Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
301
an’analar ayniqsa muhim sanaladi. Chunki, mehnat an’analari zamirida shaxsning xulqiy
sifatlari – mehnatsevarlik, yerga va tabiatga muhabbat, har bir narsaning qadriga yetish,
mehnat baxt manbai ekanligini anglash kabilar yotadi.
Ayniqsa, axloq-odob tarbiyasiga doir fikrlar xalq og’zaki ijodida o’z ifodasini topgan.
Xalq qo’shiqlari, rivoyatlari, ertaklari va boshqa namunalarida xalqimizning boy tarixiy
merosini ko‘ramiz.
Doimiy qadrlanib kelayotgan muhim qadriyatlarimizdan biri mehnat tarbiyasiga oid
namunalardir. Mehnat an’analarining tarbiyaviy ahamiyati benihoya. Chunki, mehnatga
munosabatni qaror toptirish yosh avlod tarbiyasining asosi hisoblanadi.
O‘zbek xalqining o‘ziga xos tarbiya usuli uzoq-uzoq davrlarga borib taqaladi. Shunday
ekan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xodimlari o‘zbek milliy qadriyatlarini, milliy
an’analar va urf-odatlarni yaxshi bilishlari va unga tarbiya tizimida rioya qilishlari bola
shaxsining kamoloti va kelajak avlodimizning madaniyatini tarbiyalashda asosiy o‘rin
egallaydi.
Bundan ko‘rnib turibdiki, o‘zbek xalqi farzandini hayotga va mehnatga tayyorlashda,
shu bilan birga barcha yaxshi fazilatlarni egallagan inson qilib tarbiyalash asosiy
vaziflaridandir.
Shunday qilib, bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida barcha manbalarni
o‘rganish, ulardan foydalanish va ularga amal qilish yosh avlodni o‘z tengdoshlari bilan
yaxshi munosabatda bo‘lish, xushmuomalada bo‘lish, sabr qanoatli, bag‘rikenglik,
vatanparvarlik kabi xislatlarini shakllantirish muhim masalalardan biridir. Mutafakkirlar
odob tushunchasini keng ma’noda tushunishadi: xulqni tarbiyalab olish, o‘zini boshqara
olish, ayni chog‘da o‘zgalarni hurmat qilishni ham axloqiylik deb hisoblaydilar. Odob esa
o‘z o‘rnida barcha ijobiy xislatlarni o‘zida mujassam etadi. Shu qatorda, bu yoshdagi
bolalar, ayniqsa maktabgacha yoshdagi bolalar, deyarli hamma narsani to‘g‘ridan to‘g‘ri
qabul qiladi va o‘zlashtiradi. Bolalar ma’lum miqdordagi me’yorlar, an’analar va qoidalarni
o‘zlashtirgach, ularda muayyan dunyoqarash, qadriyatlar shakllanadi va ular endi o‘zlari
kuzatayotgan voqea-hodisalarga tanlov asosida yondasha boshlaydi. Tanlov baholashni
taqozo etadi. Baho esa, ijobiy yoki salbiy bo’lishi mumkin. Baholash asosida bola atrofdagi
voqea-hodisalarga ijobiy yoki salbiy munosabat bildira boshlaydi.
1
O‘z mustaqilligini mustahkamlash jarayonida O‘zbekiston uchun eng ahamiyatlisi,
muhimi milliy manfaatdir. Millatlararo munosabatlarda ham millatlarning o‘z manfaatlari
bor. O‘zbekiston o‘z oldiga zamonamizning rivojlangan davlatlari qatoridan joy olishni
maqsad qilib qo‘ygan ekan, bu olijanob maqsadga erishishning zaruriy shartlaridan biri,
davlat, hukumat, xalq va har bir fuqaro, millat va elat o‘zlarining faoliyatini milliy
manfaatlarini himoya qilishni ko‘zlagan holda olib borishga harakat qiladi. Turli
millatlarning milliy madaniyati, tili, urf-odat va an’analarni yanada rivojlantirish,
millatlarning milliy manfaatlariga e’tiborni qaratish O‘zbekistonda olib borilayotgan
siyosatdagi muhim masalalardan biridir. Milliy g‘oya milliy manfaatlar bilan bir vaqtda
shakllanib, unda millatning ma’naviy qadriyatlari, an’analari, orzu-umidlari o‘z ifodasini
topadi.
O‘zbekistonda millatlararo totuvlik g‘oyasini hayotga joriy qilish yangidan-yangi
shakllarda, turlarda, yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda turli millat
vakillarining milliy tarixi, madaniyati, tilini, urf-odatlarini o‘rganish bo‘yicha turli tadbirlar
1
Бағрикенглик ва унинг муқобиллари. А. Бегматов, ЎзР Президенти ҳузуридаги Давлат бошқаруви
академияси проф.Конференц.материл.
Do'stlaringiz bilan baham: |