Узлуксиз таълим тизимида малакали кадрлар тайёрлаш муаммолари



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet318/467
Sana02.03.2022
Hajmi6,5 Mb.
#479031
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   467
Bog'liq
2021 23 04 конференция тўплами

 
 
KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING HUQUQIY ASOSLARI 
Хоtamovа Gavhar Qiyomovna – Navoiy davlat pedagogika instituti Iqtisodiy bilim 
asoslari kafedrasui katta o‘qituvchisi 
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik faoliyatiga katta ahamiyat berilmoqda.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
sohasini rivojlantirish masalasiga davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasi sifatida 
qaralmoqda. 
Kichik biznes ko‘p mablag‘ talab etmaydigan xo‘jalik faoliyati bo‘lib hisoblanadi. 
Kichik korxonalar resurslar cheklanganligi sharoitida jamiyat ehtiyojlarini qondirish, 
iste’mol bozorini shakllantirish va uni to‘ldirish muammosini tez va tejamli tarzda hal 
qiladi, talabning o‘zgarishiga darhol moslashganligi sababli iste’mol bozoridagi zaruriy 
muvozanatni ta’minlaydi. Mamlakatimiz uchun nihoyat muhim bo‘lgan bandlik va aholi 
daromadlarini oshirish masalasini hal etishda ham kichik korxonalar yetakchi o‘rin 
tutmoqda. 
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini yuritishda uning huquqiy asoslarini bilish 
muhimdir. Respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning huquqiy qoidalarini 
belgilaydigan ko‘plab qonunlar qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida 
“Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini 
xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini 
hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk 


Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish

2021-yil
 
23-aprel 
294 
shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini 
kafolatlaydi”deb yozib qo‘yilgan. 
“Tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunda kichik biznes va tadbirkorlik tuzilmalari uchun, 
ularning tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’iy nazar, umumiy bo’lgan huquq va 
majburiyatlarini ko‘rsatish mumkin.Bu qonunga asosan har qanday ishbilarmonlik sub’ekti 
quyidagi huquqlarga ega: 
- mamlakat qonunlari,davlat boshqaruv organlari bilan taqiqlanmagan har qanday 
xo‘jalik faoliyati bilan shug’ullanish; 
- qonunga qarshi bo‘lmagan har qanday korxona yoki tashkilot barpo etish; 
- tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun shartnoma asosida begona fuqarolarni, 
korxona, tashkilotlarning, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning, mulkini, 
pul vositalarini va ba’zi bir mulkka bo’lgan huquqlarini jalb etish; 
- qonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan mulk bilan begona xo‘jalik sub’ektlarining 
faoliyatida ishtirok etish; 
- respublikadagi joriy qonunlar va tuzilgan shartnomalar asosida o‘zining xo‘jalik 
dasturini mustaqil shakllantirish, o‘z mahsuloti uchun iste’molchi va ta’minotchini mustaqil 
tanlash, ko‘rsatadigan xizmat va ishlab chiqaradigan mahsulotiga narxlarni mustaqil 
belgilash; 
- cheklanmagan miqdorda har qanday shaxsiy daromad olish; 
- ishlovchilarni amaldagi qonun va mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilish va 
ishdan bo‘shatish; 
- yollangan shaxslar uchun mehnatiga xaq to’lash va boshqa daromad turlari, 
shakllarini, tarkibini va miqdoriin belgilash; 
- o

zining pul vositalarini saqlash va barcha turdagi hisob- kitob, kredit operatsiyalarini 
bajarnsh uchun banklarda hisob raqamlarini ochish; 
- ishbilarmonlik faoliyatidan kelgan daromadning soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlar to‘langanidan qolgan qismipi o‘z xohishi bo‘yicha ishlatish; 
- davlat ta’minoti va ijtimoiy sug‘urta tizimidan foydalannsh; 
- xorijiy valyuta sotib olish va joriy qonunlar asosida tashqi iqtisodiy faoliyatni 
mustaqil amalga oshirish; 
Tadbirkorlik faoliyatiga oid barcha huquqiy va me’yoriy hujjatlar qonunchilikda 
xususiy biznesning erkinligini,uning himoyasini va qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydigan 
aniq huquqiy kafolatlarni belgilaydi, xususiy mulkning huquqini Konstitutsiya orqali 
mustahkamlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ko‘rsatib o‘tilganidek, 
”mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi va uni tasarruf etadi...”. 
Hozirgi vaqtda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining aholining 
daromadlari va faravonligini oshirishning muhim omili sifatidagi natijalari ortib bormoqda 
Kichik biznes va xususiy tadbirkolikning iqtisodiyotdagi roli raqobat muhitini 
ta’minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot yetkazib berish,yangi ish o‘rinlarini yaratish, 
bozor 
tizimining 
moslashuvchanligini 
oshirish 
aholi 
daromadlari 
darajasini 
barqarorlashtirish bilan belgilanadi. Bu vazifalarni amalga oshirishda tadbirkorlik 
faoliyatining Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi muhim ahamiyat kasb etib, 
taadbirkorlik sub’ektlari inson faoliyatining alohida sohasi sifatida tadbirkorlikning umumiy 
hujjatlariga tayanadi. 
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda yoshlarning tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug‘ullanishi borasida juda ko‘p imkoniyatlar mavjud bo‘lib, ularning 
xuquqiy asoslari yaratilgan.Bu esa yoshlarning bo‘sh vaqtlarini unumli tashkil etishiga, 
moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirilishiga olib keladi.



Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish