Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
295
DARS JARAYONIDA MULTMEDIA TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI
Sh.Alijonov NVXTXQTMO hududiy markazi Devonxona va arxiv mudiri
Ta’lim-tarbiya tizimining asosiy vazifasi o‘sib kelayotgan yoshlarni vatanparvar, har
tomonlama yetuk bilimdon, jismoniy baquvvat, ma’naviy jihatdan barkamol qilib voyaga
yetkazish hamda kun sayin oshib borayotgan axborot - ta’lim muhiti sharoitida mustaqil
ravishda faoliyat ko‘rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan
iboratdir.
Buning uchun ta’limning samaradorligini oshirish va bilimlarni to‘la egallashlariga
erishish, shaxsning ta’lim diqqat markazida bo‘lishini va yoshlarning mustaqil bilim
olishlarini ta’minlash, iqtidorli, iste’dodli va o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan o‘quvchilarga
individual yondashish, har bir o‘quvchining eng yaxshi sifatlarini aniqlash, uni rivojlantirish
va ularning qiziqishi, ehtiyoji, qobiliyati va shaxsiy sifatlari, intellektual xususiyatlarini
aniqlagan holda har bir darsni tashkil etishga e’tibor berishimiz maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi tezkor axborot, globallashuv jarayoni biz o‘qituvchilar zimmasiga juda katta
vazifani yuklaydi, bu ham bo‘lsa yoshlarni axborot bo‘ronlaridan himoya qilish. Bugungi
kunda ilg‘or o‘qituvchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanmasdan dars o‘tishini tasavvur etish mumkin bo‘lmay qoldi, chunki hozirgi tezkor
davrda o‘quvchilar diqqatini ilm olishga qaratish uchun quruq doska va bo‘r yoki ikkita
plakat kamlik qiladi. Dars jarayonida AKTdan foydalanish ta’lim samaradorligini oshiradi:
ko‘rgazmalar- xarita, rasm, jadval tayyorlashning imkoniyati cheksiz bo‘ladi, bu
birinchidan, ikkinchidan esa, o‘qituvchning vaqti, mablag‘i tejaladi, o‘quvchilar faolligi
oshadi, nafaqat iqtidorli o‘quvchilar, balki past o‘zlashtiruvchilarning ham darsga bo‘lgan
qiziqishi ortishini tajribalar ko‘rsatmoqda.
Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari ta’lim jarayonining samaradorligini
oshirishi uchun yangi imkoniyatlar ochib berilmoqda.
Tan olishimiz kerakki, tarix fani uchun elektron darslik va multimediyali dasturlar juda
kam, biroq, izlanuvchan pedagoglarimiz taqdimotlar dasturidan foydalangan holda dars
o‘tishmoqda.
Bundan tashqari tarix darslari uchun tarixiy xaritalarni topish-ham anchagina
muammoli masala. Ushbu muammolarni hal qilishning ham yo‘li zamonaviy AKTdan
foydalanishdadir, ya’ni internet orqali har qanday ma’lumotlarni topish mumkin. Buning
uchun esa, avvalo, tarix fani o‘qituvchisi kompyuterdan foydalanishni, internet tarmog‘idan
ma’lumot olishni bilishi kerak.
Darslarda elektron darsliklardan foydalanish o‘quv-tarbiyaviy jarayonda o‘quvchining
diqqat, xotira, fikrlash faoliyatini faollashtirib, psixologik aniq rejimlar, ta’lim va pedagogik
o‘zaro munosabatlarni insonparvarlashtirish, yaxlitlik nuqtayi nazaridan ta’lim jarayonini
shakllantirish asosida qurishga imkon beradi. Mavzuni o‘rganishning har qanday bosqichida
va darsning har qanday bosqichida multimediyali taqdimotlardan foydalanish maqsadga
muvofiq hisoblanadi.
Elektron darslikdan foydalanish nafaqat o‘qituvchi mehnatini osonlashtiradi, balki past
o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni ko‘proq darsga jalb qilishga, o‘quvchining uyda mustaqil dars
tayyorlashini zerikarli emas, balki qiziqarli bo‘lishiga imkon beradi. Bu esa sinf
samaradorligi oshishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |