Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mikrobiologiya, virusologiya va



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/281
Sana09.03.2022
Hajmi3,97 Mb.
#487540
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   281
Bog'liq
mikrobiologiya virusologiya va immunologiya

Antimikrob immunitet
 
turli xil mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan kasalliklardan so'ng 
yoki vaksina (kuchsizlantirilgan tirik yoki o'ldirilgan mikroorganizmlardan tayyorlangan 
vaksinalar) yuborilganda hosil bo'ladi. 
Antitoksik immunitet
 
— bakteriyalarning zaharli ta'sirlari (toksinlari)ga nisbatan hosil bo'ladi. 
Antivirus immunitet
— 
virusli kasalliklardan so'ng hosil bo'ladi. Immunitetning bu turi uzoq 
davom etadi va mustahkam (qizamiq, chechak va boshqalar) bo'ladi. Shuningdek, faol virusli 
immunitet virusli vaksinalar bilan emlangandan so'ng hosil bo'ladi. 
Steril immunitet
— 
ko'pgina qo'zg'atuvchilar bemor tuzalganda organizmdan yo'qoladi. 
Immunitetning bu turi steril immunitet deyiladi (qizamiq, chechak va boshqalar). 
Sterillanmagan immunitet
 
— infeksiya qo'zg'atuvchining moyilligi xo'jayin organizmida 
bo'lgan davrdagina saqlanib turiladi. Bunday immunitet sterillanmagan yoki infeksion immunitet 
deyiladi. Immunitetning bu turi sil, zaxm va ayrim boshqa infeksiyalarda kuzatiladi. 
Odamning yuqumli kasalliklarni yuqtirmasligi spetsifik va nospetsifik himoya omillarida o'z 
aksini topadi. 
Nospetsifik himoya 
deb, organizmning tug'ma xususiyatiga aytiladi, bu odam tanasi 
yuzasidagi va organizm ichidagi turli xil mikroorganizmlarni yo'qotishga imkon beradi. 
Spetsifik 
himoya 
omili organizm kasallik qo'zg'atuvchisi yoki toksinlar bilan to'qnashganda hosil bo'ladi, bu 
omillarning ta’siri faqat shu qo'zg'atuvchilar yoki ularning toksinlariga qarshi qaratilgan bo'ladi. 
Spetsifik bo’lmagan immunitet ikkiga bo’linadi: 
Tabiiy yoki tug’ma. 
Organizmni himoya qilish anatoma - fiziologik faktorlari. 


148 
Tabiiy yoki tug’ma immunitet evolyutsiya jarayonida hosil bo’lib, nasldan - naslga o’tadi. 
Masalan, qoramollar, otlarning manqa kasalligiga, otlar, itlarning toun kasalligiga, odam esa 
cho’chqalarning va itlarning toun kasalligiga sezgir emas. Hayvonlarda va odamlarda bo’ladigan 
bunday immunitet tabiiy, tug’ma va zotiga xos immunitet deyiladi. Bunday immunitetning paydo 
bo’lishi sababi har xildir. I. M. Mechnikov tug’ma immunitetning bir turim kaltakesak va 
toshbaqalarda tekshirib, uning sababini isbotlagan. 
U qoqshol tayoqchasinining katta miqdorini kaltakesak va toshbaqaning terisi ostidan 
yuborib, bu toksin ularga hech ta’sir etmaganligini, ya’ni ularni shu toksinga immunitetli 
ekanligini aniqlagan. 
Tabiiy tug’ma immunitet absolyut yoki mutloq va nisbiyga 
bo’linadi. Absplyut yoki mutloq immuniteti bo’lgan hayvonlar kasallik 
qo’zg’atuvchilarning miqdori katta yoki shu qo’zg’atuvchi mikrob 
uchun nihoyatda qulay sharoit bo’lishiga qaramay kasallanmaydilar. 
Misol uchun ot hech qanday sharoitda ham qoramollarning toun 
kasalligi bilan kasallanmaydi, ya’ni otlarda qoramollarning toun 
kasalligiga absolyut immunitet bor. 
Nisbiy immunitetda esa organizm fizikaviy - kimyoviy va biologic faktorlar yoki tashqi 
muhitning ta’sirida qo’zg’tuvchi mikroorganizmiaming katta miqdori bilan zaharlantirilsa, shu 
qo’zg’tuvchi mikroorganizmlargaorganizmning qarshi turish qobiliyati yo’qoladi. Masalan, 
tabiiy sharoitda kaptar kuydirgi kasalini qo’zg’tuvchi mikroorganizmlarga chidamli. Lekin unga 
avval alkagol berib, keyin mikroorganizmlar yuborilsa, u albatta kuydirgi bilan kasallanadi. 
III. ANATOMA - FIZIOLOGIK VA IMMUNITETN1NG BOShQA FAKTORLARI. 
Hayvon va odamlarning organizmi hayotda tashqi muhit va boshqa tirik jonivorlar bilan 
turli munosabatda bo’lib, ularning ta’siriga javob qaytarish va qarshi turish qobiliyati paydi 
bo’ladi. Hayvonlar va odam organizmi pathogen mikrobning kirishiga to’sqinlik qiladigan, ulami 
halokatga olib boradigan, yo bo’Imasa organizmdan tezlik bilan chiqarib yuboradigan bir necha 
tabiiy himoya qilish anatoma - fiziologik hususiyatlarga va immunitetning boshqa faktorlariga 
ega. Teri, shilimshiq pardalar, limfa bezlari, ichak va oshqozon shirasi, lizotsin moddasi, o’t, 
fagotsit va gumoral anatoma - fiziologik faktorlar bo’lib, ular organizmni mikrobdan himoya 
qiluvchi to’siq sifatida himoya qiladi, Tcri va shilimshiq pardalar mikroblarning organizm 
to’qimalariga o’tishiga to’sqiniik qiladi, bular tabiiy to’sqinlikdir. Organizmga kirgan 
mikroblarning ko’payib yoki aksinchayemirilib yo’q bo’lib ketishi Ieykotsitlar va retikula - 
endothelial sistemasining biologik reaksiyasiga bog’iiqdir. Bu hujayralarning mikrobga qarshi 
faoliyati fagotsitoz (30-rasm) hodisasidan iboratdir. Fagotsitoz- bu hayvon organizmi 
hujayralarining zarrachalarini aktiv tutishi, bu zarrachalar organik bo’lgan taqdirda ularni hazm 
qilish jarayonidir. Bu jarayonda asosiy rolni fagotsitlar o’ynaydi. I. 
L
Mechnikov fagotsitoz va 
uning immunitetdagi rolini aniq tajribalar bilan isbot etadi. U dengiz yulduzining lichinkalari va 
dafniyalar ustida tajribalar o’tkazadi . Olim lichinka tanasiga tikan kiritadi. Bir necba vaqtdan 
keyin tikan atrofiga talaygiria xarakatchan hujayralar to’planganini aniqlaydi. Ikkinchi tajribada 
esa u dafniya tanasiga mahsus zamburug’ sporalarini kiritadi. Sporalar kam bo’lganidan ularning 
hammasini barakatchan hujayralar qamrab olib, hazm qilib yuboradi va dafniya tirik qoladi, 
Sporalar ko’p yuborilganda esa, ular o’sib ko’payardi va natijada jonivor nobud bo’Iardi. Bu 
tajribalarga asoslanib Mechnikov hayvonlar organizmi mahsus hujayralar yordamida mikroblarni 
qamrab olib yutib yuboradi va shu tariqa mikroblardan holos bo’ladi degan hulosaga keladi. Bu 
hodisani fagotsitoz deb, fagotsitoz qiladigan hujayralarni esa fagotsitlar ya’ni yutib yuboradigan 
hujayralar deb ataydi. I. I. Mechnikovning fikricha, qonning harakatchan hujayralarida 
leykotsitlar, asosan segmentlangan neytrofillar asosiy rol o’ynaydi. Ular m i k r o f a g l a r deb 
ataladi. Bundan tashqari yirik hujayralar - m a k r o f a g l a r ham bor.Bularga monotsitlar, qon 


149 
tomirlarining endoteliy hujayralari, taloq, jigar va boshqa organlarmng retikula - eiy hujayralari 
kiradi.otsitlarning mikrobga yaqinlashuvi 
Antigenlarning (31-rasm) molekulalari kolloid holatda bo’lgani uchun, ular shimilib, 
antitelalar hosil bo’Iadigan joylarga yetib boradi. Kristall moddalarning antigenligi aktiv emas. 
Antigeniarga mikroorganizmlar va ularning zaharlari, begona oqsillar (chujerodnie belki), 
fermentlar, to’qima hujayralanning elementlari va hayvonlarning zaharlari kiradi. Oqsil 
moddalarning tarkibida aromatic gruppalar ko’p bo’lsa, unda oqsil moddalarning antigenlik 
hususiyati yuqori bo’ladi va shunga qarab ular ikki gmppaga: sifatli va sifatsizantigenlarga 
bo’linadi. 
genlarning kimyoviy tuzilishida aromatic gruppalar radikal bo’lib ishtirok etadi. Ular 
organizmga kiritilsa, o’ziga qarshi mahsus immune moddalar bilan probirkada ham spetsifik 
birlasha oladi. 
Sifatsiz antigenlar yoki geptonlar organizmga parenteral yo’li bilan yuborilganda, o’ziga 
qarshi mahsus immune moddalar hosil qila olmaydi. 
ANTITELALAR HAQIDA TUShUNChA. Bu hayvonlarning organizmiga antigenlar ta’sir 
qilgandan so’ng hosil bo’Iadigan mahsus oqsillar immuno - globulinlar (gamm - globulin) dir. 
Antitelalar termolobil bo’lib, molekulyar massasi nihoyatda katta (160000-195000). 
Antitelalarning asosiy hususiyati ular hosil qilgan antigenlatga sezgirligidir. Antitela bilan 
antigenlarning o’zaro ta’sir etishi orqali antigen zararsizlantiriladi. Hamma antitelalar uchta katta 
gruppaga 'bo’linadi: antimikrobli, antitoksinli va antihujayrali. Antitelalar, antigenlar ta’sir etgach, 
5-6 kundan so’ng hosil bo’lib, bir necha oylar organrzmda saqlanib turadi. So’ngra yana kamaya 
boshlaydi. Antigenlar ta’sirida organizmda o’zgarishlar sodir bo’ladi. Antitelalarning ko’payish 
tezligi antigenlarning organizmga qayerdan yuborilishiga bog’liqdir. Vena qon tomiri orqali 
yuborilsa, antitelalar tezroq hosil bo’ lib, organiznming yuqumli kasallikka qarshi turish qobiliyati 
oshadi. Antigenlarga achchiqtosh, alyuminiyning gidroksili kabi moddalar qo’shib organizmga 
yuborilsa, hosil bo’lgan antitelalar uzoq muddat saqlanib turadi. 
ANTIGEN BILAN ANTITELALARNING O’ZARO MUNOSABATI. Antigen bilan antitelalar 
o’zinirig shaklini va strukturasini o’zgartirmay molekulalar singari o’zaro ta’sir etadilar. Bu 
jarayon colloid va kimyoviy reaksiyalar singari ikkita fazada o’tadi. Avval antigenning sirtida 
antitelalar adsorbsiyalanadi, so’ngra complement ishtirokida elektrolit muhitda agglyutinatsiya
pretsipitatsiya yoki lizis o’tadi, ya’ni antigenlar neytrallanadi. 
MIKROB HUJAYRASIN1 ANTIGEN STRUKT'URASI. Mikrob hujayrasi va virus zarrachalari 
tarkibi antigen faollik hususiyatiga ega bo’lgan murakkab strukturali moddalardan tuzilgan. 
Harakatchan bakteriyalarning hivchinli H- antigeni bo’lib, u o’zida flagellin degan termolabi! 
oqsil tutadi. Hujayra qobig’idagi antigenlarga esa O - antigen deyiladi. O - antigenlar issiqlikka 
chidamli, tarkibida lipoproteidlar mavjudligi bilan harakterlanadi. Ayrim mikroorganizmlarda, 
masalan, zotiljam klebsiyellasining kapsulasida murakkab polisaxaridlar tarzidagi K- antigenlar 
bo’ladi. Kapsulali antigenlarning yana biri Vi-antigenlar deb yuritilib, ular enterobakteriyalarning 
virulent tiplarida masalan, salmonellalarda qayd qilingan. Bakteriyalarning toksinlari ham xuddi 
oqsillar singari to’liq antigenlar sirasiga kiradi. Vaksina preparatlarini tayyorlashda va ayrim 
yuqumli kasalliklarning serologik diagnostikasida bakteriya antigenlaridan keng foydalaniladi. 
IMMUNITET REAKSIYASI. Muayyan antigen va unga mos keladigan antitelalarning o’zaro 
reaksiyasi o’zining spetsiklik darajasi yuqoriligi va o’ta ta’sirchanligiga ko’ra yuqumli 
kasalliklarni aniqlash va tibbiy- biologik tadqiqotlarda keng qo’llaniladi. 
Immun reaksiyalari anrigenlarning holati va antigelar bilan antitelalar o’zaro reaksiyaga 
kirishadigan muhitning o’ziga xos hususiyatlariga ko’ra agglyutinatsiya, pretsipitatsiya, lizis, 
komplementlarni bog’lash, neytrallash kabi turlarga bo’linadi. 


150 
AGGLYUTINATSIYA REAKSIYASI (RA). Tuzlar (natriy xloridning izotonik eritmasi) bilan 
antitela ta’sirida mikroorganizmiar va boshqa hujayralarning bir- biriga yopishib qolishi va 
cho’kmaga tushishi agglyutinatsiya hodisasi deyiladi. Agglyutinatsiya reaksiyasida ikki narsa 
ishtirok etadi: antitela (agglyutininlar ) - kasal odam yoki immunizatsiya qilingan jonivor zardobi; 
antigen - o’ldirilgan yoki tirik mikroorganizmiar va shunga o’zshash hujayralardan 

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish