Aim.uz
Qadimgi Misr epigrafiyasi
Reja:
-
Misr ierogliflari haqida tushuncha, ularnng o`qilishi.
-
Misr qabrtoshlari haqida tushuncha.
-
Rozeta toshidagi yozuvlar.
Misr Yozuvi asosi e`tibori bilan ideografik xat bo`lib, unda har bir tushuncha muayyan tasvir belgi ieroglif bilan ifodalanadi. “Ieroglif” Yunoncha so`z bo`lib, lug`aviy ma`nosi “Muqaddas belgi”.
Misr Yozuvi sistemasida uch xil belgi ajralib turadi:
-
Xis tuyg`u bilan idrok etiladigan narsalarni tasvirlovchi ideogrammalar. Bunda biror so`zni ifodalash uchun aynan shu so`zni ifodalovchi buyum yoki predmetning o`zini rasmi chiziladi.
-
Xis tuyg`u bilan idrok etiladigan harakatlar. Bunda biror harakatni belgilarda ifodalamoq uchun aynan o`sha harakat rasmi chiziladi. Masalan, “uchmok” so`zini ifodalash uchun, kushning qanot qoqib ketayotgan rasmi chiziladi, “yig`lamoq” so`zini ifodalash uchun, ko`z va ko`zdan yosh oqayotganligi tasviri tushiriladi va xokazo.
-
Mavxum tushunchalarni tasviriy yul bilan ifodalash. Masalan, “keksalik” so`zini ifodalash uchun, odamning xassaga suyangan rasmidan foydalanishgan, “topmoq” so`zini ifodalash uchun esa laylakning engashgan xolda, tumshug`ida qandaydir narsani ushlab turgan xolatidan foydalanilgan va xokazo.
Mavxum tushunchalarni ifodalash uchun fonetik belgilar ham qo`llanilgan. Eshitilishi bir-biriga o`xshash, lekin ma`nosi har xil so`zlar, ya`ni omonimlar Shunday belgilar bilan ifodalangan. Xa, bir-biriga o`xshash, lekin aynan bir xil bo`lmagan “xol” (yuzdagi xol) va “xol” (xol-axvoli ma`nosida) singari so`zlar bir xil belgi bilan ifodalangan bo`lishi mumkin.
YUqorida aytib o`tilgan “determinativlar” yoki “ochqich belgilar”, garchi talaffuz etilmagan bo`lsada juda katta ahamiyatga molik deb xisoblangan. Ular bitta belgi bilan ifodalangan omonimlarni bir-biridan farqlashga xizmat qilgan. Misr belgilarining aksariyat ko`pchiligi determinativga ega. Masalan, jins determinativi : erkak kishining ismidan keyin erkak bilan bog`liq bo`lgan ifodadan so`ng o`tirgan erkakni tasvirlovchi belgi va aksincha, ayol kishi ismidan keyin yoki aloqador ifoda oxirida ayolni tasvirlovchi belgi qo`yilgan. Mamlakatlar determinativi – kattaligi cheklangan bir parcha er, vaqt determinatvi – quyosh gardishi, ish harakatlar determinativi - biron yumush bilan bog`liq qo`l, mavxum tushunchalarniki – qo`lyozma o`rami bilan ifodalangan.
Misrliklarning o`z fikr muloxzalarini yozma ravishda bayon etishlariga yordam bergan bu belgilar ikki ma`no kelib chiqishini istisno etgan.
Endi belgilarning joylashishi xususida. Xatni yozish yunalishi qat`iy belgilanmagan. Biz chapdan o`ngga qarab yozamiz, Misrliklar esa kamdan-kam xollardagina chapdan-o`ngga qarab yozgan-lar. Ularga belgilarni o`ngdan chapga yozish ko`proq ma`qul kelgan. Lekin belgilar ustun tarzda, yuqoridan pastga qarab qo`yib chiqil-gan.
Ism va nomlar “rebus” uslubida yozilgan, biroq bu Yozuvlarda unli tovushlar yo`q. Misrliklar tilida bir undosh va unlilardan tarkib topgan bir bo`g`inli so`zlar bo`lgan, lekin unli tovush Yozuvda ko`rsatilmaganligi sababli, bir bo`g`inli so`zlar harfga o`xshash shaklda yozilgan. Lekin, bundan, Mirsliklar harfni ixtiro qil-ganlar degan ma`no kelib chiqmaydi. U zamonlarda kishilar o`z nutqlarini bo`g`in va tovushlarga ajratishini bilmaganlar, shuning uchun bunday belgilarni harf deb tushunmaganlar. YUqorida biz Misr Yozuvini ieroglif deb atadik. Aslini olganda bunday deyish to`g`ri emas, Yozuv tushunchasining ma`nosi kengrok. Gap shundaki Misrliklar uch xil: ieroglif , ieratik va demotik Yozuvlardan foydalanganlar.
Ieroglifika Yozuvi asosan xashamatli yodgorliklarda qo`lanilgan.
Ieratika (yoki kitob) Yozuvi belgilarining oddiyligi bilan ajarlib turadi; bu Yozuv o`zining rasmlik xususiyatni biroz yo`qotgan. Ieratika belgilari papirus qog`oziga tushirish jarayonida shaklangan va dunyoviy kitoblar hamda xat-xabarlar uchun qo`llanilgan.
Diniy Yozuvlar ham ieratikada yozilgan. Ieratika Yozuvidan iborat eng qadimgi yodgorlik miloddan avvalgi 3000 yillikka mansub.
Demotika YUYunoncha “demos” so`zidan olingan bo`lib, xalqchil ma`nosida yoki tezxat. Bu xat belgilarning shaklini tobora sodda-lashtirish jarayonida mil. avv. VII asrda shakllandi.
Bizga ma`lumki, Misr dunyoning eng qadimgi madaniyat o`choqlaridan biridir. Bu erda mil.avv. IV mingyillikda davlatlar paydo bo`lgan. Mil.avv. III ming yillikda bu erda fir`avnlar maqbaralari – exromlar qurila boshlagan. Ana shu exromlar ichida toshlarga o`yilgan Yozuvlar mavjud.
Qadimgi Misrliklar narigi dunyoda ham xayot borligiga isho-nishgan. Bu ishonch shunchalik qat`iy ediki, ular bir umr o`zlarini narigi dunyoga tayyorlashgan. Albatta, bunday xayotga erishish tashvi-shini ko`proq fir`avnlar chekishgan. Ular o`zlari uchun ulkan maqba-ralar qurishgan. Ular bu exromlarni turli uy-ro`zgor buyumlari, oltin va qimmatbaxo buyumlar bilan bezashgan. SHu erda arxeolog larni bir narsa o`ylantiradi. O`zida qimmatbaxo metallarni koni bo`lmagan Misr shuncha boylikni qaerdan olib kelgan? Javoblarni eng avvalo exrom ichidagi – devorlardagi ierogliflardan izlashgan. Ularda Misr xukmdorlari xayotidan xikoyalar talqin etilgan. Bundan 3,5 ming yil avval, ya`ni mil.avv. XVI asrda Nil bo`yidagi buyuk mamlakatda Xatshepsut ismli fir`avn ayol xukmrolnik qilgan. Uning go`zal siymosi Karnoqdagi Dayr-al-Baxri exromida ham aks etgan. Exrom uning maqbarasi bo`lishi kerak edi. SHuning uchun ham unga katta e`tibor berilgan. Uning ayvoni xushbuy Mirra daraxtidan ishlangan. Misrda esa bunday daraxt bo`lmagan. SHu kabi, boshqa daraxtlarni, qimmatbaxo maxsulotlar va oltin olib kelish uchun Xatshepsut besh kemadan iborat savdo ekspeditsiyasini tashkil etadi. Karvon dengiz ortidagi Punt mamlakatiga yul oladi va zafar bilan qaytadi. Bunday yurishlarning har qadami haqida exromning devorida Yozuvlar va sur`atlar mavjud.
Ulardan biridagi ieroglif bunday xikoya qiladi:
“Kemalar Punt mamlakatining ajoyib narsalari turli o`simliklar, mirra va obnus daraxtlari, fil tishlari, toza oltin va boshqa narsalar bilan to`ldiriladi”.
Qadimgi o`ymakorlar Punt mamlakatidagi xabashlar, palma, maymun va kurilishlarni tasvirlaganlar. Afsuski rasmlarning bir qismigina saqlanib qolgan xolos. Qadimgi Misrliklarning Puntda bo`lganliklari haqida boshqa qadimiy Yozuvlar ham guvoxlik beradi. Ularning biridan ma`lum bo`lishicha, fir`avnlardan biri Sapura davrida 80 ming mira, 6000 o`lchov birligidagi elektrium (oltin va kumush quymasi), va 2600 bo`lak kimmatbaxo daraxtlar olib kelish bilan yakunlangan.
Rus olimi V. S. Golenishchev 1888-89 yilning qishida Mirsga sayoxat qiladi. Mana shu sayoxat davomida u mil. avv. 3 ming yillik oxiriga oid Axmimdagi yozma va tasvir yodgorliklari haqida tadqiqot olib boradi. Uning u erda olib borgan tadqiqotlaridan yodgorlik sifatida olib kelgan yodgorlik buyumlari 1911 yildan buyon A.S. Pushkin muzeyida saqlanadi. Bu quyi Misrdan topilgan yodgorlik asosan bir harbiy raxbarning qabr toshidagi Yozuvlar haqidadir. Bu qabr tosh taxtadan tayyorlagan qalinligi 2 mm dan 3,5 mm gacha, eni 10-20 sm gacha, ba`zi joylari 30-60 sm. taxta yodgorlikning uzunligi 1m 80 sm. qabr tosh cho`l yulg`unidan tayyorlangan. SHu yulg`undan aloxida taxta mixlar hozirlangan va shu mixlar yordamida qabr tosh devoriga qoqilgan. Taxtadagi Yozuv ierogliflar va zangori rangda berilgan. Olim taxtachani tekshira-yotib bir so`zni ifodalovchi ikki xil ieroglifga e`tibor bergan. YA`ni qadimgi Misr omochini ikki shakli ayni bir so`z “sevmoq” ni ifodalagan. Biz yuqorida aytganimizdek Msrda uch xil Yozuv bo`lgan. Ieroglif, demotik, ieratik. Ana shu misol Yozuv uch turining isbotidir. Taxtachda jangchi so`zi qurol ushlab turgan odam qiyofasida berilgan. Harbiy boshliq esa qurol ushlab yurib ketayotgan jangchi sifatida ko`rsatilgan.
Endi Axmimdagi qabrtosh haqida . Qabrtosh taxtachaning qopqog`i – bu taxtacha har biri qalinligi 3 mm bo`lgan kyodr faneridan tayyorlangan. Qopqochani uzunligi 196,5 sm, eni 44,7 sm, qalinligi 7,8 sm. bu taxtacha yaxshi saqlangan bo`lib, Yozuv ostidan va ustidan oq chiziqlar tortilgan. Bu oq chiziqning Yozuvdan uzoqligi 0,9 sm dir. Ieroglif qatorning balandligi esa 7 sm. qabr toshidagi Yozuvlar quyidagilardir.
“Podsho va Anubis, Sp.Xokimi xudo ibodatxonasiga boshchilik qiluvchi, iltifot qiluvchi va chaqiruvchi, dunyoga ajoyib bir xokimlik qilish uchun jo`natilgan, qabristonda o`zining maqbarasi bor, u xudoning oldida haqiqiy podshox, osmon xokimi.”
Ko`ndalang kesilgan taxta fragmenti.
Bu fragmentning kengligi 4,5 sm, balandligi (qanchalik saqlanib qolgan bo`lsa shuncha) 29,8 sm qalinligi taxminan 5 sm, oxiri emirilgan bo`lib 3,2 sm tashkil etadi. Fanerlarning qalinligi 1,2-3,5 mm ni tashkil etadi.
Taxtachaning oxridan boshiga qarab 45 gradusda emirilgan.
Ung yon boshdagi taxtachaning uzunlgi 196,5 sm, balandligi 52,5 sm, qalinligi (fanerasiz) – 5,2 sm. bu taxtachaning oxiridan boshlab ichkarisigacha 45 gradus emirilgan. Yozuvning ostki va ustki qismida 1 sm qalinlikda oq chiziq ortilgan. Ierogliflik qatorning balandigi 6,7-7 sm. taxtcha ikki qatorli Yozuvlardan iborat :
Birinchi qatorda.
“Podsho va Anubis, o`zining bog`ida joylashgan, ibodatxona-lar mamlakat xokimi, iltifotli va xayr exsonli, xudoning haqiqiy va buyuk do`st i, osmon xokimi, sag`anasi qabrdadir”
Ikkinchi qatorda
“Fir`avn va Anubis, xudo ibodatxonasining xokimi, unga xayr exsonlar bulsinkim, u qabrda Kuyi Misr podshosining yagona do`st i, ota onasini jondan sevuvchi, Harbiy boshliq - spsj yotibdi, uning haqiqiy ismi, spsj-pw-mnw”.
Uchinchi qatorda
Taxtacha uzunligi 196,5 sm, balandligi 52,5 sm, kalnligi 5,2 sm fanerlar qalinligi 2-3 mm. Bu taxta qismdan iborat bo`lib, 1) Ierogliflarning gorizontal qatori (yuqoridagi oxirgi qator) 2) ko`z rasmi Wdztj va uning ustida ierogliflarning gorizotal qatori. 3) ko`z rasmi ostida 5 ta sopol idish va 2 ta yuvinadigan idish. 4) marxumga bag`ishlangan buyumlar nomi yozilgan qator.
Birinchi qatordagi Yozuv quyidagicha
1)“Podsho va Osiris, Busiris shaxrining xokimi, g`arbiy tomonga boshchilik qiladigan, Obidos shaxrining xokimi, xayr exsonli, tota bayrami, xudoning ajoyib bayrami, Knyaz, Harbiy qo`mondon, saroy boshqaruvchsisi spsj-pw-mnw”/
2) Wdztj ko`z rasmi, bundagi Yozuv quyidagicha: “Knyaz, quyi Misr xazinachisi, podshoning yagona do`sti, saroy boshqaruvchisi, Harbiy qo`mondon spsj”
3) 5 ta idishdan iborat fragmentda esa asosan masalliq nomlari ko`rsatilgan.
4) bu bo`lim 2 qatorli ierogliflardan iborat, qator asosida paqircha shaklidagi idish mavjud
Demak bu qabr tosh Misr fir`avni Harbiy qo`mondoni Anubisga tegishlidir. YOdgorlik asli o`tgan asr oxirida V.S. Gole-nishev tomonidan YUqori Misrdan, ya`ni Axmimdan topilgan va hozirda A.S. Pushkin nomli davlat san`at muzeyida saqlanmoqda. Bu yodgorlik orqali biz Harbiy qo`mondonlar ham yuksak mavqega ega bo`lganligini bilib olamiz. Qabrtosh mil.avv. III ming yillik oxiriga, ya`ni birinchi o`tish davriga mansubdir.
1908 yili akademik N.P.Lixachev Kairlik antikvar Alidan qadimgi Misr sag`anasi tasviri tushirilgan fragment (relef) sotib oladi. Bu fragment 1938 yili Ermitaj muzeyiga qo`yilgan. Keyinchalik bu fragment ustida YU.YA. Perepelkin chuqur izlanish olib borgan. Olim bu yodgrolikni qadimgi Misrda 5 sulolaga tegishli ekanligi aniqladi. Perepeldkindan keyin bu yodgorlik ustida xech kim ish olib bormagan. Bu relefning eng baland joyi 170 sm, eni 145 sm. Relefda asosiy figura Osiris xudosidir. Relefda yangi yildan keyin birnchi kun nishonlanadigan Tota bayrami ham ko`rsatilgan. Bu bayram faqat V sulola vakillari tomonidan nishonlangan.
Xokim nomi relefda – nj+m.t.+ xudo ismi va nomi shaklida berilgan. Xokim va xudo ismlari ko`pincha buzilgan. Bu belgilardan oxirida qo`l va barmoqlaring chapga va vertikal xolatdagi belgisi mavjud. Bu balki xudoning nomidir. Bu belgi o`ng qo`lni barmoqlari uzatilgan xolatda tasvirlangan.
Belgi asosan quyidagicha bildiradi.
R`(w)/=/Pa Ra bu quyosh xudosidir.
Relefda ra xudosi o`tirgan xolatda tasvirlangan. O`ng qo`li tizzalari uzra cho`zilgan. CHap qo`li esa qayrilgan xolatda ko`kragida turibdi. YUzi va parigi yaxshi tasvirlangan, hayvonlar esa shu qabrda yotgan odamga narigi dunyoda kerak bo`ladigan buyumlar edi. Ra xudosining ro`parasida hayvon parrandalar o`shlab turgan odam-larning tasviri berilgan.
Pastdagi ikkinchi qatorda sakkiz kishining turli idishlar ushlab turgan, parranda va hayvonlar ushlab turgan sur`ati aks ettirilgan, oxirgi uchinchi qatorda esa marxumni xotirlash uchun so`yiladigan buqa aks etirilgan. Bu ieroglif – “xotirlash uchun buyumlar qo`yiladigan yashik” - degan ma`noni bildiradi.
Bu yodgorlik mil.avv. III ming yilikka oid bo`lib, eski poytaxtlar Sakkaar yoki Gizada tayyorlangan bo`lishi mumkin. Aniqrog`i, Gizada tayyorlangan bo`lishi kerak. CHunki qadimgi Giza yodgorliklarida xotira buyumlarni ritula (diniy marosim) Yozuvlar bilan ifodalash ko`proq tarqalgan edi.
1798-99 yillari Napoleon Banopart Misrga ekspeditsiya uyushtiradi. Ana shu ekspeditsiya davrida jaxon ahamiyatiga molik voqea ruy berdi. 1799 yil 2 avgustda frantsuzlar inglizlarning dengiz tomonidan bo`layotgan xujumini daf etib, soxilni qo`lda saqlab qoldilar. Rozettadan etti mil naridan Qadimiy Rashid qal`asini ximoya qilayotgan askarlar handak qaziyotib, allaqanday Yozuvlar bitilgan qop - qora toshni topib olganlar. Ma`lumki, Napoleon armiyasda birmuncha ma`lumotli kishilar to`plangan edi. Silliqlangan bu qora bazalt toshi ustiga Yozuvlar bitilgan ekan. Silliqlangan bu qora bazalt toshidagi Yozuvlar uch tilda yozilgan-ligini zobitlar bir nazar tashlashdayof faxmlab olganlar. Uch to`rt satrlik yuqoridagi Yozuv ieroglifdan iborat ; Ancha yaxshi saqlangan o`rtadagi Yozuvni ofitserlar Suriya Yozuviga o`xshatganlar (lekin bu Yozuv Misr demotika Yozuvining bir turi bo`lib chiqkan); Pastki Yozuvning eski usuldagi harflar Yunon harflar bilan yozilgan Yunon xati ekanligini zobitlar o`sha zaxotiyoq aniqlashgan.
Olimlarning orzulari ushaldi. Axir ular ierogliflarni o`qishga uzoq yillar urindilar va nixoyat bilingva “ikki tildagi” Yozuv; ieroglif va evropaliklarga tushunarli tildagi Yozuv topilsagina bu soxada muvaffaqiyatga qozonish mumkin, degan xulosaga keldilar. Bu erda esa bir yul, “Uch tildagi Yozuv” - trilingva topildi. Rozetta toshi dastlab Qoxiraga jo`natildi, keyinchalik Misrda Frantsiyaning mag`lubiyatidan keyin Britaniya muzeyiga kelib qolgan.
Qadimgi zamonlarda Misrdan Rimga sirtiga ierogliflar chizilgan yodgorlik toshlar olib kelishgan. XVII asrda iezuit A. Kirxer ana shu toshlarni o`rganishga kirishgan. U qanchalik qattiq urinmasin Misr ierogliflarini o`qiy olmaydi. U qadimgi Misr tilidan kelib chiqkan kopt tilini bilmasdan turib ierogliflarni o`qib bo`lmaydi degan xulosa chiqaradi.
Rozetta toshi topilgandan keyin frantsuz sharqshunosi S.de Sasi bu Yozuvlar ustida juda ko`p bosh qotirgan. U dastlab demotik tekstni chuqur o`rganib chiqib , Yunoncha tekstdagi Ptolome Epifan, Aleksandr va boshqa ismlariga to`g`ri keladigan belgi gruppalari borligini aniqlgan. Lekin, baribir, u ierogliflarni o`qiy olmagan va oshkora suratda: “muammo nixoyatda chigal va uni ilmiy jixatdan echib bo`lmaydi” degan. Lekin u o`z taxlillarini shved arxeologi, kelt tilini bilimdoni D. Okerbladga jo`natadi. U demotik tekstni Yunonlarga oid qismidagi barcha atoqli otlarni mustaqil ravishda tanib - bilish va o`qishga muyassar bo`ldi, shu bilan birga ayrim Misrcha so`zlarni (ibodatxona, Yunonlar va boshqalarni) ham o`qiy olgan. Biroq s.de Sasi ham, Okberlad ham Misr tilida unli tovushlar tushib qolishini xisobga olmaganlar.
SHundan keyin Misr Yozuvini o`qishni ingliz olimi T. YUng davom ettirdi. U dematik Yozuv ierogliflarning yoziladigan varianti ekanligini isbotlab berdi. T. YUng ierogliflar jumbog`ni demotik Yozuv yordamida echish mumkin degan xulosaga kelgan va 70 dan oshiq ieroglif yoki ieroglif guruxlarining ma`nosini aniqlashga muvaffaq bo`lgan. U tekstdan Ptolomey va malika Berenikalarning ismlarini izlab topgan.
Lekin olim demotik Yozuvda ham, ieroglifda ham fonetik belgi bo`lmagan degan noto`g`ri yulga tushib qoladi va ishini oxiriga etkaza olmaydi.
Keyinchalik Misr ierogliflarining o`qib chiqish frantsuz olimi J.SHampol`onga nasib bo`ldi. U uzoq izlanishlardan keyin 1821 yil 23 dekabrda ayni tug`ilgan kuni olimning miyasiga Rozetta toshidagi ieroglif belgilari bilan Yunoncha tekstdagi so`zlarni sanab chiqish fikri keladi. YOsh olim uzoq izlanishlardan keyin Misrda uchinchi Yozuv tili – ieratik ham bo`lanligini isbotlaydi. Bungacha olimlar Misrda ikki xil yoxuv bo`lgan deb xisoblab kelar edilar.
YOsh olim ierogliflarni sanab ko`rib hayratda qoladi:
486 ta Yunoncha so`zga 1419 ta ieroglif to`g`ri keladi. Ieroglif Yozuvida esa 166 ta belgi. Ana shundan keyin X. SHampol`on ierogliflar faqat belgi so`zlardangina, ideogrammalargina bo`lmay, ular tovush ham ekanligiga ishonch xosil qiladi.
U ishni boshlab yuboradi. Dastlab tekstdagi podsho Ptolomey Epifanni o`qiydi. Toshda podsho ismi ramka kartusha ichiga olingan bir necha belgidan iborat edi. Bu erda sakkizta belgi bo`lib, unda podsho ismi yozilgan edi. Lekin bunga dalil kerak edi. O`sha yillari topilgan “Fale yodgorligi” degan osori atiqa topilib, unda ikki xil – ieroglif va Yunoncha Yozuv yozilgan edi. Bu bilingvada Rozetta toshidagidek podsho Ptolomey ismi Kartusha ichiga olingandi.
Endi solishtiradigan narsa bor edi. YAna ramka olingan ba`zi belgilar olimni diqqatini tortadi. Olim Yunoncha tekstdagi Kleopatra so`zini o`qib buni, malika nomi ekanligini isbotladi. Olim boshqa kartushadan Aleksandr so`zini o`qish orqali ierogliflar ruyxatiga “N” va “S” tovushlarini qo`shdi. Malika Berenika ismini o`qigach ieroglif alifbosiga “B” tovushi ham qo`shildi . Uzoq izlanishlardan keyin J.SHampol`on 24 tovushni bemalol o`qiydigan bo`ldi. Keyinchalik olim toshdan Ramzes, Tutmos Fir`avn ismlarini o`qishga muvaffaq bo`ldi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
V. Dravchuk “Yozuvlar o`tmish sirlari darakchilari”
-
I. G. Livshin “Nadpisi iz Axmima” (1-aya chast) Epigra-fika Vostoka, Leninrad 1971g.
-
Livshin “nadpisi iz Axmima” (2-aya chastg`) Epigrafika Vostoka, Leninrad 1972g.
-
A.O.Bolshakov “Egipetskiy relef starogo tsarstva iz sobraniya G.E.”, Epigrafika Vostoka, Leningrad – 1985g.
-
“G`aroyib punt mamlakati” Darakchi gazetasi 2000 yil. 20 may.
-
www.e-tarix.uz
-
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |