatiga ega emas. Ona hujayraning
bo`linishida yangi qiz hujayralarda bir tekisda taqsimlanadi. R-plazmidalar bakteriyadagi
antibiotiklarga chidamlikni belgilaydi.
GEN INJENERIYaSI.
Patogen bakteriya va viruslarni genetikasini o`rganish immunoprofilaktika ishiga katta
ahamiyatga ega. Ayniqsa gen (irsiy) yoki genlik injeneriya – yangi irsiy elementlar ishlab chiqishi
bular orqali maxsus ma'lumotni hujayralarga o`tkazish, avlodga berish va h.k. gen injeneriya
asosida tashkil qilingan yangi genlik strukturasida DNKni yangi rekombinatlari yangi 2 ta
komponent. VEKTOR (tashuvchi) replikatsiyadagi hamma xususiyatlarni yangi rekombinat
molekulasiga o`tkazadi. Vektor sifatida plazmidalar, faglar, hayvonlar viruslari, xullas DNKning
berk xalqasiga ega bo`lgan elementlar kiradi. Ikkinchi begona DNKni hosil qiluvchi DNKni
klonlashtiruvchi – bu DNK-fermenti bo`lib, kerakli genlarni tashiydi, kerak moddalarni
sintezlaydi va nazorat qiladi.
Gen injeneriya usuli bilan hozirgi vaqtda rekombinat molekalalar olingan bo`lib, bular
kerakli moddalarni, sintez qiluvchi genlarni tashiydi.
Mikroorganizmlar hayoti uni o'rab turgan va ularga ta'sir ko'rsatuvchi tashqi muhit bilan
chambarchas bog'liq. Mikroorganizmlarga ta'sir ko'rsatuvchi barcha omillarni uch guruhga:
Do'stlaringiz bilan baham: |