Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
361
va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun yetarli bo‘lmaydi. Shuningdek o‘quvchilarda
ma’lum bir vaziyatlarga mos javobni bo‘lishi, ya’ni takrorlanuvchi vaziyatlar uchun bir xil
tipdagi javob mavjudligi, faqat barqaror munosabatlar sharoitidagi faoliyat olib borishlarini
nazarda tutuvchi bilimlarni shakllantirilishi hozirgi zamon talabiga mos kelmaydi.
Kompetentli yondashuvda esa o‘quvchida nimani o‘rganishni emas, balki qanday
o‘rganish malakasini shakllantirish, olgan bilimlarini har qanday vaziyatlarda qo‘llay olishi,
o‘zini munosib tutishi, muloqot olib borishi, raqiblar bilan munosabatlarda turlicha yo‘llarni
tuta bilishi, ziddiyatli ma’lumotlardan foydalanishda tizimli hamda izchil rivojlanib
boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlana olish rejasiga ega bo‘lishni tarkib toptirish
nazarda tutiladi.
Endi ta’lim tizimida asosiy rolni o‘ynaydigan shaxs bo‘lgan o‘qituvchining
kompetensiyasi haqida gapiramiz. Ta’lim, tarbiya, kasbiy tayyorgarlikning muvaffaqiyati va
samaradorligi o‘qituvchilarni o‘zlarining pedagogik funksiyalarini
yuqori sifatli bajarishi,
o‘quv jarayonida o‘quvchilarni o‘ziga jalb qilishiga, mustaqil ravishda bilim olishiga, ijodiy
fikrlashga va har xil munosabatlarni hal qilishga o‘rgatish qobiliyatiga bevosita bog‘liqdir.
Buning uchun jamiyatimizning har bir o‘qituvchisidan ta’lim standarti talablaridan yuqori
bo‘lgan maqsadlarni mustaqil ravishda aniqlash va amalga oshirishga qodir bo‘lgan
faoliyatni kutmoqda. Ya’ni yuqori malakaga ega bo‘lgan ta’lim dasturlarini mukammal
o‘zlashtirgan o‘qituvchilar talab qilinadi.
Ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi o‘zining butun bilim va tajribasini
takomillashtirishga yo‘naltirishi muhim omildir. Bundan kelib chiqib o‘qituvchi o‘zining
ta’lim tizimidagi faoliyatida kasbiy va
ijodiy malakasidan foydalanib, ijodiy pedagogik
faoliyatini samarali amalga oshirish uchun o‘zini rivojlantirishi va o‘zini-o‘zi
takomillashtirishi davr talabi hisoblanadi.
Kompetentli yondashuvni tatbiq etish obyekti ta’lim jarayonida kompetensiya
ekanligidan, o‘qituvchining kasbiy kompetensiya turlari haqida to‘xtalamiz.
Ma’lumki, o‘qituvchining kasbiy kompentensiyasi turlari quyidagilardan iborat [2].
1.Kasbiy.
2.Shaxsiy.
3.Umuminsoniy.
4.Madaniy.
5.Maxsus.
O‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi pedagogika va psixologiyaga
doir bilimlarni
bilishi, o‘z ustida doimiy ishlashi, o‘quvchilar ehtiyojlarini anglagan holda ta’lim jarayonini
rejalashtirishi, o‘quvchilar bilan qayta aloqani o‘rnatishi, shuningdek, o‘quvchilarda
motivatsiyani shakllantirishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan
foydalana olishi,
o‘z fanini mukammal bilgan holda ta’lim muhitiga yangilik kiritishi va xorijiy tillardan
birini bilishi bilan izohlanadi.
O‘qituvchining shaxsiy kompetensiyasi deganda muloqotga kirishuvchanligi,
o‘quvchilar uchun bag‘rinkengligi, ularni o‘z ortidan
yetaklay olishi, faol va tashabbuskor
bo‘lishi, o‘quvchilarga moslashib ketishi, sog‘lom turmush tarzini olib borishi, har bir ishga
mas’uliyat bilan yondashishi, ishchan va insonparvar bo‘lishi nazarda tutiladi.
O‘qituvchining umuminsoniy kompetensiyasi o‘qituvchi uchun umuminsoniy
qadriyatlarga ega bo‘lish va boshqa millatlarning madaniyatini hurmat qilishi bilan
belgilanadi.
O‘qituvchining madaniy kompetensiyasini esa ma’lumotliligi
va madaniyatliligi
hamda milliy madaniyatga egaligi va mamlakatimizning ijtimoiy hayotida faol ishtirok
etishida deb bilamiz.