Dastgohlarga osma qo’zg’aluvchan robotlar bilan
guruhiy xizmat ko’rsatish
jihozlarni bir yoki ikki qatorga joylashtirilib
90
amalga oshiriladi. Robotning yuqori trassasida va dastgohlarning chiziqli
(bir yoki ikki qatorli) joylashuvida asosiy va yordamchi qurilmalarni,
zagotovka va detallar-ni nazorat qilish pozitsiyalarini, oraliqli
yig’uvchilarni va boshqalarni jaylashtirish osonroq bo’ladi.
Xavfsizlik talablari oson ta’minlanadi.
Bunday texnik yechimlar ko’proq dastgohlarda ishlov berishning uzoq
davom etadigan sikl-larida va uch yoki undan ortiq (12 ta gacha) ishlov
berish qurilmalarining o’zaro bog’liq ishlari za-rur hollarda qo’llaniladi. Bu
holda ishlov berish vaqti bo’yicha cheklash operatsiyasi, misol uchun ikki
dastgohda bajariladi. 20 kg gacha bo’lgan tishli vallarga ishlov beruvchi,
Mitsubishi Heavy Ind (Yaponiya) firma-siga mansub
avtomatik liniya
4-
rasmda ko’rsatilgan. Liniyaga ikkita osma qo’zg’aluvchan Robitus RC
robotlari xizmat ko’rsatadi. Birinchi robot markaziy frezerlash va ikkita
tokarlik dastgohlariga
5.5-rasm. Ikkita Robitus RC robotlari orqali xizmat ko’rsatiladigan olti
dastgohli avtomatik liniya:
1 – shilish dastgohi; 2 – konveyer; 3 – tishli frezerlash dastgohi; 4 – detallar
solingan tara; 5 – raqamli dasturiy boshqaruvli tokarlik dastgohi; 6 –
tokarlik nusxa ko’chirish dastgohi; 7 – markaziy frezerlash dastgohi; 8 –
monorels; 9 – robot.
xizmat ko’rsatsa, boshqasi qolgan qurilmalarga xizmat ko’rsatadi. Birinchi
robotning ishchi zonasi-da zagotovkalarni uzatuvchi konveyer joylashgan.
Ikkita robotning birgalikdagi ishchi zonasida de-tallarni termik ishlov
berish uchastkasiga va ishlov berilgan detallarni tayyor mahsulot omboriga
kiritish va chiqarish konveyeri joylashgan. Liniyaning ishlash suratiga
moslikda robotlarning ish-lash dasturi beriladi. Bu dastur dastgohlarda
o’rnatish – yechishni va detallarni dastgohdan dastgoh-ga ketma-ket
(texnologik jarayon ketma-ketligi bo’yicha) tashishni ta’minlaydi.
91
ACBP-01 avtomatik uchastkasi
(5.6-rasm) uzunligi 500 – 1400 mm,
diametri 140 mm gacha va massasi 160 kg gacha bo’lgan elektrodvigatel
vallariga ishlov berish uchun mo’ljallangan. Vallar kesik prokatlardan
tayyorlanadi. Zagotovkalar elektrokaralarda tashiladi va УМ160Ф2.81.01
roboti
5.6-rasm. Elektrodvigatel vallariga ishlov berish uchun mo’ljallangan ACBP-
01 avtomatlashtirilgan uchastkasi:
1 – zagotovkalarni uzatuvchi rolikli uzatmali konveyer; 2 – markaziy
frezerlash dastgohi; 3 – boshlang’ich yig’uvchi; 4 – zagotovka uzunligini
o’lchovchi qurilma; 5 – zagotovka; 6 – oraliqli yig’uvchi; 7 –
fotohimoyalash qurilmasi ustuni; 8, 12 – kutish pozitsiyalari; 9, 13 –
raqamli dasturiy boshqaruvli tokarlik dastgohlari; 10 – oraliqli yig’uvchi;
11 – uchastkaning chiqish pozitsiyasi (tayyor mahsulotlarni yig’uvchi);
14 – robot qo’li bilan birga bo’lgan ko’chuvchi aravacha; 15 – robot
monorelsi; 16 – tayanch ustuni.
ularni olib ketib boshlang’ich yig’uvchi 3 yacheykalariga taxlaydigan
uzatish pozitsiyasidan uzatuv-chi rolikli konveyerga yuklanadi. Uchastka
markaziy frezerlash dastgohi 2 va o’ttiz xil o’lchamdagi vallarga tokarlik
ishlov berish, markazlash, kesim hosil qilish ishlari amalga oshiriladigan
ikkita 1Б732ФЗ modelidagi raqamli dasturiy boshqaruvli dastgohlar (9 va
13) bilan ta’minlangan. Robot dastgohlarga ularning chaqiruvi bo’yicha
92
xizmat ko’rsatadi. Bir vaqtda tushgan so’rovlardan kata-roq ishlov berish
siklidagi dastgoh tanlanadi. Dastgohlar orasida oraliqli (detallarni)
yig’uvchilar 6 va 10 joylashganlar. Sezish tayoqchasiga ega bo’lgan robot
boshlang’ich yig’uvchi 1dan zagotovka 5 qidiruvini amalga oshiradi, uning
diametrini o’lchaydi, qurilma 4 yordami bilan esa uning uzun-ligini ham
o’lchaydi. Agar zagotovkaning uzunligi yoki diametri qo’yilgan
chegaradan chiqib ketsa, u yaroqsiz deb e’lon qilinadi.
Robot uch tayanch ustunlari 16 ga mahkamlangan monorels 15 bo’ylab
ko’chadi. U dast-gohlarni yuklash va ulardan yuk tushirish, detallarni
dastgohlararo tashish, ularni qayta joylashtirish, 6 va 10 yig’uvchilarda,
shuningdek, tokarlik dastgohlari oldida joylashgan kutish pozitsiyalari 8 va
12 da oraliqli taxlashlarni bajaradi. Ishlov berishdan so’ng robot uchastkaning
chiqish pozitsiyasida detallarni magazin 11 ga joylaydi. Ish xavfsizligi ustun
7 larda joylashtirilgan fotodat-chiklar orqali ta’minlanadi.
Dastgohlarning orqasidan metal qirindilarni tozalovchi konveyer o’tadi.
Uchastkaga bitta operator orqali xizmat ko’rsatiladi.
ACBP-01 modeli УМ160Ф2.81.01, УМ40Ф2.81.01,CМ40Ф2.80.01 va
СМ160Ф2.05.01 modelli robotlar bilan ta’minlangan va 40 va 160 kg gacha
bo’lgan aylanish jismlari va korpus de-tallari turiga mansub detallarga ishlov
berishga mo’ljallangan uchastka va avtomatik liniyaning ta-komillashganidir.
5.7-rasm. 40 kg gacha massali aylanish jismlari turiga mansub detallarga
tokarlik ishlov berish ACBP-10 avtomatlashtirilgan uchastkasi:
1 – telfer (elektrouzatmali osms yuk ko’tarish qurilmasi); 2 – markaziy
frezerlash dastgohi;
3 – tokarlik dastgohi; 4 – aravacha va CM40Ф2.80.01 modelidagi
robotning qo’li; 5 – robot monorelsi;6 – oraliqli yig’uvchi; 7 – detallarni
nazorat qilish pozitsiyasi; 8 – rolikli konveyer.
93
ACBP-04 turidagi tokarlik ishlov berish robototexnik kompleksi ACBP-
10 uchastkasiga o’xshash, lekin liniyaga joylashtirilgan ikkita dastgoh va
ularga xizmat ko’rsatuvchi robotdan iborat. RTK seriyali va kichik seriyali
ishlab chiqarish sharoitida diametric 100 mm gacha, uzunligi 300 – 800 mm
va massasi 40 kg gacha bo’lgan vallarga tokarlik ishlov berish uchun
mo’ljallangan.
Vallarning ichki va tashqi sirtlariga turli murakkablikdagi zinasimon va
egri chiziqli profilda bir yoki bir necha o’tishda ishlov beriladi. Qotirish
rezbalari kesish uskunasida kesiladi.
RTK o’z ichiga 16K20T1 modelidagi ikkita tokarlik yarim avtomati,
CM40Ф2.80.01 mode-lidagi robot, yordamchi qurilma va ish xavfsizligini
ta’minlovchi sistema (yorug’likdan himoya-lash) larni o’z ichiga oladi.
Tayanch sistemasi dastgoh shpindellari o’qlariga parallel joylashgan,
SRli kompleksning chiziqli komponovkasi dastgohlarni rostlash va ularga
xizmat ko’rsatishda ular-ning uzellari va mexanizmlariga oson kirish
imkonini beradi.
RTK dastgohlari kolonnalar orasida robotning
tayanch sistemasi bo’ylab joylashtiriladi. Ko-lonnalar ro’parasida taralar
turadi. Dastgoh yon yog’i va kolonna orasida detallarni operatsiyalararo
saqlashga mo’ljallangan oraliqli pozitsiyalar joylashgan. Kompleks
yorug’likdan himoyalash qurilmalari bilan ta’minlangan. Robotning
tutqichi magazin va tara pozitsiyalaridagi detallar holatini aniqlovchi
datchiklar-ga ega.
УПМ331 modelidagi robot boshqaruv qurilmasi dastgohlarga ularning
chaqiruvi bo’yicha xizmat ko’rsatadi. Ikkala dastgohdan bir vaqtda chaqiruv
tushsa, robot birinchi bo’lib ishlov berish sikli kattaroq dastgohga xizmat
ko’rsatishi to’g’risidagi birinchilik sistemasi o’rnatiladi.
RTK tarkibiga kiruvchi dastgohlar patron mushtaklarida avtomatik
qisishbo’shatish, detal-larni yechish, golovka shpindellarini kiritish-chiqarish,
ishchi zona chegarasini kiritish-chiqarish, dastgoh va robot orasidagi buyruq
almashish kabilar bilan ta’minlashi kerak.
Ushbu asosiy talablar 16K20T modelidagi dastgohning mexanik
sistemasini va elektroavto-matikasini modernizatsiya qilishda bajarilgan.
Bundan tashqari asosiy va oraliqli magazinlar elektroqurilmasini o’z ichiga
oluvchi elektroavtomatikaning moslashuvchan sistemasi, shuningdek,
RTK xavfsizligi ta’minoti sistemasi ishlab chiqilgan.
RTKning butun elektroavtomatikasi boshqaruvini robotning raqamli
dasturiy boshqaruv sis-temasi amalga oshiradi. ushbu sistema dastgohlarga
guruhiy xizmat ko’rsatishda boshqaruvni ko’r-satuvchi markaziy sistema
hisoblanadi.
Kompleks ishlashining uch xil variant ko’rib chiqilgan:
detallarga turli operatsiyalarni bajarish uchun qo’yilgan dastgohlarda
ketmaketlikda ishlov berish;
94
bir xil nomdagi detallarga aynan bir operatsiyani bajarish uchun
qo’yilgan dastgohlarda parallel ravishda ishlov berish;
ikki xil nomdagi detallarga mos operatsiyalarni bajarish uchun qo’yilgan
dastgohlarda parallel ravishda ishlov berish.
Kompleks tarkibidagi avtomatik manipulyator zagotovkalarni magazindan
olib dastgohga yuklashni va zagotovkalarni dastgohdan dastgohga
uzatishni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |