Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/333
Sana02.03.2022
Hajmi2,63 Mb.
#478825
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   333
Bog'liq
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàì

Farosatdan ko‘ngilga ko‘z ochilg‘ay,
Hamma holatni ul ma’lum qilg‘ay.
Ma’lumki, so‘z sermazmun bo‘lib, u ko‘p narsalarga dalolat qiladi. Bir so‘zning o‘zini turli
holatlarda, turlicha ma’noda qo‘llash mumkin. Binobarin, so‘zni to‘g‘ri tushunish va to‘g‘ri
ishlatish, uning ma’nolarini iloji boricha mukammal bilish uchun ham kishidan farosat talab etiladi.
Bu borada “Allomalar ibrati” (Toshkent, 1982) nomli kitobda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad
Boburning yuksak farosati bilan bog‘liq qiziq rivoyat keltirish mumkin. Uning mazmuni
quyidagicha: bir kuni yasovulboshi bir yigit va bir qizni Umarshayx Mirzoning kabutarlarini o‘ziga
o‘rgatib olmoqchi bo‘lganlikda ayblab, ularni jazolash maqsadida shohning huzuriga keltiradi.
SHoh voqeani eshitib, yasovulga “Unday bo‘lsa alar boshini olib ...” deyishi bilan birdan yo‘tal
tutib qoladi. YAsovulboshi har ikkisini boshini kundagi qo‘yayotgan paytda shohning suyukli
farzandi Bobur Mirzo yasovulboshiga qarab, “Otam ularning boshini oling demadilar. Oliy hazrat
alarni bu yurtdan bosh olib chiqib ketsin, deb buyurmoqchi edilar” - deydi. YAsovulboshi qatlni
to‘htatib shohning huzuriga boradi va unga Bobur Mirzoning gaplarini aytadi. SHunda Umarshayx
saroy ahli oldida o‘rnimga podshoh bo‘ladi, deb yurgan farzandining so‘zini ikkita qilib
qo‘ymaslikni o‘ylab: “Mirzo haq gapni aytibdur. Men alarni boshini oling demoqni hayolimga ham


keltirgan emasman” deydi. ... Bobur Mirzoning marhamati tufayli ikkita yosh jallod kundasidan
omon qoladi. Bu rivoyatning mazmuni ayni paytda Umarshayx Mirzoni ham Bobur Mirzoni ham
yuksak farosatli kishilar bo‘lganligini ifodalaydi. 
SHarq allomalaridan Burhoniddin az-Zarnujiy (XII asr)ning “Ta’lim al-mutaallim – Ilm
oluvchiga ta’lim-tarbiya” asarida “SHijoat – bir lahza sabr”, degan hikmatni uchratamiz. Sabr,
qanoat esa farosatni yuksaltiruvchi axloq me’yorlaridir. Ayniqsa, ilm istovchining farosati aynan
shunga. CHunonchi, tolibi ilm uchun keragi shulki, deydi alloma, - bir ustozga sabot ila sabr
aylasin. Biror kitobga ham, hatto uni (mutolaa qilishda, undan dars olishda) noqis (chala) tark
qilmasin. Biror fanga ham, hatto birinchisini mustahkam qilishdan avval boshqa fan ila mashg‘ul
bo‘lib ketmasin. SHerik ihtiyor qilish va uni tanlashda esa harakatchan, parhezkor, to‘g‘ri ta’b
sohibi va fahm-farosatlisini ixtiyor qilishi darkor. Dangasa, bekorchi, ko‘p gapiruvchi, fisqu
fasodga berilgan fitnachi (sherik)dan qochsin. 
Alloma ilm tolibining farosati o‘z ustoziga bo‘lgan munosabatida ham namoyon bo‘lishini
uqtiradi. Tolibning farosati ustozga ulug‘lik keltiradi, deydi: “Muallimni ulug‘lashning jumlasidan
biri uning oldiga tushib yurmagay, uning o‘rnida o‘tirmagay. Muallim oldida faqat uning izni ila
gap boshlagay... Kimningki ustozi undan ozor topsa, ilmning barakasidan mahrum qoladi, ilmida
ozginagina foyda topadi.” Beruniy nafosat va nafis didni, adabiyot va she’riyatni insonlarning talabi
vujudga keltiradi, deb ta’riflagan edi. Uning ta’kidlashicha, madaniylashgan kishilar ichidan
chiqqan nozik (tabiatli) odamlar ko‘ngil ochar, shodlik bag‘ishlaydigan joylarga borib turishni odat
qiladilar, bunday joylarga faqat nozik tabiatli kishilargagina emas, boshqa musiqaga tashna bo‘lgan
kishilar ham ohanglar tinglash uchun boradilar. 
Ohanglar esa tartibga tushirilgan, bo‘lgandagina qalbga kuchli ta’sir etadi. CHunki, ruh 
tartibga tushirilgan narsani qabul qiladi va shuning uchun ham u she’rga ko‘proq intiladi negaki 
she’r nizomli (tartibli)dir. Muhimi shundaki, Beruniy san’atning paydo bo‘lishini insoniyat 
jamiyatining madaniylashuvi bilan bog‘laydi. Odamlarning madaniy darajasi oshib, badiiy nafosat 
tafakkuri o‘sa borishi bilan san’atga ehtiyoj kuchaygan. San’at shodlik, quvonch manbai, u 
insonlarga orom beradigan, ruhini ko‘taradigan vosita sifatida paydo bo‘lganini ta’kidlaydi. 
Umuman olganda, hozirda biz yashayotgan davr kishisining faoliyati farosatga ehtiyoj sezmoqda. 
Farosat endilikda ijtimoiy-ma’naviy hayotning zaruriyatiga aylanib ulgurdi. G‘oyaviy tahdidga 
qarshi kurash ma’naviy jihatdan mustahkam bo‘lgan estetik tayyorgarlikni taqazo etadi. Birgina 
farosat va uning fazilatini anglash, amal qilish barcha tahdidlarning mazmun-mohiyatini tushunish 
imkonini beradi. SHu bois har davrda farosat tarbiyasiga nozik va nazokatli ilm sifatida munosabat 
bildirilgan. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish