Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
300
mustabid tuzum tazyiqida g‘arb madaniyatiga taqlid ruhida rivojlandi. Ikkinchidan, milliy
madaniyatning boy o‘tmishi bir yoqlama o‘rganilib, uning ko‘pgina bebaho durdonalaridan
xalqimiz bebahra bo‘lib keldi.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jamiyatni yangilash sohasida olib
borilayotgan islohotlar bilan bir qatorda madaniyatni yuksaltirishga ham alohida e’tibor
berilmoqda. Xalqimizning ma’naviy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish,
ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, muqaddas dinimiz, urf-odatlarimizni, tarixiy, ilmiy,
madaniy merosimizni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
1
O‘zbekiston
Respublikasining
birinchi
Prezidenti
I.A.Karimov
O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasidagi “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda”
mavzusidagi ma’ruzasida “Biz mamlakatimiz istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya
topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib,voyaga yetishiga, farzandlarimizning
hayotga nechog‘lik faol munosabatda bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga
bog‘liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak”, - deb alohida ta’kidlagan edii. Mazkur
ko’rsatma maktabgacha yoshdagi bolalarda madaniyatning shakllantirishga aynan bog’liq.
Milliy madaniyat – jamiyat va insoniyat taraqqiyotining muayyan darajasi bo‘lib, kishilar
hayoti va faoliyatining turli ko’rinishlarida, ular yaratadigan moddiy va ma’naviy
qadriyatlarda o‘z ifodasini topadi.
Madaniyat – insonning moddiy va ma’naviy darajasi ko‘rsatgichlari. Shu bilan birga
inson faoliyati yoki turmushining o‘ziga xos sohalarini ham belgilaydi. Buni mehnat
madaniyati, badiiy madaniyat, turmush madaniyati, ma’naviy madaniyat va boshqa
madaniyatlarda ko‘rish mumkin. Lekin madaniyat tor ma’noda kishilarning faqat ma’naviy
hayoti sohasiga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Ma’naviy madaniyatga ong, bilim, axloq, ta’lim-tarbiya, huquq, falsafa, xulq-odob,
fan, san’at, adabiyot kabilar kiradi. Juda ko‘p olimlar, shu bilan birga lug‘atlar va
ma’lumotnomalarda madaniyat, xulq-odob ta’rifida ularning har biri mazmuni va
mohiyatini ajratib yuboradilar. Ular birgalikda talqin etiladi. Lekin tushunchalarning asl
mohiyati tahlil etilsa, ularning har biri o‘z mazmuniga ega. Masalan, “axloqiy madaniyat –
insonni ma’naviy va madaniy jihatdan kamolotga yetkazuvchi jarayon” deb ta’rif beradi,
tadqiqotchi Ulfat Mahkamov. Vaholanki, axloqiy madaniyat madaniy va ma’naviy
madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lib, u kishilarning har bir jamiyatga xos xulq me’yorlari
majmui sanaladi. Xulq-odob esa kishilarning tabiati, fe’l-atvori majmui bo‘lib, xulq-odob
madaniyati – shaxsning jamiyat talablariga ko‘ra turmushda, kishilar bilan muomala –
munosabatida, faoliyatning turli ko‘rinishlarida ifodalangan odob me’yorlariga rioya etish
bo‘lib hisoblanadi.
Xulq madaniyati shundan iboratki, jamiyatda inson alohida kishilarga va o‘z o‘ziga
munosabatini ma’lum g‘oyaviy, ma’naviy e’tiqodlarda namoyon bo‘lgan xatti harakatlarda
va faoliyatida ifodalaydi.
Kishilarda kuzatiladigan xatti-harakatlar, faoliyatlar majmuining jamiyat hamda xulq-
atvor qonun-qoidalari talablariga javob bera oladigan darajasi uning madaniyatliligi belgisi
sanaladi.
Madaniyat va uni tarbiyalash yo‘llari, uslub va usullari eng qadimgi davrlardayoq
yaratilgan xalq og‘zaki ijodi namunalarida o‘z ifodasini topgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy madaniyatni, insoniy fazilatlarni tarbiyalashda
xalq og‘zaki ijodi bilan birga xalqimiz orasida keng tarqalgan urf-odatlar, marosimlar,
1
Qoraboyev, G’. Soatov. “O’zbekiston madaniyati”. T.:2011. “Tafakkur-bo’stoni”. 196 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |