Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
299
tilshunosligida tan olingan Sepir – Uorf gipotezasidagi til konvensiyasi prinsiplariga Alisher
Navoiy o‘z asarlarida to‘liq amal qilgan. Bu gipoteza faqat G‘arb tillari doirasida emas,
balki Sharq tillari doirasida ham o‘z aksini topganligidan darak beradi.
Demak, tillarni tipologik o‘rganishda uning umumsemiologik prinsiplari talablari
asosida faqat bir til sathida emas, balki til sathlarining barchasida kompleks ravishda tadqiq
qilishni taqozo etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Alisher Navoiy. Muhokamatu-l-lug‘atayn.-T.: ”Akademnashr”, 2017.-128 b.
2. Alisher Navoiy.“Xamsa”.T.:“O‘zbekiston badiiy adabiyoti nashriyoti”, 1970. 411 b.
3. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati.4 tomlik.-T.:“Fan” nashriyoti,1983 y
4. Madayev O. Navoiy suhbatlari T.: “O‘qituvchi”, 2018. - 248 b.
5. Xoksor. M. R.Alisher Navoiy asarlari lug‘ati. T.:”Akademnashr”, 2017 .- 416 b
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARIGA
GENDER TOLERANTLIKNI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY
MADANIYATIMIZNING AHAMIYATI
S.Mansurova, Navoiy davlat pedagogika instituti Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi
(Maktabgacha ta’lim) 2 kurs magistri
Annotatsiya:
Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy madaniyatni, insoniy fazilatlarni
tarbiyalashda xalq og’zaki ijodi bilan birga xalqimiz orasida keng tarqalgan urf-odatlar,
marosimlar, an’analar ayniqsa muhim sanaladi.
Kalit so‘zlar:
gender, tolerantlik, urf-odatlar, ana’naviy qadriyatlar, milliy madaniyat,
moddiy va ma’naviy madaniyat.
Madaniyat kishilar faoliyatining faqat moddiy natijalari (mashinalar, texnik inshootlar,
san’at asarlari, huquq, axloq normalari va h. k.)ni emas, shu bilan birga, kishilarning mehnat
jarayonida voqe bo’ladigan sub’ektiv kuch-quvvatlari va qobiliyatlari (bilim va
ko’nikmalari va professional malakalari, intellektual, estetik va axloqiy kamoloti,
dunyoqarashi, ularning jamoa va jamiyat doirasidagi o’zaro muomalalari)ni ham o’z ichiga
oladi.
Madaniyat moddiy va ma’naviy madaniyatga bo’linadi. Moddiy madaniyat moddiy
faoliyatning barcha sohalarini hamda uning natijalari (mehnat qurollari, turar joy, kundalik
turmush buyumlari, kiyim-kechak, transport, aloqa vositalari va boshqalar)ni o‘z ichiga
oladi. Ma’naviy madaniyatga ong, ma’naviyat sohalari kiradi (bilim, axloq, ta’lim-tarbiya,
huquq, falsafa, etika, estetika, fan, san’at, adabiyot, mifologiya, din va boshqalar).
Har bir jamiyat o’z madaniyat tipiga ega. Jamiyatlarning almashinishi bilan madaniyat
tipi ham o‘zgaradi, biroq bu hol madaniyat taraqqiyoti uzilib qolganini, eski madaniyat yo‘q
bo‘lib madaniy meros, o‘tmish qadriyatlardan voz kechilganini anglatmaydi. Zotan, har bir
yangi jamiyat o‘zidan ilgarigi jamiyatning madaniy yutuqlarini zaruriy ravishda meros qilib
oladi va ularni ijtimoiy munosabatlarning yangi tizimiga kiritadi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida
bo‘lganidek, madaniyat sohasida ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Shaklan ham, mazmunan
ham madaniyatning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. O‘zbekistonning
mustaqil rivojlanishga o‘tishi milliy madaniyatga sinfiy yondashishdan, uni sun’iy tarzda
«yagona umummadaniyat»ga aylanishdan saqlab qoldi. Shuni ham ta’kidlash lozimki,
mustaqillikkacha bo‘lgan so‘nggi yetmish yil davomida madaniyat hukmron mafkura,
Do'stlaringiz bilan baham: |