didaktik o‘yin qoidalari yuqori, ritmik, dinamik va tembrli eshitishni rivojlanishiga
imkon beradi.
XII. Jamoani, sherikni va tashabbusni his qilishni, qobiliyatni to‘plash –
iroda doirasini rivojlantirishni tarbiyalash
.
Musiqali
obrazga mos harakatlar,
qo‘shiqlarni sahnalashtirish, xorvodlar, o‘yinlar.
Tarbiyachi, logoped va vazifalarni to‘g‘ri bajaradigan bolalar harakatlariga
taqlid qilish logoritmik tarbiya metodikasining asosini tashkil etadi. Bolalarga yakka
yondashishlar jamoaviy yondashishlar bilan mos keladi: kichkina guruhda har bir
bolaning vazifalarni bajarishini tekshirish va boshqalar. Logoped va tarbiyachi har xil
usullardan foydalanadilar: harakatlarni ko‘rsatish, og‘zaki yo‘llanmalar, izoh berish,
obrazli
hikoya qilish, bola bilan birgalikda harakatlarni bajarish, u bilan kerakli
so‘zni, iborani takrorlash; hayotining uchinchi yilidagi duduqlanadigan bolalar bilan
ishlashda zarur bo‘lgan ma’qullash, maqtash, rag‘batlantirish kabilar qo‘llaniladi.
Logoritmik mashg‘ulotlr mavzuli va majmualilarga ajratiladi. Mavzuli
mashg‘ulotlarda musiqali,
harakatli, nutqli faoliyatning ko‘rinishlari qandaydir bitta
obraz bilan birlashtiriladi (masalan, qushcha, qo‘g‘irchoq, sharlar, g‘ozlar, samolyot,
yomg‘ir, archa, mushukcha bilan).
Majumali mashg‘ulotlarda musiqali faoliyat nutqli-rassomlik va tasviriy
faoliyat bilan uyg‘unlashadi; harakatlarning galma-galligi sodir bo‘ladi (masalan, goh
bolalar o‘yinchoqni ko‘zdan kechiradilar, goh personajning ifodali harakatlarini
bajaradilar, goh rasm chizadilar yoki musiqa ostida faoliyat tempini aniqlovchi tayyor
shakllarni yopishtiradilar, gohida esa pedagog bilan birgalikda kuylaydilar).
Logoritmik mashg‘ulotlarning hamma ko‘rinishlari kunning birinchi yarmida
o‘tkaziladi va 20 daqiqa davom etadi.
Qo‘shiqlar odatda xor bo‘lib ijro etiladi. Yakkaxon ijro etishlar ham bo‘lishi mumkin,
lekin u nutqda va xulqda katta mas’uliyatni va mustaqillikni talab etadi.
Bu vazifani hamma
duduqlanadiganlar ham eplay olmaydilar. Shuning uchun qo‘shiqni yakkaxon ijro etish asta-sekin
tarbiyalanadi: avval bola xorda, kichik guruhda qo‘shiq aytadi. So‘ngra logoped dialog shaklidagi
o‘ziga xos qo‘shiqni tanlab oladi: bittasi savolni kuylaydi va ikkitasi yoki uchtasi javobni
kuylaydi, keyin dialogni ikkita
duduqlanadigan kuylaydi, shu bilan birga yakka kuylaganida
talvasa paydo bo‘ladigan bola oldin berilgan savolga javobni kuylaydi va faqat undan keyingina
dialogning tashabbuskori sifatida chiqadi.
Duduqlanadiganlarda qo‘shiq aytish paytida kuylash ko‘nikmalari, [«a»],
[«o»], [«u»] unlilari va ularning birikmalari [«e»], [«i»] ni davomli kuylash ishlab
chiqiladi. Qo‘shiqchilik diapazonini mustahkamlash uchun oldin kichik mashqlar
beriladi, qo‘shiqlar har safar ancha baland ohangdoshlikda kuylanadi, ya’ni tashiladi
(asarning ohangdoshligi yuqori yoki past tomonga o‘zgaradi).
Turli registrli
mashqlardan foydalaniladi (bitta odam goh baland, goh past ovozda kuylaydi).
Logoped diksiya ustida ish olib borar ekan bolalarning e’tiborini qo‘shiqdagi
ifodali nutq ohanglariga va ularning musiqa ohangi bilan mosligiga qaratadi.
Duduqlanadiganlar murojaat qilishni ovoz bilan ajratishni o‘rganadilar: («Hoy,
yo‘ldagi, ehtiyot bo‘l»!), savol («Qani mening bolalarim, kul rang
mushukchalarim?»), obrazning xarakterli belgisi («Qo‘rqoq kul rang quyoncha…»).
E
Do'stlaringiz bilan baham: