146
Labaratoriya mashg’uloti 8
Mavzu:
Immunitet, immunitet turlar. Organizmning immun xolatiga baxo berish usullari
Darsning maqsadi:
Immunitet, antigen, antitela haqida tushuncha olish.
2. Dars vazifasi:
Immunitet, antigenlar, gaptenlar, mikrob
hujayrasining antigen
strukturasi,
antitelalar, immunitet turlari, fagotsitoz jarayoni va boshqalar bilan tanishish.
1.
Immunitet deb nimaga aytiladi?
2.
Immunitet lotin tilidan olingan bo’Iib qanday ma’noni anglatadi?
3.
[mmunitetni nechta tun bor?
4.
Immunitetning qanday faktorlari mavjud?
5.
Fagotsitoz jarayonim tushuntirib bering?
I. IMMUNITET HAQIDA TUShUNChA. Immunitet lotincha so’z bo’lib, immunitas- ozod
bo’lish yoki qutqazish ma’nosini bildiradi.Bu murakkab fiziologik moslashish kompleksidir. Shu
moslashish kompleksi organizmga tashqaridan genetik informatsiyani
tashuvchi tirik organism
yoki moddalarni kirishga to’sqinlik qilib yo’l bermaydi. Organizm faqat yuqumli kasal
qo’zg’atuvchilarga va ular ishlab chiqargan zaharli moddalargagina qarshi turmasdan, u begona
to’qimalarga ham qarshi turadi. Organizmning begona to’qimalarga
bunday qarshi turish
qobiliyati transplatatsion deb nom olgan. Immunitetni o’rganadigan fan immunologiya deyiladi.
Immunitet paydo bo’lishi juda murakkab hodisadir. U butun organizmning ishtiroki bilan vujudga
keladi, ammo immunitetni paydo bo’lishida asosiy rolni markaziy nerv sistemasi o’ynaydi.
Bulling ta’sirida retikula - endothelial sistemaning fagotsitar funksiyasi zo’rayadi va organizmga
kirgan mikrobning yoki uning zaharini zararsizlash uchun immune modda (antitela) paydo
bo’ladi. Organizmning anatomic va fiziologik hususiyatlari uni turli pathogen mikroblardan
qo’riqlab turishda, ya’ni immunitetli bo’lishida katta ahamiyatga ega. Yetarli ovqatlanmaslik, A
va
S vitaminlarning yetishmasligi, organizmning qizib ketishi yoki sovub qolishi, o’ta
charchashlar immunitet vujudga kelishida katta ta’sir ko’rsatadi.
II. IMMUNITETNING TURLARI. Immunitetning paydo bo’lishiga qarab uni bir necha
turlarga bo’lish mumkin. Bular: infektsion immunitet va infektsion bo’imagan, ya’ni
transplatatsion immunitet. Infektsion immunitet spetsifik va spetsifik bo’lmaganlarga bo’linadi.
Spetsifik bo’lmagan immunitet tabiiy yoki tug’ma va organizmni himoya qiiish anatoma -
fiziologik faktorli bo’ladi. Tabiiy yoki tug’ma immunitet o’z navbatida ikkiga:
absolyut yoki
mutloq va nisbiyga bo’linadi. Ular ham aktiv va passivga bo’linadi. Aktiv immunitet steril va
steril bo’lmaganga bo’linadi.1898 yilda N. N. Chistovech va J. Barde degan olimlar immunitet
faqat mikroorganizmlarga va uiarning zaharlariga emas, balki to’qimalarning hujayralariga ham
hosil bo’lishini aniqladilar. Bu spetsifik emas, ya’ni transplantatsion immunitetni o’rganishga
sabo’ldi. Organ va to’qimalarni boshqa organizralarga ko’chirish paytida katta rol o’ynaydi.
Spetsifxk bo’lmagan immunitet boshqa organizmdan olingan va to’qimalarga'
qarshi turishga
qobiliyatlidir.
Bu hodisaning aksinchasi - immuniologik tolerantlikdir. Inymmiologik tolerantlik, ya’ni
immunologik chidamlilik to’g’risida F. Bernet degan olim aytib o’tgan. Lekin 1953 yili
olimlardan P. Medavar va M. Gasheklar embrional rovojlanish paytida antigen ta’sir etilgan
organizm, tug’ilib katt bo’lganda shu antigenga - organ va to’qimalarga qarshi turish qobiliyatiga
ega emasligini isbotladilar. Ya’ni bunday organizmlarda immuniologik tolerantlik hosil bo’ladi
va shu to’qimalarga qarshi qobiliyat bo’lmaydi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, immunitetning yana bir turi infektsion immunitetdir.
Infektsion immunitet o’z navbatida spetsifik va spetsifik bo’lmaganlarga bo’linadi.
Spetsifik
bo’lmagan immunitet tug’ma immunitet bo’lib, mexanik, fizikaviy va biologic faktorlarga
organizmning qarshi turish qobiliyatidir.