Узлуксиз таълим тизимида малакали кадрлар тайёрлаш муаммолари


metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet363/467
Sana02.03.2022
Hajmi6,5 Mb.
#479031
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   467
Bog'liq
2021 23 04 конференция тўплами

metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi 
 
Annotatsiya: 
maqolada davlat tilimiz bo‘lgan o‘zbek tilini bugungi kundagi qadri, nufuzi –
xalqimizning milliy g‘ururi, faxri, yuzi ekanligi hamda ta’lim taraqqiyotidagi ahamiyati 
yoritilgan. 
Kalit so

zlar:
o‘zbek tili, ma’naviy boylik, nufuz, millat ko‘zgusi, xalq ramzi, qadriyatlar, 
ona tili, zamonaviy ta’lim. 
Аннотация:
в статье освещается современное значение и престиж узбекского языка 
как нашего государственного - национальной гордости, чести, лица нашего народа и 
его значения в развитии образования. 
Ключевые слова:
узбекский язык, духовное богатство, престиж, зеркало нации
национальный символ, 
ценности, родной язык, современное образование. 
Annotation:
the article highlights the current value and prestige of the Uzbek language as 
our state language - the national pride, honor, face of our people and its importance in the 
development of education. 
Keywords:
uzbek language, spiritual wealth, prestige, mirror of the nation, national symbol, 
values, mother tongue, modern education. 
O‘zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berilganiga 32 yil bo‘ldi. 1989-yil 21-oktyabr kuni 
o‘zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berildi. Bu o‘zbek tili bayramini o‘tkazish uchun har yili 
barcha ta’lim muassasalarida, turli idora va tashkilotlarda katta tayyorgarlik ko‘riladi. 


Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish

2021-yil
 
23-aprel 
337 
Yurtimizda bu sana katta shodiyona, faxr va iftixor bilan o‘tkazib kelinmoqda. O‘lkamiz 
istiqloli, xalqimiz mustaqilligi til ozodligidan boshlandi, desak xato bo‘lmaydi.
 
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida 
ona tilimiz haqida g‘oyatda sermazmun fikrlar bildirilgan. Ma’lumki, o‘zlikni anglash, 
milliy ong-tafakkurning ifodasi ajdodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali 
namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo, ona allasi, ona tilining 
betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili- bu millatning ruhidir. Darhaqiqat, bugun davlat tili 
maqomiga ega bo‘lgan o‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi
Konstitutsiyasi bilan bir qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas 
timsollardan biriga aylangani har bir zamondoshimiz qalbida g‘urur tuyg‘usini uyg‘otadi. 
Davlat tilimizni mukammal o‘rganish, davlat tilida ish yuritish hujjatlari bilan xatosiz 
ishlash, milliy an’analarimizga nisbatan hurmat tuyg‘ularini shakllantirish o‘ta sharafli ish. 
O‘zbek tili va adabiyoti – bu xalqimizning yuzi, ma’naviyatimizning ildizidir.
Dars jarayonida o‘quvchilar diqqatini jamlash, xatosiz yozish, ularni o‘zlariga 
ishontirish va mustaqil fikrlashga o‘rgatish asosiy masala. Shuning uchun darslarda 
o‘quvchilarni ko‘proq so‘zlashga, fikr yuritishga, yozma savodxonligini oshirishga va kashf 
etish lazzatini tuydirishga harakat qilish zarur. O‘quv yili davomida imlo lug‘ati bilan 
ishlashga, xalq og‘zaki ijodidan unumli foydalanishga o‘quvchilarni odatlantirish kerak.
Darslikda parcha tarzida berilgan asarlari oxirigacha o‘qishga undaydigan qiziqarli 
usullardan foydalanish o‘zbek tilimizni puxta o‘rganishda, yozma savodxonlikni oshirishda 
yaxshi samara beradi. Ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va yozma 
savodxonlik darajasi yuqori bo‘ladi.
Til benihoya muqaddas va mo‘tabar ne’mat, u odam degan mavjudotni shakllantirgan, 
taraqqiyot bosqichlariga olib chiqqan, ruhiy takomilga boshlagan, tafakkur gulshanining 
darvozalarini ochgan sehrli bir jilodir. Tilga ehtirom va e’tibor esa dunyoda inson bolasi 
muhtaramligining e’tirofidir. Bejiz emaski, xalqimiz tilga, xususan o‘zining ona tiliga 
muntazam muhabbat bilan qaragan, uni e’zozlab ardoqlagan, o‘zbek tilining mukammalligi 
va betakror ohanglaridan faxr-u iftixor qilgan. 
Mustabid tuzim davrida ko‘plab an’analarimiz, urf-odatlarimiz kabi milliy o‘zbek 
tilimiz ham juda ko‘plab cheklovlarga, kamsitilishlarga duchor bo‘lgan edi. Milliy tilni 
yo‘qotish, millatning ruhiyatini, o‘zlikni, milliylikni yo‘qotishdir . 
Shukrlar bo‘lsinkim, u qora kunlar o‘tmishga aylandi. Bugun o‘zbek tilimiz o‘zining 
qadim turkiy taxtiga o‘tirdi. Bu kunlarga yetib kelguncha qancha zahmatlar chekildi? 
Mamlakatimizning Konstitutsiyasidan tortib ish yuritish hujjatlarigacha bitta tilda ya’ni 
o‘zbek tilida yaratiladi. Davlat tili shu millatning irodasi, kayfiyati, bilimi, saviyasi, siyosiy 
huquqlarini namoyish qiluvchi oynasi hisoblanadi. Bugun yangi avlod, yangi qatlam paydo 
bo‘ldi. Endi ona-tilimizni sofligini saqlagan holda adabiy tilda muloqot qilish davr talabiga 
aylandi.
Hozir o‘zbek tili butun dunyodagi rivojlangan tillar qatori o‘z o‘rniga, obro‘ va 
maqomiga ega. Shu bilan birga bugun ona tilimiz imkoniyatlarini qay darajada namoyon eta 
olyapmiz, degan haqli savol ham borki, u har birimizni o‘ylantirishi kerak.
Biz o‘quvchilarimizni tilimizni serjilo qatlamlari bilan tanishtirishimiz, ma’naviy 
xazinamizning nodir asarlarni ularga ko‘proq o‘rgatishimiz kerak. O‘zbek tili millatimizni 
ko‘rsatuvchi kuch, milliy taraqqiyotimizning ko‘zgusi ekan - bu bebaho boyligimizni asrash 
hammamizning burchimizdir. Har bir davlat o‘z rasmiy tilining sofligi va boyib borishini 
ta’minlaydi va uning ist’emol doirasi kengayib borishi uchun g‘amxo‘rlik qiladi. Davlatimiz 
til o‘rganish va o‘qitish uchun qulay shart - sharoitlar yaratib berdi. Ona tilimizning mavqei 
oshishi hamda ravnaq topishi, yanada takomillashuvi uchun keng imkoniyat eshiklari 



Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish