Guruhlar haqida tushuncha, turlari.
Har bir odam konkret
shaxs sifatida odamlar qurshovida yashaydi. Ma’lum guruh va ja-
moalar doimo o‘zgarib turadi, shaxs esa ana shu o‘zgarishlarga
moslashib, shu guruhdagi murakkab munosabatlarga kirishadi.
Guruh –
faoliyat va munosabatlarga kirishish jarayonida ayrim
yoki umumiy belgi va xususiyatlari bilan ajralib turadigan kishi-
lar birligidir. Shaxsning guruh va jamoadagi munosabatlarini sot-
sial psixologiya o‘rganadi. Guruhlar tuzilishiga ko‘ra shartli gu-
ruhlar – biror tadqiqotchi tomonidan odamlarni ma’lum belgilar
aso sida (yoshi, jinsi, millati kabilar) birlashtiriladi. Shartli gu-
ruhlar keyinchalik munosabatga kirishmasalar, real guruhlar
doimo munosabatda bo‘ladilar (mas. bir korxonadagi kasbdosh-
lar). Rasmiy guruhdagi munosabatlar rasmiy normalar va huquqiy
burchlar ti zimi bilan belgilanadi. Masalan: boshliq bilan xodim-
lar o‘rtasidagi munosabatlarni ta’minlovchi guruh rasmiy bo‘lsa,
norasmiy – bevosita psixologik munosabatlarni ta’minlovchi gu-
ruh hisoblanadi. Masalan: do‘stlar guruhi yoki talabalar guruhi-
dagi barcha qizlarning tanaffus paytidagi muloqoti.
Guruhlar, ulardagi o‘zaro munosabatlarga ko‘ra katta va
kichik guruhlarga bo‘linadi. Kichik guruhlar – tarkibi jihatdan
ko‘p a’zolari bo‘lmagan, umumiy maqsad bilan bog‘langan kishi-
lar uyushmasi, bu turmush qurgan yangi oila yoki ikki do‘st. Kat-
ta guruh – bu chegarasi 12–15 kishi (G.M. Andreeva), 30–40 ki-
shi (amerikalik psixolog Moreno), bu guruh a’zolari o‘zaro yaqin
munosabatda bo‘lmasligi mumkin.
Shaxsga bir vaqtning o‘zida turli ijtimoiy guruhlarning ta’siri
bo‘ lib turadi. Ma’lum davrda bir ijtimoiy guruhning shaxsga ta’siri
sezilarliroq va ahamiyatliroq, ikkinchisining ta’siri esa sal kam-
roq bo‘ladi. Masalan: o‘quvchilik yillarida maktabdagi o‘quvchilar
guruhining ta’siri, mahalladagi o‘rtoqlar davrasinikidan kuchliroq
bo‘lishi, ya’ni xonadonga kelin bo‘lib tushgan qiz uchun yangi oila
muhitining ta’siri talabalik guruhinikidan kuchliroq bo‘lishi tabiiy.
Referent guruh
– shaxs bu guruh a’zolarining niyatlari, g‘oyalari,
qiziqishlari, fikrlariga ergashishga, harakatlaridan andaza olishga,
ularga taqlid qilishga intiladi.
93
Normativ guruhlar
– bu shaxs uchun shunday insonlar guruhiki,
ularning normalarini u ma’qullaydi, ularga amal qilishga hamisha
tayyor bo‘ladi. Bunday guruhlarga birinchi navbatda oilani, diniy
yoki milliy uyushmalarni, professional guruhlarni kiritish mum-
kin. Masalan: o‘zbek xalqi uchun dasturxon solib o‘tirgan zahoti
yuzga fotiha tortish, mezbonlarni mehmonlarga «Xush kelibsizlar»
deyishlari norma hisoblanadi.
Qiyoslash guruhi –
bu shunday guruhki, shaxs o‘sha guruhga
kirishga, uning ma’qullashiga muhtoj bo‘lmaydi, lekin o‘z harakat-
larini yo‘lga solishda unga asoslanadi. Masalan: talabalar guruhida
shunday yoshlar bo‘lishi mumkinki, shaxs ular bilan umuman mu-
loqotda bo‘lmaydi, ularning fikrlari yoki qarashlarini yoqlamaydi,
lekin bu guruh aynan o‘shalarga o‘xshamaslik va o‘z ustida ko‘proq
ishlashga o‘zini ko‘proq safarbar qilishi uchun kerak.
Negativ guruhlar
– shaxs ularning xatti-harakatlaridan atay-
lab voz kechadi, chunki ular shaxsiy qarashlardan mutlaq farq qi-
ladi. Masalan: bir-biri bilan chiqisha olmagan ikki qo‘sh devor-
larini alohida rangda bo‘yaydi, biri tanlagan rangni ikkinchisi
xohlamaydi. Biri oq desa ikkinchisi aksincha qora deb turaveradi.
Guruhlar shaxsning shakllanishiga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Jamoalar deganda biz umumiy faoliyat maqsadi asosida birlash-
gan, jamiyatning bir qismi hisoblangan va shu jamiyat maqsad-
lariga to‘la bo‘ysunadigan odamlar guruhini tushunamiz. Jamoa
inson shaxsini shakllantirish uchun eng qulay shart-sharoitlar
yara tadigan birlik hisoblanadi. Oila jamoasi, maktabdagi o‘quv-
tarbiya jamoasi, bolalar jamoasi, mehnat jamoalari shunday bir
muhit hisoblanadiki, unda shaxsning har tomonlama rivoj lanishi
yuz beradi. Bir-biriga yordam, xayrixohlik, uyushqoqlik, inti-
zom kabi axloqiy motivlar jamoada tarkib topadi. Bolani mum-
kin qadar tezroq jamoaga qo‘shish, undagi munosabatlarda, bir-
galikdagi faoliyatda ishtirok etishi muhim hisoblanadi. Maktab
o‘quvchilari jamoasi ning ahil bo‘lishi uchun turli tadbirlar, olim-
piadalar, ko‘rik-tanlovlar, sport bellashuvlari, kechalar, intellek-
tual o‘yinlar uyushtirish jarayoni va birgalashib tashvish tortish-
lari g‘oyat muhimdir. Bu jamoani shakllanishiga yordam beradi,
bolalarni bir-biriga yaqinlashtiradi, ularni dardi va quvonchini his
94
etishga o‘rgatadi. Jamoada «men» va «ular» degan bir-biriga qarshi
bo‘lgan azaliy so‘zlar «biz» degan tushuncha vositasida barham to-
padi.
Do'stlaringiz bilan baham: |