96
va unum li bo‘la olmaydi. Ba’zan biron-bir predmetga qarab tursak
ham uni ko‘rmasligimiz mumkin, yoki u narsa ko‘zimizga g‘ira-
shira ko‘rinib qolishi mumkin. O‘z fikrlari bilan band odam yaqin
atrofdagilar gaplarini mutlaqo eshitmaydi. Agar diqqatimiz biror-
bir narsaga qaratilgan bo‘lsa, biz og‘riqni sezmasligimiz mumkin.
Agar shu narsaga, predmetga butun diqqat-e’tibor bilan qaralsa,
shu predmetning miridan-sirigacha bilib olishimiz mumkin.
Diqqat subyektning atrof-muhitda muvaffaqiyatli ish ko‘rishiga
imkon yaratadi va tashqi olamning inson psixikasida to‘laroq
hamda ravshanroq aks etishini ta’minlaydi. Biron-bir predmet-
ga diqqat-e’tibor bilan munosabatda bo‘linganda,
bu predmet
ongimizning markazidan o‘rin egallaydi,
boshqa barcha narsa-
lar esa shu chog‘da kuchsiz, noaniq idrok qilinadi. Bunda diqqa-
timizning yo‘nalishi o‘zgarib turishi mumkin. Masalan: ki-
tob o‘qiyotgan shaxsga xona bo‘ylab radiodan taralayotgan kuy
e’tiborsiz bo‘lishi mumkin. Lekin radiodagi futbol sharhi uning
diqqatini tortishi mumkin. Diqqat odatda mimikada, tashqi qi-
yofada, xatti-harakatda ifodalanadi. Ammo, ba’zi paytda o‘quvchi
diqqat bilan o‘qituvchi so‘zlarini tinglayotganga o‘xshaydi, lekin
uning fikri-xayoli sinfda yuz berayotgan voqea-hodisalardan an-
cha olislarda daydib yuradi.
Diqqat shunday muhim bir psixik jarayonki, u odamning bar-
cha faoliyatlarida ishtirok etadi. Eng sodda faoliyatda ham (ma-
salan, ninaga ip o‘tkazishdan tortib),
eng murakkab faoliyatni
ham (o‘qish, yozish kabi) diqqatning ishtirokisiz bajarish mut-
laqo mumkin emas. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi
roli benihoya kattadir. Mashhur rus pedagoglaridan K.D. Ushin-
skiy diqqatning inson hayotidagi ahamiyati haqida gapirib, bun-
day degan edi: «Diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona bir
eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik
orqali o‘tib kiradi». Haqiqatdan ham diqqat eshigidan tashqarida
qolgan narsa ongimizga borib yetmaydi.
Diqqatning bilish jarayonidagi ahamiyatini alohida ta’kidlab
o‘tish lozimdir.
Diqqat sezish, idrok qilish, xotira,
xayol va
tafakkur jarayonlarida har vaqt ishtirok etadi. Demak, diqqat bar-
cha aks ettirish jarayonining doimiy yo‘ldoshidir. Diqqat barcha
psixik jarayonlarda ishtirok etsa ham, lekin diqqatning yolg‘iz
97
o‘zi hech narsani aks ettira olmaydi. Odam biron narsaga zo‘r
diqqat bilan kirishgan paytda uning tashqi qiyofasida, masalan,
ko‘z
qarashida, ish harakatlarida ayrim o‘zgarishlar yuzaga ke-
ladi. Diqqatning ana shu tashqi alomatlariga
qarab odam ayni
chog‘da diqqatini biror narsaga qaratayotganini yoki qaratmayot-
ganini aniqlash qiyin emas. Masalan, diqqatimiz biron narsaga
jiddiy qaratilgan paytda barcha ortiqcha harakatlar to‘xtalib or-
ganizm qimirlamay qoladi va hatto nafas olishda ham o‘zgarish
ro‘y beradi. Bunday holatda nafas olish ba’zan susayib, ba’zan
chuqurlashib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: