I.Pavlovning neyrofiziologik ta'biri bo'yicha bu tip kuchli, ammo o'zini bosa
olmaydigan, his-hayajonga beriluvchan, ko'pgina fikr va emosiyalarga ta'sirchan,
qiziquvchan insonlardir. Katta hayotiy energiya mavjudligi bilan ajralib turadi,
ammo unga o'zini tuta bilish yetishmaydi, vaqti bilan jahldor va o'zini tuta
olmaydigan bo'lib qoladi.
G.Ayzenk
bo'yicha bunday insonlar nevrotikli ekstrovertlar hisoblanishadi.
Odatda nevrotizm yorqin namoyon bo'luvchi
ekstrovertlarda yakuniy
xulosada psixopatiya va isterikaning ochiq asoratlarini nam oyon qiladi.
2- tip: "Flegmatik"
1.
Pavlov
ta'kidiga ko'ra, bu tip juda kuchli va qat'iyatli, bosiq, ayrim hollarda
faoliyatsiz, xotirjamdir. Asab sistemasining xarakteristikasi quyidagicha, asab
jarayonlari sust harakatlar bilan muvozanatda saqlanib turadi. Tashqi muhitga
ifodasi xotirjam, atrofdagi insonlar o'zgarishiga moyil
emas va qarama - qarshi
fikr egalariga o'z reaksiyasini bildiradi.
G.Ayzenk
bo'yicha ular emotsional qat'iyatli, introvertlardir. Psixopatiya va
isteriyaga moyil emas. Terror jarayonida nafaqat jangari balki guruhning
emotsional tayanchi, stabillashtiruvchi boshliqdir.
3-tip: ",Sangvinik
"
I.Pavlov
nazariyasiga ko'ra, bu tip kuchli, serharakat, vazmindir.
Uning asab
sistemasi asab
jarayonlarining kuchliligi bilan, muvozanatliligi va ko'rinarli
darajadagi aktivlik bilan ajralib turadi.
Bunday inson tezkor, hayot sharoitining o'zgarib borishiga juda tez
moslashadi. Hayot
qiyinchiliklarini yengib o'tish
va qarshilik bildirish unga
xosdir.
Ayzenk bo'yicha bu tip emotsional qat'iyatli va ekstrovert. Boshqa tiplarga
qaraganda moslashuvchan. Uning qarorlari emotsional holatga emas balki qat'iy
fikrlarga asoslanadi.
4-tip: "Melanxolik"
Asab sistemasi judayam kuchsiz tipdir. Hissiy torm ozlanish jarayoni
kuchsizligi bilan xarakterlanadi, melanxoliklar odatda passiv va tormozlashgan
bo'lishadi.
Ulaming faoliyati ko'p e'tibor beradigan
negativ ruhiy kechmishlarda
tormozlanadi.
Ko'pchina tadiqotchilarning differensial tahliliga binoan, terroristik tashqilot
va jarayonlarda terroristlarning:
46% - xoleriklar
32% - sangviniklar
12% - melanxoliklar
10% - flegmatiklar tashqil etishi anqlangan.
25
Terroristlar o'z harakatlarini oshkora etishiniig psixologik sababi shundaki,
O AV (ommaviy axborot vositalari)ning reaksiyasi, siyosat
va davlat arboblari yoki
boshqa insonlar ko'zida o'zining betakrorligini tan olishni ko'rsatishdir.
Ta'kidlash joizki, O AV terroristik harakatlami bu tarzda ommalashtirmasa,
terroristlarning am alga oshirayotgan ishlari bu tarzda avj olib ketmas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: