58
O’tkazgan metodikamizda yuqoridagi shkalalarni o’rgandik. Agressivlikni
ko’rsatuvchi uch shkala –
jismoniy agressiya, jizzakilik va verbal agressiya
hisoblanib, ular orasida jismoniy agressiya va verbal agressiya nisbatan yuqori
natijani ko’rsatdi. Umuman natijalar bir – biriga yaqin bo’lib, o’smir yoshidan
kelib chiqib va sinfdagi gender jihatdan tenglik natijalarga ham ta’sir ko’rsatdi.
Qiz bolalar ko’proq
verbal agressiya moyil, o’g’il bolalarda jismoniy tajavuz
kuchliroq bo’lib, ularning yosh davlaridan kelib chiqib, jizzakilik sifatida ham
xos bo’ladi. Dushmanlik darajasini ko’rsatuvchi ikki shkala – ranj va
shubhalanish ko’rsatkichkichlari
ham yuqori, ayniqsa, shubhalanish darajasi
62%ni qayd etdi. O’quvchilarda “Agressiya shakllari va uni ko’rsatkichlari”
bo’yicha o’tkazilgan metodika natijasida agressivlik darajasi 40 nafar
o’quvchining 57%ida normada, 38%ida normadan past, 5%ida normadan yuqori
ekanini ko’rsatdi. Dushmanlik kayfiyati esa 40ta o’qvchining 72%ida normada,
23%ida normadan yuqori va 5%ida normadan past natijani qayd etdi. Yuqorida
matematik – statistik tahlil natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, jismoniy agressiya va
jizzakilik shkalalari o’rtasida munosabat mavjud,
aksincha shubhalanish va
jismoniy agressiya o’rtasida esa teskari aloqa ifodalangan. Jizzakilik va verbal
59
agressiya munosabati ancha kuchli, yani biri ikkinchisiga ta’sir ko’rsati. Masalan
kishidagi jizzakilik xususiyati verbal agressiyani ham kuchayishiga olib keladi.
Verbal agressiya va sergumonlik shkalalari o’rtasida ham teskari aloqa
ifodalangan. Ranj shkalasida faqat jizzakilik bilan 366*natija nisbatan bog’liq
bo’gan. Shubhalanish shkalasi deyarli barcha shkalalar bilan teskari aloqada, ular
bilan ta’sirlashmayapti. Jizzakilik esa agressiyani eng tez va ko’p namoyon
bo’luvchi ko’rinishi bo’libgina qolmay, boshqa agressiya shakllariga ham ta’sir
qilar ekan. Hisobot natijalarga ko’ra, o’quvchilarda
verbal agressiyada yaqqol
og’ish kuzatilgan. O’rtacha ko’rsatkich oshgan sari standart og’ish ham keskin
ko’tarilgan. O’rtacha natija va standart og’ish o’rtasida farq juda katta. Jizzakilik
nisbatan mo’tadil, shubhalanish shkalasida ham og’ish bor, o’rtacha ko’rsatkich
nisbatan yuqori, standart og’ish esa unga nisbatan ancha past. O’rtacha natija va
standart og’ish bir-biriga mutanosib emas. Ranj shkalasida aksincha, o’rtacha
natija pasaygan sari, standart og’ish yuqorilab ketgan.
Jismoniy agressiya
ko’rsatkichlarida, o’rtacha natija ko’tarilgan sari, standart og’ish tushib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: