Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/333
Sana02.03.2022
Hajmi2,63 Mb.
#478825
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   333
Bog'liq
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàì

aniq, degan xulosasini e’tiborga olsak, fikrda jon 
bor. Zero, tabiatda shunday hodisalar borki, u o‘z go‘zalligini disgarmoniyada ham 
aks ettiradi. Qolaversa, t
abiatva jamiyatda bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanmagan, 
ma’lum aloqadorlikda bo‘lmagan, muallaq predmet va hodisaning o‘zi yo‘q: har bir 
narsa o‘zining aloqadorlik doirasiga ham ega.
Nemis faylasufi Georg Gegel maqsadga muvofiqlik prinsipini go‘zallik va 
san’atning o‘zaro aloqadorligida ko‘radi. U go‘zallikni maqsadga muvofiqlik bilan 
bog‘liqligini tahlil qilib, bu bog‘liqlikning asosida tashqi va ichki qarama-qarshiliklar
markaziy o‘rin egallashini uqtiradi. Garchand, predmetlarning shakliy go‘zalligida 
mutanosiblikni muhim element deb hisoblasada, Gegel uning xususiyati faqat 
geometrik asosdangina iborat emasligini ta’kidlaydi.
Odatda, fanga tegishli qonunlar hodisalarning hamma xususiyatlarini emas,
balki hodisalardagi umumiylikni aks ettiradi va undagi mustahkam barqarorlikni
ifodalaydi. Biroq, hodisalar ayni bir vaqtda bir-biriga o‘xshaydi va bir-biridan farq
qiladi. Xususan, voqelikni estetik o‘zlashtirshning oliy shakli bo‘lgan san’atga


umumiy va xususiy qonunlar tegishli bo‘lib, ularga badiiy ijod jarayoni ham,
san’atning ijtimoiy olami ham ta’luqlidir. Ular san’atning antropologik, genetik va
gnoseologik mazmunini ochib berishga xizmat qiladi. SHunga asosan “Estetik
faoliyat qonuni”, “Badiiy ijod qonuni”, “Badiiy jarayon qonuni”, “Badiiy idrok
qonuni”, “Estetik idrok qonuni” kabi qonuniyatlar tizimi shakllangan. Ushbu
qonunlar olamni estetik o‘zlashtirish jarayonining mohiyatini izohlaydi va quyidagi
natijalarga olib keladi: 
1) voqelikning estetik xususiyatlari inson tomonidan olam hodisalarini
tasavvur qilish, anglash hamda tajribaga tayangan holda insoniyat oldiga
qadriyatlarni o‘rganishni vazifa qilib qo‘yadi. 
2) estetik faoliyat predmetlar olami va insoniy idealni botiniy tuyg‘ular asosida
o‘zlashtirish natijasida yuzaga keladi, u umuminsoniy qadriyatlarga oqilona
munosabatni shakllantiradi hamda erkin ijodkorlik muhitini yaratishga ko‘mak
beradi. 
Estetika fanida ko‘p amal qiladigan qonunlardan yana biri “Badiiy ijod qonuni”
hisoblanadi. Ushbu qonunning mazmuni haqida faylasuf Abdulla SHerning fikrlari
ahamiyatlidir. Faylasuf badiiy ijod jarayoni boshqa barcha aqliy mehnat turlaridan
katta farq qiladigan mehnat turi bo‘lib, unda mehnat qandaydir sirli ruh bilan amalga
oshadi, deydi. CHunonchi, badiiy ijod jarayonining ibtidosi san’atkorning muayyan
g‘oyani yoki g‘oyalar tizimini badiiyat orqali boshqalarga etkazish istagi bilan
bog‘liq bo‘lib, bu g‘oyaviy niyatda aks etadi. G‘oyaviy niyat ko‘zga ilg‘amaydigan
darajada nozik va ko‘z ilg‘amaydigan darajada miqyoslikka ega. CHunki g‘oyaviy
niyat o‘z nomi bilan g‘oyaga taalluqli, u ijodkorning dunyoqarashining mevasi, butun
asarning poydevori. U badiiy asarning mavzui, shakli, mazmuni, “tili”, badiiy
vositalari qanday bo‘lishi kerakligini belgilab berish uchun ular bilan “kurash olib
boradi”. Ba’zan ularni o‘ziga bo‘ysundiradi, ba’zan esa ularga bir oz yon berib,
ma’lum nuqtalarda o‘zgaradi, “sharoitga moslashadi”. G‘oyaviy niyatni shu bois hech
qachon to‘liq amalga oshgan estetik hodisa sifatida tasavvur qilish mumkin emas. 
YUqoridagi fikrlarga asoslangan holda “Badiiy ijod qonuni”ning asosiy
kamponenti hisoblangan “ijod”ni inson taraqqiyoti uchun ahamiyatini quyidagicha
izohlash mumkin. YA’ni ijod: a) muayyan badiiy uslub yordamida shaxs va
jamiyatning madaniyatini yuksaltiradi; b) obrazli tafakkur yordamida badiiy
olamning asl va betakror mohiyatini anglash imkonini beradi; v) olam go‘zalligidan
zavqlanish, iztiroblardan forig‘ bo‘lish va yaratuvchanlikka rag‘batni paydo qiladi.
Estetikaning qonuniyatlari narsa-hodisalar va voqelikdagi jarayonlarning
estetik mazmunini turli rakursda o‘rgansa-da, estetika uchun umumiy bo‘lgan
metaqonun - “Insonning voqelikka estetik munosabati qonuni”ga amal qiladi. Bu
qonun yordamida estetika o‘z tadqiqot obektining predmetini konkretlashtiradi,
funksiyalarini belgilaydi.
“Estetika” iborasini ilmiy muomalaga kiritilganiga ham uch yarim asrdan ortiq
vaqt o‘tdi. Bu vaqt oralig‘ida estetika dunyo faniga aylandi, jahonda bu fanni
rivojlantirish, uning ilmiy-nazariy muammolarini o‘rganishga qaratilgan yirik
tadqiqotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, mamlakatimizda estetika ilmi, ta’limi va
tarbiyasini rivojlantirish, estetik dunyoqarashni boyitish masalalari doimiy e’tiborda
bo‘lib keldi. 



Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish