Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
298
e’tibor qaratdi. Agar o‘zlashgan til elementlarining dastlabki xususiyatlari saqlanmasa, unda
ikki til o‘rtasida foydalanilayotgan til elementi o‘z ma’no va mazmunini butunlay yo‘qotadi.
Natijada, hech bir ilmiy nazariy asosga ega bo‘lmagan jumla va matnlar paydo bo‘ladi.
Buni hisobga olgan Alisher Navoiy fors va arab tillaridagi barcha elementlarning
dastlabki variant ma’nolarini saqlashga harakat qiladi.
Masalan:
Fikrati mezon bo‘lub “Xamsa” sanj,
“Xamsa”, dema, balki degil “Panj ganj”.
“Hayrat ul-abror” dostonidan olingan mazkur parchadagi so‘zlarning etimologik
xususiyatlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, fikrat, xamsa, mezon, sanj, panj, ganj so‘zlari
arab va fors tillaridan olingan. Kontekstual semantika prinsiplari bo‘yicha bu so‘zlar
o‘zining dastlabki varianti ma’nolarini to‘liq saqlagan. Chunki bu so‘zlar o‘zining dastlabki
variant ma’nolarini saqlamaganda matn mazmuni sayoz yoki butunlay ma’nosini yo‘qotgan
bo‘lar edi.
“Fikrat” so‘zi dastlabki arabcha “fikr” so‘zining ko‘plik ma’nosini bermoqda. Arab tili
boshqa hind-yevropa tillaridagidek grammatikasida son kategoriyasi uch xil ko‘rinishda va
mazmunda tavsiflanadi, ya’ni: birlik, ikkilik va ko‘plik kabi ko‘rinishlarda. “Fikrat” so‘zi
esa arabcha ko‘plik son kategoriyasidagi –at qo‘shimchasini olib, ko‘plik ma’nosini
bermoqda. Kontekstual semantika talablari bo‘yicha tahlil etadigan bo‘lsak mazkur baytdagi
“fikrat” so‘zi Nizomiy Ganjaviy Husrav Dehlaviy va Abdurahmon Jomiylarning
xamsachilik an’analari prinsiplarini “sanj” sifatida olganligiga ishora qilmoqda.
Demak, Alisher Navoiydagi bu prinsip lingvistikaning eng asosiy tamoyili iqtibos
olishga asos bo‘ladi. Iqtibos qo‘yishni ayrim mutaxassislarimiz yaqinda tilshunoslik fani
asoslab bergan lingvistik prinsiplar degan fikrlariga qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki Alisher
Navoiy bu bayti bilan uch xamsashunos adibning ishlariga e’tibor qaratayotgani, bu
asarlarni mukammal o‘rganganidan darak beradi.
Agar kontekstual semantikaning mazkur prinsipiga e’tibor qaratmasak, ya’ni “fikrat”
so‘zini birlikda ishlatsak, Alisher Navoiyning asaridagi katta bir g‘oyani o‘z o‘rnida
tavsiflamagan bo‘lar edik. To‘g‘ri, bu lingvistikaning faqat bir prinsipi, keyingisi esa
grammatikadagi son kategoriyasi, uning kontekstga mos kelishi masalasi ham mazkur jumla
orqali arab tili grammatikasiga mos kelishini isbotlab turibdi. Hattoki, ayrim yirik tilshunos
olimlarimiz ham lingvistik tipologiya fanining bu prinsipiga mutlaqo e’tibor qilmagan
holatlarga duch kelamiz. O‘zlashma qatlamdagi so‘zlarning lingvistikaning faqat birgina
sathidagi prinsip bilan isbotlab, ya’ni leksikologiya yoki semantika bahsida qarab, uning
grammatik son kategoriyasi prinsipiga e’tibor qaratilmasa unda ma’no mutlaqo o‘z qonun-
qoidasiga mos kelmay qoladi. Yuqorida ta’kidlanganidek lingvistik tipologiya bo‘yicha
tadqiqot o‘tkazgan olimlarimiz ikki yoki undan ko‘p tillarni muqoyasa qilganda faqat bir
sath bilan chegaralanadi. Bu esa lingvistik tadqiqotning o‘ta sayoz bajarilganidan darak
beradi.
Tillarni qiyoslash, o‘zlashma qatlam prinsiplarining yana bir muhim tomoni ijtimoiy
tilshunoslik prinsiplari bilan bog‘liq masala bu til konvensiyasi, ya’ni tillarning o‘zaro
qonun-qoidalarini tan olish prinsipidir. O‘zbek tilshunosligida ijtimoiy tilshunoslik fan
sifatida hozirda shakllangan bo‘lmasa-da, uning elementlari bo‘yicha tadqiqotlar olib
borilmoqda. Ilgari sotsiolingvistikani tadqiqi faqat shevalar orasidagi integratsiya va
differensiya prinsiplarini tadqiq etgan. Bu esa lingvistik tadqiqot uchun yetarli emas.
Alisher Navoiy arab va turkiy tillardagi bu mutanosiblikni qanday izohlamoqchi? Til
konvensiyasi prinsipi arab tilidagi “fikrat” so‘zining ko‘plik qo‘shimchasi o‘z ma’nosida
qo‘llanganligining o‘zi bu konvensiya prinsiplarining yadrosini tashkil etadi. Jahon
Do'stlaringiz bilan baham: |