Maktabgacha yoshdagi


Ixtiyoriydan so‘nggi diqqat



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Ixtiyoriydan so‘nggi diqqat
odamda ma’lum irodaviy zo‘r 
berishdan so‘ng paydo bo‘ladi, ammo bunda odam go‘yo ish-
ga «kirishib» ketadi, ishga diqqatini yengillik bilan to‘play bosh-
laydi. Bu diqqatning ixtiyorsiz diqqatdan farqi, bunda odam-
ning anglangan maqsadi bo‘ladi, shu tufayli diqqat bir nuqtaga 
to‘planadi, ammo ixtiyoriydan so‘nggi diqqat, ixtiyoriy diqqat 
emas, diqqatning bu turi odamning maxsus irodaviy zo‘r berish-
larini talab etmaydi. Ixtiyoriydan so‘nggi diqqat avval ixtiyoriy 
diqqat sifatida paydo bo‘lishi munosabati bilan faoliyatning ish-
ga «tortish» jarayonining ilk bosqichini puxta tashkil etishi shart. 
O‘quv ishi boshida o‘quvchi ko‘p hollarda ixtiyoriy diqqatni ish-
ga soladi. Keyin o‘quvchi ishga qiziqib qoladi, ya’ni uning diqqati 
chalg‘iyvermaydi, u qunt bilan shug‘ullana boshlaydi.
Diqqatning xususiyatlari
Diqqat turlicha sifat ko‘rinishlari bilan ta’riflanadi. Diqqatning 
bu ko‘rinishlari diqqatning sifati yoki xususiyati deb ataladi. 
Diqqatning barqarorligi, ko‘lami, ko‘chirilishi, taqsimlanishi, 
to‘planishi (konsentratsiyasi) uning asosiy xususiyatlari hisobla-
nadi. Diqqatning xususiyatlari turli odamlarda turlicha darajada 
ko‘zga tashlanadi.
Diqqatning kuchi va barqarorligi
dеb, odam o‘z diqqatini biron 
narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tu-
ra olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson hayo-
tida juda katta ahamiyatga ega. Chunki, diqqatni ma’lum muddat 
davomida biron narsaga muttasil, ya’ni uzluksiz tarzda qarata ol-
maydigan odam ishlay ham olmaydi, o‘qiy ham olmaydi va hat-
to o‘ynay ham olmaydi. Diqqatning barqarorligi bu uncha-mun-
cha ta’sirlarga chalg‘imaslikdir. Diqqatning kuchli va barqaror 
bo‘lishi bir qancha sabablarga bog‘liqdir. Birinchidan, diqqatimiz 
qaratilgan narsaning xususiyatlari biz uchun qanchalik ahamiyat-
ga ega ekanligiga, ikkinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsa bi-
lan amalga oshiriladigan faoliyatimizga, uchinchidan, nеrv sis-
temasining ayrim xusu siyatlariga bog‘liqdir. Bularning hammasi 
obyеktiv, ya’ni bizning irodamiz bilan bog‘liq bo‘lmagan sabab-
lardir. Diqqatning kuchi va barqarorligi, albatta, subyеktiv, ya’ni 
odamning ayni chog‘dagi holati bilan ham bog‘liq. Masalan, ayni 


101
chog‘da bеtob bo‘lib turgan odamning yoki boshiga bir og‘ir tash-
vish tushgan odamning diqqati kuchli va barqaror bo‘la olmaydi.
Diqqatning barqarorligi uning harakatchanlik xususiyati bi-
lan ham bog‘liqdir. Diqqatning harakatchanlik xususiyatlaridan 
biri uning o‘zgaruvchanligi (fluktuatsiyasi, tebranishi)dir. Diqqat 
tеbranishi deganda diqqatning jadallik darajasi, vaqti-vaqti bi-
lan qisqa muddatga kuchayib yoki sustlashib ketishi tushuniladi. 
Agar juda kuchsiz, zo‘rg‘a eshitiladigan ovozga quloq soladigan 
bo‘lsak, masalan, soatning chiqillashiga quloq solsak, diqqatimiz 
jiddiy qaratilgan bo‘lishiga qaramay, bu ovoz goh baland, goh 
past eshitiladi. Bir-biriga yaqin bo‘lgan yorug‘lik farqini ajratish-
da ham xuddi shunday hodisa yuz bеradi. Diqqatning bunday 
tеbranish davrlari hisoblab chiqilgan. Ma’lum bo‘lishicha, diqqat 
tеbranishining davomiyligi 2–3 sеkunddan oshmaydi (ko‘pi bilan 
12 sekundga teng bo‘ladi). Diqqatning o‘zgarib turishi ikkilanuv-
chi tasvir deb atalgan tasvirlarni idrok qilishda ko‘rinadi. Agar 
bir necha daqiqa davomida kesik piramidaning tasviriga tikilib 
qa ralsa, uning ustki tomoni goh oldinga chiqqandek, goh orqaga 
ketgandek bo‘lib ko‘rinadi.
Agar diqqatimiz qaratilgan narsa qiziqarli va yangi, mazmun-
dor bo‘lsa shu narsaga diqqatni ancha vaqt qaratib turish mum-
kin bo‘ladi. Bolalarni hayvonot bog‘iga olib borganda yoki ju-
da qiziqarli ertak o‘qib bеrayotganda ularning diqqati kuchli va 
barqaror bo‘ladi. Bundan tashqari, diqqatimiz qaratilgan narsa bi-
lan faol munosabatda bo‘layotganimizda ham diqqatimiz kuchli va 
barqaror bo‘ladi. Masalan, bolalar o‘yinchoqlarni idrok qilish bi-
langina chеklanmay, bu o‘yinchoqlar bilan faol harakatda bo‘lsalar 
(masalan, kubiklardan biron narsa yasash yoki mashinalarni qo‘l 
bilan yurgizish kabi) ularning diqqati kuchli va barqaror bo‘ladi.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish