73
XULOSA VA TAKLIFLAR
Deviant xulq - atvor yuzasidan umumiy
psixologiya va ijtimoiy
psixologiyada turli nazariya va yo’nalishlar mavjud bo’lsa ham, unga diniy
jihatdan yondashuv kam e’tibor qaratilgan tadqiqotlardan hisoblanadi. Muqaddas
dinimiz bo’lgan islomni o’rganish hamda unga doir bo’lgan ilmlarni zamonaviy
bilimlar bilan uyg’unlashgan holda o’rganish bugungi kun talablaridan biri
hisoblanadi. Islom dini o’z tuzulishiga ko’ra ilmiy, ijtimoiydan iborat bo’lib, har
bir sohada o’z o’rniga ega ekanligini namoyon qilib turadi. Deviant xulq
profilaktikasi milliy qadriyatlar va o’zligimizni
anglatuvchi hamda bizga
tanituvchi din omili sababli bevosita amalga oshirilib boradi. Urf – odatlarimizga
rioya qiluvchi sog’lom oila muhitida istiqomat qiluvchi shaxs, albatta bunday
badxulqliklardan xoli bo’lishi ehtimoli yuqori.
Dissertatsiya mavzusi bo’yicha o`rganilgan masalalar tadqiqi asosida
quyidagi umumiy xulosalarga keldik:
Deviant xulq muammosining tadqiqi bilan shug’ullangan
bir qator
olimlarning fikricha, sodir etilayotgan har o’nta jinoyatdan olti-sakkiztasini ijtimoiy
dezadaptatsiyani bartaraf etish orqali samarali natijaga erishish mumkin. Xulq-
atvorida buzilishlari bo’lgan o’smirlarning psixik rivojlanishida ham o’zgarishlar
ro’y beradi. Shu bois ularning xulq-atvorida buzilishni keltirib chiqaruvchi sabablar
(etiopatogenezi) tibbiy va korreksion chora-tadbirlarni amalga oshirish miqdori-
kompleks yondashuvni talab etadi. Zero, yildan-yilga o’smirlar xulq-atvoridagi
buzilishlar, ularning intellektual-emotsional- irodaviy rivojlanishdan ham orqada
qolish holatlari ortib borayotganidan dalolat beradi. Deviant xulqli o’smirlarning
o’zaro muloqotidagi qarama-qarshiliklar va kelishmovchiliklar, avvalo, yosh yigit-
qizning o’smirlik davri bizning sharoitimizda asosan oilada, mahalla, maktab, turli
xil ta’lim-tarbiya muassasalari, sport, ko’ngilochar joylaradagi jamoalarda kechadi.
Agar tarbiya uchun mas’ul bo’lgan mana shu zanjirning biror bo’g’ini zaif bo’lib,
o’smir bu yerda o’ziga nisbatan e’tibor, izzat, g’amxo’rlik
va mehribonlik, unga
nisbatan bo’layotgan nazoratni sezmasa, u boshqa narsalarni o’ylay boshlaydi.
74
Aynan shu nuqtada uning xulqida og’ish boshlanadi. Deviant xulqni oldini olishda
nafaqat psixologik, balki diniy marosim urf – odatlardan to’g’ri va yo’lida
foydalanib, shuningdek to’g’ri ruhiy tarbiya qilinsa, o’zining dunyoqarashi, intilishi,
borliqni o’zida idrok etishi nuqtai nazardan kelib chiqqan holda yetuk va barkamol
shaxs tarbiya topadi. Deviant nasliy emas, balki unga bo’lgan moyillik ya’ni,
ichkilik, o’g’rilik, giyohvandlik kabi illatlarga bo’lgan
moyillikda irsiylikni
ahamiyati bo’lishi mumkin. Lekin shaxs xulq – atvori, uning tabiyati tarbiya, oila va
atrof-jamiyat muhiti orqali shakllanadi. Shunday ekan og’ishgan xulqni qayta isloh
qilish uchun, uni o’rgartirish uchun hech ham kech bo’lmaydi. Dissertatsiya
yuzasidan o’tkazgan tadqiqotimizdan shuni kuzatdikki, adaptatsiya jarayoni
normadagi xulq shakllanish asosida bo’ladi. Adaptatsiya o’zi yashayotgan jamiyatni
boricha qabul qilish, nafaqat jamiyat undagi kishilarni ham qabul qila olishdir. Inson
o’zi va atrofdagilarni qabul qila olishi uni ruhiyatini xotirjam bo’lishiga,
hayotda
yaxshiliklarni ko’ra olib yashashiga yordam beradi. Moslasha olmaslik o’z
navbatida boshqa muammolarni yuzaga chiqishiga olib keladi. Masalan, shaxs
o’zini o’zi yakkalab qo’yadi, unda negativ fikrlar, qarashlar ortib boradi. O’zini
doimiy bosimda yashayapman deb o’ylay boshlaydi. Bularni bari unda agressivlik
xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Tadqiqotimizdagi “Agressiya shakllari va uni
ko’rsatkichlarini tekshirish”
metodikasidan tushundikki, o’quvchilarda verbal
agressiya va shubhalanish darajalari yuqori. Biroq, ular bir – biriga teskari shkalalar
bo’lib chiqdi. Agressiyani bir turi boshqalarini ham kuchayishini keltirib chiqarar
ekan. O’smir yoshidagi o’g’il va qizlar tafakkur konsentratsiyasini amalga oshira
olmayotganligi, hayotiy tushkunlik, atrofdagilarga nisbatan ishonchsizlik kabi hissiy
kechinmalar kuchli ekanligi bilan sezilib turadi. Ular bu yoshda o’zlarini hamma
narsaga qodir va ayni paytda kuchli muhofaza, qo’llab –
quvvatlashga muhtoj
sezadilar. Ularni eshitishlarini, ularga ishonishlarini, voyaga yetgan shaxs sifatida
qabul qilishlarini xohlaydilar. Ular o’zlariga kerak bo’lgan bunday emotsiyalarni bu
davrda “tashqari”dan izlamasliklari lozim. Bolani kichik yoshdan boshlab biror
mashg’ulot turi yoki masalan sportga yo’naltirish ularni ham jismoniy, ham ruhiy
75
jihatdan sog’lom bo’lishlarini ta’minlaydi. Qolaversa, boshqa “chalg’ituvchi
odatlar”ga ham ortiqcha vaqti bo’lmaydi. Qandaydir hunar yoki sport bilan
yoshligidan shug’ullanish bolada mas’uliyat,
harakatchanlik, maqsadga intilish,
sabrlilik, ishiga va atrofdagilarga nisbatan hurmatda bo’lish kabi sifatlarni tarbiyalab
boradi.
Shunday ekan, boladagi har qanday yaxshi xulqning ham, yomon xulqning
ham vujudga kelishi, avvalo, ota-onaga, oilaviy muhit va munosabatlarga bog’liq.
Farzandga odob o’rgatish, tarbiya berish, ta’lim olishiga sharoit yaratib berish har
qanday ota – onaning farzi va burchidir. Farzand tarbiyasida kichik bo’shliq yoki
e’tiborsizlik ham, nafaqat o’sha farzand va uni oilasiga, balki jamiyat hayotiga
ham jiddiy salbiy ta’sirlarga olib kelishi mumkin.