155
qatorga esa shu kulturani suv hammomida oldindan bir soat davomida qizdirilgan kulturalari ( 2-
mlrd.li kulturadan 2-3 tomchi tomiziladi) qo’shiladi. Chunki ichak guruhi bakteriyalarida O-Ag ni
yuzasidan K-kapsula antigeni o’rab turadi, bunday kulturalar bilan agglyutinasiya reaksiyasi
qo’yilsa, reaksiya manfiy bo’lishi mumkin, K-Ag tashqi yuza tomonda O-Ag ni to’sib qo’yadi. O-
Ag termostabil, K-Ag esa termolabil 70-80º S parchalanib ketadi. Bunday qizdirilgan kultura bilan
O-Ag aniqlash mumkin. Reaksiya musbat bo’lsa kengaytirilgan Giss muhitlarida biokimyoviy
xususiyatlarini o’rganish uchun ekiladi va antibiotiklarga sezgirligini o’rganiladi.
4-kuni
hamma olingan natijalar o’rganilib kerak bo’lgan taqdirda qo’shimcha biokimyoviy
xususiyatlari o’rganiladi va yakuniy javob beriladi.
Ovqat orqali zaharlanishlar ikki xil ko’rinishda bo’lishi mumkin. Birinchi ko’rinishi
mikroorganizmlarga ta’luqli bo’lmagan, bularni o’z
navbatida ximiyaviy, biologik faktorlar
keltirib chiqaradi. Bu kasalliklarni tibbiyotning maxsus bo’limlarida o’tiladi. Ikkinchi xil
zaharlanishlarga mikroorganizmlar sababchi bo’ladi. Bu kasalliklarni
ham kasallik patogenezi,
kelib chiqishiga qarab ikkiga bo’lish mumkin.
1. Ovqat intoksikasiyasi.
2. Ovqat toksikoinfeksiyalari
Ovqat intoksikasiyasini
asosan stafilokokklar, botulizm tayoqchalari, zamburug’lar va bosh.
keltirib chiqarishi mumkin. Bu tipdagi zaharlanishlarni kelib chiqishida mikroorganizmlarni
toksinlari asosiy rolni o’ynaydi. Odam mikroblar ko’payib, toksinlari yig’ilib
qolgan oziq
ovqatlarni iste’mol qilishganda kasalliklarga chalinadi.
Ovqat toksikoinfeksiyalarida esa mikroorganizmlarni ovqatlarda yig’ilib qolgan
toksinlaridan tashqari, ularning o’zi ham organizmlarda ko’payishi mumkin. Bularga eng ko’p
mikroorganizmlar kiradi.
Toksikoinfeksiyalarining nihoyatda ko’p tarqalgan qo’zg’atuvchilari salmonellalardir.
Ularga- Salmonella typhimurium, S.enteritidis, S.choleraesuis, S.heidelberg, S.anatum, S.derby lar
kiradi. Bu kasalliklarni ko’pchilik hollarda Ye.coli, Proteus, boshqa
enterobakteriya vakillari,
enterokokklar va boshqa mikroorganizmlar keltirib chiqaradi.
Ovqat toksikoinfeksiyalarining patogenezi va klinik manzarasi me’da-ichak yo’liga
mikroblar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarining (go’sht, baliq, sut va bosh.), yetarlicha
termik jihatdan ishlov berilmagan holda ko’p miqdorda tushishi orqali kuzatiladi. Bunda tirik
bakteriya hujayralari qulay sharoitda tezlik bilan ko’payadi. Shu bilan bir vaqtda, ichakda kasallik
ko’zg’atuvchilarining ko’p miqdorda ko’payishi va bakterial hujayraning parchalanishi ko’p
miqdorda endotoksin ajralishiga sabab bo’ladi. Bu esa ingichka
ichakning intramural
neyroreseptor apparatiga, qorin bo’shlig’ining periferik tomirlariga ta’sir qiladi va bu ichak
devorida neyrodistrofik o’zgarishga va bog’liq a’zo hujayralarining jarohatlanishiga olib keladi.
Ovqat toksikoinfeksiyalarida me’da-ichak yo’llari, ko’pincha qo’zg’atuvchilardan tezlikda, ayrim
hollarda esa, kasal boshlangandan bir necha soat o’tgach, ozod bo’ladi. Birok,
qator hollarda,
salmonellalar ichakda uzoq vaqt, bir necha hafta va hatto oylar davomida saqlanib qolib, bakteriya
tashuvchining najasi bilan ajralib turadi. Bu kasalliklarda, odatda, bakteriemiya sodir bo’lmaydi.
Laboratoriya diagnostika bakteriologik usul bilan o’tkaziladi. Tekshirish uchun kasalning
najasi, qusig’i, me’da
chayindi suvlari bilan birga, ovqat qoldiqlari va uni tayyorlash uchun
ishlatilgan mahsulotlar olinadi. Bu esa infeksiya manbaini topish uchun muhimdir.
Bakteriyali ovqat toksikozlari bilan zaharlanish me’da-ichak yo’liga ovqat bilan birga
bakteriyaning toksinlari tushganda sodir bo’ladi. Bulardan Staph.aureus, Cl.perfringens—lar
enterotoksini, ayniqsa Cl.botulinum ning neyro-toksini juda xavfli hisoblanadi.
Ovqat bilan
zaharlanishda ovqat tarkibida tirik qo’zg’atuvchilarning bo’lishi shart emas, chunki kasallik
ularning toksini bilan ham vujudga kelishi mumkin.
Ovqatdan zaharlanishning mikrobiologik diagnostikasi toksinlarni
aniqlash hamda toksin
hosil qiluvchi qo’zg’atuvchilarning sof kulturasini bemordan olingan materiallar va ovqat
qoldiqlaridan ajratib olish yo’li orqali o’tkaziladi
Do'stlaringiz bilan baham: