Maktabgacha yoshdagi


Diqqatning fiziologik asoslari



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Diqqatning fiziologik asoslari. 
Miya po‘stlog‘ida diqqatning 
ko‘chib yurishi xuddi katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi ikki jara-
yon qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonini eslatadi. Agar odam-
ning diqqati biron-bir narsaga qaratilsa, demak bu ham unda, 
miya po‘slog‘ida qo‘zg‘alish o‘chog‘i maydonga kelganidan dalolat 
beradi. Bu paytda miyaning boshqa uchastkalari tormozlangan 
holatda bo‘ladi. Shu sababli odam ishga qattiq berilib ketgan-
da boshqa narsani payqamasligi mumkin. I.P. Pavlov aytganidek, 
katta yarimsharlarning optimal qo‘zg‘alish sodir bo‘lib turgan 
uchast kasida yangi shartli bog‘lanishlar osonlik bilan yuzaga ke-
ladi. Ayni chog‘da miyadagi boshqa uchastkalarning faoliyati esa 
odamning odatda ongsiz, avtomatlashgan deb ataluvchi faoliya-
ti bilan bog‘liq bo‘ladi.
Diqqatning paydo bo‘lishida oriyentirovka refleksi katta rol 
o‘ynaydi. Bu refleks organizmning tevarak-atrofdagi har qanday 
o‘zgarishiga tug‘ma reaksiyadan iboratdir. Bu refleks odamlarda 
ham, hayvonlarda ham bor. Xona ichidagi eshitilayotgan tovush-
ga odam ham, mushuk ham qaraydi. Dars paytida sinf eshigining 
taqillashi. Bu refleksni Pavlov obrazli qilib «Bu nima?» deb atay-
di. Diqqatning fiziologik asosi hisoblanmish oriyentirovka reflek-
sining paydo bo‘lishiga retikular formatsiya, analizatorlar (sezgi 
organlari) shart-sharoit yaratadi. Boshqacha qilib aytganda, har 
daqiqada organizmda turli narsalarning ta’siridan hosil bo‘lgan 
qo‘zg‘alishlarga nisbatan oriyentirovka yoki tekshirish refleksini 
hosil qilgan narsaning ta’siridan yuzaga kelgan qo‘zg‘alish kuchli 
bo‘ladi. Demak, oriyentirovka refleksi ayni chog‘da kuchli (ya’ni 
optimal) qo‘zg‘alish manbayini keltiradi.


98
Bosh miya yarimsharlarining po‘stida yuzaga keladigan kuch-
li, ya’ni optimal qo‘zg‘alish manbai uzoqroq saqlanib turadi-
gan, mustahkam qo‘zg‘alish bo‘ladi. Optimal qo‘zg‘alish manbai 
hosil bo‘lganda induksiya qonuniga ko‘ra, bosh miya po‘stining 
boshqa joylarida tormozlanish vujudga keladi. Natijada optimal 
qo‘zg‘alish manbaining roli yana ham ortib ketadi. Ana shu nuq-
tayi nazardan akademik I.P. Pavlov diqqatning fiziologik asosini 
bosh miya po‘sti qismidagi optimal qo‘zg‘alish manbai tashkil 
qiladi, deb juda to‘g‘ri aytgan. «Miya yarimsharlarining opti-
mal qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan qismida,– deydi I.P. Pavlov, – yan-
gi shartli reflekslar yengillik bilan hosil bo‘ladi… Shunday qilib, 
optimal qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan joyni ayni chog‘da bosh mi-
ya yarimsharlarining ijodga layoqatli qismi desa bo‘ladi. Miya 
yarimsharlarining sust qo‘zg‘algan boshqa qismlari bunday xu-
susiyatga qobil emas. Ularning ayni chog‘dagi funksiyasi, juda 
nari borganda, tegishli qo‘zg‘ovchilar asosida ilgari hosil qilingan 
reflekslarni bir tartibda qayta tiklashdan iboratdir».
A.A. Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantalik prin-
sipi ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun kat-
ta ahamiyatga ega. Dominantalik prinsipiga muvofiq miyada 
qo‘zg‘alishning har doim ustun turadigan hukmron o‘chog‘i ay-
ni shu damda miyaga ta’sir etib, unda yuzaga kеlayotgan hamma 
qo‘zg‘alishlarni qandaydir ravishda o‘ziga tortib oladi va bu ning 
natijasida boshqa qo‘zg‘alishlarga nisbatan uning hukmronligi 
yanada oshadi. Odatda dominanta subdominantaga, subdominan-
ta esa dominantaga o‘tib turadi. Bu esa diqqatning bir narsadan 
ikkinchi narsaga ko‘chib turishining nеrv-fiziologik mеxanizmini 
tashkil etadi. Ko‘rinib turibdiki, I.P. Pavlov bilan A.A. Uxtom-
skiy ta’limotlari bir-biriga qarama-qarshi emas, balki mazmun ji-
hatidan o‘xshashdir. Demak, oriyentirovka yoki tekshirish refleksi 
miya yarimsharlarining po‘stlog‘ida optimal qo‘zg‘alishni yuza-
ga keltiruvchi omillardan biridir. Orientirovka refleksi esa odam 
uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ya’ni odamning 
ehtiyojlari va qiziqishlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan narsalar-
ning ta’siri tufayli yuzaga keladi. Bu refleksini yuzaga keltirish-
da bevosita qo‘zg‘atuvchilardan tashqari so‘zning, nutqning ham 
roli g‘oyat kattadir. Bolalarning diqqati katta odamlar tomonidan 


99
aytilgan so‘zlar orqali jalb qilinadi. Demak, optimal qo‘zg‘alish 
manbaini so‘zlar orqali ta’sir etib ham yuzaga keltirish mumkin.
Diqqatning turlari

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish