Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mikrobiologiya, virusologiya va


Bo’g’ma (difteriya) qo’zg’atuvchisining mikrobiologik diagnostikasi



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/281
Sana09.03.2022
Hajmi3,97 Mb.
#487540
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   281
Bog'liq
mikrobiologiya virusologiya va immunologiya

Bo’g’ma (difteriya) qo’zg’atuvchisining mikrobiologik diagnostikasi 
Bo’g’ma (difteriya) qo’zg’atuvchisi — Corynebacterium diphtheriae Actinomycetales 
tartibiga aloqador bo’lib, biror-bir oilaga kirmaydigan Corynebacterium zotiga kiradi. Difteriya 
qo’zg’atuvchisining asosiy biologik belgilaridan biri, uning kasallik patogenezini belgilovchi 
toksin ishlab chiqarish xususiyatidir, bu xususiyat bilan boshqa difteriodlardan farqlanadi. 
Kasallikda mahalliy patologik jarayon odatda tomoqda joylashadi, bo’g’ma qo’zg’atuvchisi 
terida, ko’zda, jinsiy organlarda ham difteriya kasallikni keltirib chiqarishi mumkin (rasm 76). 
Laboratoriya diagnostikasi bakterioskopik va bakteriologik tekshiruvlar buyicha olib boriladi. 
 
Uslubiy ko`rsatmalar
Difteriyada tekshirish uchun material olganimizda qo’zg’atuvchini qaysi organlarda 
jarayonni keltirib chiqarishiga bog’liq. Shu bilan bir qatorda tamoq difteriyasi eng ko’p uchraydi. 
Tekshirish uchun material 2 ta steril paxtali tampon bilan olinib, biridan surtma tayyorlash, 
ikkinchisidan ekish uchun foydalaniladi. Material ovqatlanmasdan oldin yoki ovqatlangandan 
keyin 2 soat o’tkazilib olinadi. Antibiotiklar bilan davolanmasdan turib olinsa ajratib olish foizi 
yuqori bo’ladi. Olingan material 2 soat ichida laboratoriyaga yetkazilishi va ekilishi kerak, agar 
uni iloji bo’lmasa tampon 5% gliserin yoki fiziologik eritma bilan ho’llab olinadi. 
1 –kun. 
Olingan material darhol birinchi tampon bilan buyum oynasiga bir necha surtmalar 
tayyorlaniladi, surtmalar quritilib, qotirilib Neysser va Gram usullari bilan bo’yaladi. Bo’g’ma 
surtmada yengil egilgan tayoqchalar bo’lib o’lchami 3-6 mkm. Tayoqchani ikki uchida volyutin 
donachalari (Babesh-Ernest) joylashgan bo’lib, tayoqchaga to’g’nog’ich shaklini beradi. Bundan 
tashqari bo’g’ma qo’zg’atuvchilari surtmada xarakterli «X» va «V» harfi shaklida yoki ieroglif 
ko’rinishida joylashadi (rasm 76, 7-sxema). Shu bilan bir qatorda bo’g’ma qo’zg’atuvchisi o’ta 
polimorfizm xususiyatiga ega. Surtmada tipik formalari bilan bir qatorda kokksimon, uchlari 
yo’g’onlashgan kolbasimon, ipsimon va shoxlangan formalari ham uchraydi.
 
Difteroid va psevdodifteriya tayoqchalarida volyutin donachalari bo’lmaydi yoki ular 
tayoqchalar uchida emas, balki tanachasi bo’ylab joylashadi. Bundan tashqari bu bakteriyalar 
surtmada to’da-to’da, qator-qator (chastakol) bo’lib joylashishi mumkin. 
Lyuminessent mikroskopik usul tekshirish samaradorlikni oshirish imkonini beradi. Bunda 
bo’g’ma tayoqchalari psevdodifteriya tayoqchalaridan ulardagi volyutin donachalarining 
korifosfin-flyuroroxrom bilan bo’yalgandan so’ng jigarrang qizil rangda nurlanishidan farqlash 
mumkin. Bu bakteriya sitoplazmalari yashil yoki sariq rangda nurlanadi. Ammo bo’g’ma 
tayoqchalari o’zining morfologiyasini tez-tez o’zgartirib turadi, jumladan, tomoq difteriyasini 
antibiotiklar bilan davolaganda, bu esa kasallikka morfologik xususiyatlari bo’yicha diagnoz 
qo’yishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun kasallik qo’zg’atuvchisini aniq, identifikasiya qilish 
maqsadida bakteriologik tekshiruv o’tkaziladi. 

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish