Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Diqqatning to‘planishi. 
Agar diqqatimiz faqat bitta narsa-
ga qaratilgan bo‘lsa, ya’ni diqqatimiz faqat bitta narsa ustida 
to‘plangan bo‘ladi, buni 
konsеntratsiyalashgan
(to‘plangan) diqqat 
dеb yuritiladi.
Diqqatning ana shu yuqorida ko‘rib o‘tgan asosiy xususiyat-
lari odamning barcha faoliyatlari uchun juda zarur xususiyatdir. 


104
Diqqatning ana shu xususiyatlari tufayli odam atrofidagi muhitga, 
undagi turli-tuman o‘zgarishlarga tеz moslasha oladi. Diqqatning 
bu asosiy xususiyatlari odamga tug‘ma ravishda, ya’ni irsiy yo‘l 
bilan bеrilmaydi. Bu xususiyatlar odamning yoshlik chog‘idan 
boshlab turli faoliyatlar – o‘yin, o‘qish va mеhnat faoliyatlari 
jarayonida tarkib topib boradi. Ana shuni nazarda tutib tarbi-
yachilar turli-tuman mashg‘ulot va o‘yin jarayonlarida bolalar 
diqqatini har tomonlama hamda sistеmali ravishda rivojlantirib 
borishlari kеrak.
Diqqatning buzilishi.
Diqqatning salbiy jihatlaridan biri pari-
shonxotirlikdir. Parishonxotirlik bu diqqatning kеrak bo‘lganida 
boshqa obyеktga tеz ko‘chmasligidir. Parishonxotirlik holati-
da odamning ongi muayyan yo‘nalishga ega bo‘lmaydi, balki bir 
predmetdan boshqasiga ko‘chib turadi, ya’ni tarqoq bo‘ladi. Pari-
shonxotirlikni 2 xil ma’noda qo‘llash mumkin:
1. Diqqat umumiy barqarorlikning natijasidir.
 
Ixtiyoriy diq-
qatning sustligi, noto‘g‘ri tarbiya (bolani erkalatib yuborish, 
jazolanmasdan qolishi va h.k.) shakli bo‘lishi mumkin. Bu kichik 
yoshdagi bolalarga xos bo‘lib nerv sistemasining zaiflashuvi yoki 
qattiq toliqish, qoniqib uxlamaslik va shu kabilar natijasidir. Kat-
ta yoshdagi kishilarda ham parishonxotirlikning bu xili yuz be-
rishi mumkin. Qunt bilan ishlashga odatlanmagan odamda ham 
bu xildagi parishonxotirlik paydo bo‘ladi. 
2. Kishi diqqati biron narsa bilan band bo‘lib boshqa narsani sez-
magan paytda sodir bo‘ladigan parishonxotirlik. 
Bu ko‘proq yozuv-
chilarda, olimlarda uchraydi. Masalan, yozuvchi o‘z fikriga astoy-
dil bеrilganligi sababli atrofidagi narsalarni, hatto yonidagi odam
unga murojaat qilayotganini ham sеzmaydi. Ta’lim jarayonini 
pux ta uyushtirish bolalar diqqatini shakllantirish ning muhim 
sharti dir. Diqqat ta’limning muvaffaqiyat li shartlaridan biri bo‘ l ga-
ni uchun ham uni shakllan tirish shu jarayonning o‘zida yuz bera di.
Bo la lar diq qati ning jalb etilishi tarbiyachi nutqining xususiyat lari ga,
uning aniqligi, ifodaliligi, sur’ati, intonatsiyasi va boshqa larga 
bog‘ liqdir. Ovozning me’yordagi baland-pastligi, mashg‘ulot da-
vomida mazmunga qarab o‘zgarib turishi diqqatning bir nar-
saga qaratilishiga yordam beradi. Baland ovoz tinglovchi larni 
zo‘riqtirgani kabi o‘ta ohista nutq ham bolalarni toliqtiradi.


105
Barqarorlik
Ko‘lami
DIQQAT TURLARI
Ixtiyoriy A+B
a. Maqsad
b. Irodaviy zo‘riqish
Ixtiyorsiz
Ixtiyoriydan 
so‘nggi
Tashqi
Ichki
Faolligiga ko‘ra
Obyektiga ko‘ra
To‘planish
Individual
Guruhiy
Jamoaviy
Faoliyat shakli-
ga ko‘ra
Taqsimlanish
Ko‘chirish
DIQQAT 
XUSUSIYATLARI
DIQQAT
Ongning narsa, hodisa yoki faoliyatga qaratilishi hamda 
to‘planishi 
diqqat
 deb ataladi.


106
Diqqatni jalb etishda ko‘rgazmali va texnik vositalarni qo‘llash 
(rasmlar, tabiiy va mum nusxalar, jadvallar, texnika vositalari, 
slayd-shou va h.k.) katta ahamiyat kasb etadi. Bir xildagi ijodiy 
bo‘lmagan ish diqqatning to‘planishini susaytiradi, barqarorligini 
pasaytiradi. Mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil etish, zarur shart-sha-
roitlar mavjudligi barqaror diqqatni saqlaydi, sinchkovlik va ziy-
raklik odatlarini hosil qiladi. Jonli, jadal suratli mashg‘ulotlar 
diqqatni yaxshiroq safarbar etadi. Haddan ziyod tez sur’at 
chog‘ida, shoshish oqibatida «diqqatning noto‘g‘ri jalb etilishi» 
sodir bo‘ladi, sekin sur’atlar bolani chalg‘itadi. Bolalar diqqatini 
barqaror saqlashda tarbiyachining izchil va muntazam talabchan-
ligi muhim rol o‘ynaydi.
Diqqatni ma’lum obyektga yo‘naltirishda ko‘rishga nisbatan 
eshitish qiyinchilik tug‘diradi. Bolalar diqqatining yosh va in-
dividual xususiyatlarini hisobga olish ta’lim-tarbiya jarayonini 
muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim shartidir. Masalan, 
diqqatni yetarli darajada obyektga to‘play olmaslik aqliy faoli-
yatning yetarli emasligiga, o‘qish faoliyatida ko‘nikma, malaka-
larning shakllanmaganligiga bola irodasining kuchsizligi sabab 
bo‘ladi. Tashqi belgilar – yuz ko‘rinishining o‘zgacha ifodasi, 
nigohning qaratilganligi, gavdaning biroz oldinga intilganligi, 
peshona salgina tirishgan, lablar bir-biriga yopishganligiga qarab 
bola diqqatining yo‘nalganlik va to‘planganligini aniqlash mum-
kin. Bolaning mashg‘ulotga nisbatan loqaydligini ham tash-
qi ko‘rinishiga qarab ahiqlash mumkin. Ba’zan bola tarbiyachi 
nazarida chalg‘igan bo‘lib tuyilsa ham, lekin savollarga erkin 
javob berishi mumkin.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish