Stomotologiya fakulteti 112 – A guruh talabalari Abdinazarov Siroj va Abdisalomov Asadbek MAVZU Depressiya nima? Uning kelib chiqish sabablari va oldini olish usullari Depressiya nima? Depressiya (lot. Depressio - bosilish, susayish) ruhiy kasallik bo’lib, u odamda hayotga bo’lgan umidsizlik, odamlarga bo’lgan ishonchsizlik, tushkunlik, yolg’izlik, stress va shu kabi yomon (negativ ) xissiyitlarni uyg’otishi mumkin. O’ta jiddiy holatlarda, ba’zilar sigaret chekish, spirtli ichimliklar ichish, meyoridan ortiqcha uxlash kabi yomon illatlar bilan o’zlarini chalg’itishga urinishadi. Asosiy sabablari – o’tkir va surunkali ruhiy siqilishlar, ketma-ket keluvchi muvaffaqiyatsizliklar va uzoq vaqt davom etuvchi og’ir kasalliklardir. Tashqi salbiy omillar sababli rivojlangan dipressiya Ekzogen depressiya deyiladi. Hech qanday sababsiz rivojlangan depressiyaga Endogen depressiya deyiladi ( nasliy omilning o’rni katta). Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra yer sharida depressiya bilan ro’yxatga olinganlar soni 160 000 000 dan oshiq. Mutaxassislaning fikricha depressiya bilan kasallangan har 3 bemorning biri vrach nazoratida turadi xolos. NIQOBLANGAN DEPRESSIYA Ichki a’zolar funksiyasining buzilishi bilan kechuvchi depressiya Niqoblangan depressiya deyiladi. Nima un aynan niqoblangan, chunki bemor depressiya bilan kasallangan bo’lsada uning shikoyati xuddi boshqa kasalliklarni eslatadi, ya’ni “Yurak og’riqlari” , “Bo’g’im og’riqlari” , “Oshqozon-ichak kasalliklari” , “Teri tanosil kasalliklari” va boshqalar. Bemorni tekshirayotgan vrach bemorning kayfiyati og’riqlar sababli tushgan deb o’ylaydi. Aslida bu Niqoblangan depressiyadir. QANDAY RUHIY-HISSIY BUZILISHLAR KUZATILADI Ko’p kuzatiladigan asosiy ruhiy-hissiy buzilishlar – bular kayfiyatning tushib ketishi, umidsizlik, g’am-g’ussa, doimiy xavotir, yomon voqealarni kutib yashash, aybdorlik hissi yoki o’zini ha deb ayblash, qaysarlik, o’jarlik o’zi bilganidan qolmaslik, atrofdagi yaqinlariga qiziqishning yo’qolishidir. Depressiya chalingan odamning kayfiyati kuni bo’yi o’zgarib turishi mumkin. Ertalab kayfiyati juda yaxshi bo’lsa, kechga yaqin kayfiyati umuman tushib ketadi. BOSH VA TANADA QANDAY BELGILAR PAYDO BO’LADI? Bosh og’rishi, bosh aylanishi, ensa va bo’yin sohasida og’riqlar,yurak sohasida og’riqlar, nafas yetishmovchiligi, ishtaha pasayishi, qabziyat, jinsiy zaiflik, turli umumiy xolsizlik kabi belgilar ko’p kuzatiladi. Bosh og’rig’i – depressiyaning eng ko’p uchraydigan belgisidir. Bunday bemordagi bosh og’rigqni og’riq qoldiruvchi dorilar emas, balki depressiyaga qarshi dorilar bartaraf etadi. Buni vrach va psixologlar esda tutishi lozim. DEPRESSIYADA HULQ-ATVOR QANDAY BUZILADI? XOTIRA BUZILISHI! Depressiyada hulq-atvor buzilishi juda ko’p uchraydi. Bular – o’z joniga qasd qilishgacha intilish, biror-bir faoliyatga qiziqmaslik, kamharakatchanlik, uydan chiqmay yotaverish, yog’izlikka intilish, birovlar bilan muloqotdan qochish, ichkilikka yoki turli farmakologik dorilarga ruju qo’yish. Xotira va fikrlash jarayoni ham kop uchraydi. Parishonxotirlik, xotira pasayishi, ayniqsa esda qolishning buzilishi juda ko’p kuzatiladi DEPRESSIYADAN QANDAY QUTILISH MUMKIN? Depressiyani davolashda dori-darmonlar va psixoterapevtik suhbatlar qo’llaniladi. Bu ikkala davolash usuli birgalikda olib borilsa samarasi yuqori bo’ladi. Dorilar bilan davolashdan oldin o’tkazilgan psixoterapiya davolanish jarayonini yengillashtirsa, undan so’ng o’tkazilgan psixoterapitya esa depressiya qaytalanishining oldini oladi DEPRESSIYANI BARTARAF ETISHDA DORILAR YORDAM BERADIMI? Albatta yordam beradi! Biroq ularni to’g’ri tanlay olish kerak. Dorilar depressiyaning barcha turlarida tavsiya etilishi mumkin. Vrach yoki psixologning bemor oldiga qo’yadigan eng asosiy shartlaridan biri – davolanishni reja asosida olib borish va vrach tavsiyalarini so’zsiz bajarishdir. Depressiyani bartaraf etish uchun qo’llaniladigan dorilarga ANTIDEPRESSANTLAR deb ataladi. Ular miyada kayfiyat garmoni deb atalmish SEROTONIN miqdorini oshiradi! Hamma narsani yeb ketavermang, yog’li taomlardan yiroq bo’ling. Go’sht ko’p miqdorda inson uchun zararlidir. Hazm bo’lishi uchun ko’p energiya sarflanadi. Ba’zilar ko’p go’sht yeb yuborishsa , kamida 2 kun bezovta bo’lib uxlashadi, qo’rqinchli tushlar ko’rishadi. Uyg’ongach esa, energiya yetishmasdek tuyiladi. Tushkin bo’lganingizda o’zingizni sevimli taomingiz bilan mehmon qiliishingiz mumkin. O’zingiz haqingizda qayg’uring!!! TABIATGA CHIQING VA O’ZINGIZ BILAN YOLG’IZ QOLING Shahardan chetda bo’lgan go’zal tabiat manzarasini tomosha qilgani boring, iloji bo’lsa o’zingiz bilan chodir oling. Ko’lga borib baliq ovi uyushtirishingiz mumkin. Tabiat, toza havo va sukunat esa hayotning mazmunini anglab yetishga yordam beradi. Sokinlikda fikrlaringizni jamlab, Hayot, OTA-ONA, AKA-UKA, yaqinlar, do’stlar haqida o’ylang, SIZ YOLG’IZ EMASSIZ! Depressiyadan butun umr aziyat chekib bo’lmaydi, shuni yodda tuting!!! Chodirga kirib, uzoqlarga qarang, siz nimanidir ko’ryapsizmi, yengil shamolni, toza havo hidini sezyapsizmi, tabiat shovqinlarini eshityapsizmi, ovozingiz chiqyaptimi? Ana endi tasavvur qiling, ko’rmay qolsangiz nima bo’ladi, umuman ovozlarni eshitmasangizchi? Vaziyat bundan ham yomonroq bo’lishi mumkin edi, lekin bunday emas, bo’lar-bo’lmasga tushkunlikka tushish yaramaydi. Shuni anglab yeting. HAYOTTAN ZAVQ OLIB YASHANG!!!!!!!!!!! ETIBORINGIZ UCHUN KATTAKON RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |