Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/333
Sana02.03.2022
Hajmi2,63 Mb.
#478825
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   333
Bog'liq
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàì

Bobilon
so‘z san’atida
«Enuma elish» («Osmonda qachonki...») dostoni,
Agushayya, Gilgamesh, Adan, Etana, «Ishtarning qa’rga tushishi» haqidagi epik
dostonlar, «Iztirobda qolgan haqgo‘y», «Xo‘jayinning qul bilan suhbati» singari
diniy-falsafiy dostonlar muhim ahamiyatga ega. Ularning hammasidagi asosiy g‘oya
– hayot va mamot o‘rtasidagi kurashdan iborat. «Xo‘jayinning qul bilan suhbati»,
«Tushkunlik haqidagi suhbat» deb atalgan dostonlar ular orasida kulgililik tabiatiga
ega ekanligi bilan alohida ajralib turadi. Unda xo‘jayinning har bir buyrug‘i oqil
ekanini maqollar va matallar bilan asoslashga intilgan qul oqil, quv xizmatkor obrazi
tasvirlangan. Bu suhbat-aytishuv deyarli oxirigacha kulgililik bilan yo‘g‘rilgan. Faqat
uning nihoyasidagina hayot joniga tekkan xo‘jayin «Endi nima yaxshi?» deb
so‘raganida qul: «Bo‘ynimni mening sindirmoq va bo‘yningni sening sindirmoq va
daryoga tashlamoq, ana bu yaxshi. Kim shuncha balandki, osmonga etsa, kim
shuncha ulkanki, erni to‘ldirsa!», — deydi. G‘azablangan xo‘jasi qulga o‘ldiraman,
deb do‘q uradi. Doston-suhbatda so‘nggi so‘z qulga beriladi va u: «Unda mening
xo‘jam mendan uch kun ortiq yashasin», deb o‘zini qutqaradi.
Na faqat Gilgamesh kabi eposlarda, balki deyarli barcha Qadimgi Bobilon
shoirlari ijodida insonning to abad shaxsiy o‘lmaslikka intilishi yuksak badiiy
shakllarda o‘z ifodasini topgan, ularda hayot - go‘zallik, o‘lim - xunuklik tarzida


qabul qilingan. SHunday qilib, Somir-Bobilon san’ati insoniyat tarixidagi dastlabki
estetik g‘oyalarning paydo bo‘lishini ko‘rsatib turadi.
Estetik tafakkur taraqqiyotiga qadimgi
Misr
madaniyati juda katta hissa
qo‘shgan. Barcha qadimgi xalqlar qatori misrliklar ham go‘zallikni hayotda deb
bilganlar va uni foydalilik mezoni bilan o‘lchaganlar. CHunonchi, quyosh ma’budi
Atonga (milodgacha XY asr) bag‘ishlangan alqovlardan birida shunday deyiladi;
Sening go‘zalliging o‘zi hayotdir,
Umr bag‘ishlaydi har bir yurakka.
Ma’lumki, Nil toshqini qadimgi Misr farovonligining asosi bo‘lgan. Farovonlik
esa, ular fikricha, go‘zallikdir. SHuning uchun misrliklar Nilni ilohiy daryo sifatida
talqin etadilar. Unga atalgan alqovlarning birida u barcha go‘zallliklarning
«bunyodkori» deb ta’rif etiladi;
Er yayraydi u yoyilgan chog‘ida,
Quvonadi bor jonzot.
Barcha tishlar ochilar,
YAraqlaydi har bir tish.
To‘kin rizqu non keltirib, u butun 
Go‘zallikni yaratar.
Qadimgi Misr san’atining juda ko‘p turlari ana shu manfaatli go‘zallik asosida
vujudga kelgan. CHunonchi, ma’budlar uchun qurilgan ibodatxonalar, ma’budlarning
va o‘limidan keyin ma’budga aylangan fir’avnlarning haykallari ulardan shafqat,
mo‘l-hosil, rizqu-ro‘z so‘rash maqsadida bunyod etilgan bo‘lsa, xalq amaliy san’ati
buyumlari esa kundalik hayotni go‘zallashtirish uchun xizmat qilgan. Ayni paytda
ba’zi san’at turlari manfaatsiz go‘zallikning namunasi sifatida diqqatni tortadi.
Ayollarning go‘zal bezaklari, taqinchoqlari, diniy-badiiy qissalar, ertaklar shular
jumlasidan.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish