tasavvurlarini rivojlantirish, mijoz bilan keyingi
olib boriladigan ishlami
rejalashtirish imkoniyatini beradi. Umumiy tarzda superviziya konsultantga
o'zining kasbiy mahoratini rivojlantirish imkoniyatini beradi, ayni paytda, konkret
vaziyat misol sifatida olinadi. Bu superviziyaning shaxsiy terapiyadan asosiy
farqidir. Superviziya konsultantga mijoz bilan bo'lgan
terapevtik munosabatlarda
qiyinchilik tug'diruvchi shaxsiy muammolami belgilash imkoniyatini beradi,
ammo bu m uammolam i bevosita hal etish superviziyaning vazifasiga kirmaydi.
Superviziyaning strukturasi qat'iy ravishda belgilanadi. Ya'ni mutaxassislar
o'rtasida Supervizor kim ham da Superviziyalanuvchi kim ekanligi
aniq
belgilanadi. Superviziya sessiyalari ham kelishuv asosida belgilanadi.
Supervizor o'z faoliyatida quyidagi qayta aloqa tamoyillariga asoslanishi
kerak:
1. Supervizor o'z faoliyatida konsultant shaxsiga emas, uning faoliyatiga o'z
e'tiborini qaratishi kerak. Nutqida kishi xususiyatlarini ifoda etuvchi so'z
bo'laklaridan emas, inson xatti-harakatlarini ifoda etuvchi fe'llardan
foydalanish kerak;
2.
Konsultant xulqini kuzatish, interpritasiya qilishdan voz kechish kerak;
3. Tavsifberish kerak, baholash, xulosa chiqarish zarurati yo'q;
4. Aniq tavsiya berish, umumiylashtirishdan qochish;
5. Axborot va konsepsiyalarga tayanish, maslahat berishdan voz kechish;
6. Konsultant qabul qila oladigan
miqdorda axborot berish;
7. O 'zgartir ish m u m k in b o 'lga n xu lq h aq id a so'zlash ish.
Shunday qilib supervizorlik sessiyasi ma'lum formatga ega, bu uning ikki
mutaxassisning do'stona suhbatidan farqli jihati hisoblanadi.Superviziya diqqat
markazida turli m uam m olar bo'lishi mumkin. Faoliyat fokusi konsultant
ehtiyojlaridan kelib chiqadi, istisno sifatida faqatgina
mijozga zarar yetishi
mumkin bo'lgan vaziyatlam i belgilash mumkin. Bunday vaziyatda supervizorga
quyidagi qoidalarga rioya qilish tavsiya etiladi:
1. O'z havotiringizni ifoda eting;
2. Sizni havotirga solayotgan vaziyatni ifodalashda aniq tushunchalardan
foydalaning;
3. Konsultantga muammoning tayyor yechimini taqdim etmang, uni
izlanishga majbur eting;
4. Konsultant tom onidan qarshilik seza boshlasangiz,
faol tinglash usuliga
o'ting, u o'zining tuyg'ularini ifodalab berish imkoniyatiga ega bo'lsin;
5. O'zgarishlaming hayotga tadbiq etilishini kuzating.
Supervizorlik amaliyotini tashkil etish shakllari turli bo'lishi mumkin:
1. Supervizor boshchiligida
• Bir supervizor va bir consultant
113
• Bir supervizor va ikki consultant
• Supervizor nazorati ostida guruh
2. Aralash shakl
• Supervizor superviziyani guruh bilan birgalikda amalga oshiradi
3. Ikkiliklar va "ekspert"
• Guruhda - ekspert kelishilgan davriylik bilan u yoki bu guruhga
qo'shiladi
4. O'zaro teng statusga ega mutaxassislarning superviziyasi
• " Birga bir
• " Guruhda
Superviziyaning
bugungi
kundagi
ahamiyati uning psixoterapiyaning
effektivligini oshirish imkoniyati beruvchi terapevtik
usul sifatida tan olinishi
hamda psixolog, psixoterapevt, konsultantlarning kasbiy faoliyati davomida
so'nish sindromi, ikkilam chi jarohatni oldini olish va zarur paytlarda uni bartaraf
etish, m utaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish yo'li
etib tanlanishi orqali
belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: