Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Insonning tabiiy, axloqiy va estetik didining o’zaro mutonosibligi



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/333
Sana02.03.2022
Hajmi2,63 Mb.
#478825
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   333
Bog'liq
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàì

Insonning tabiiy, axloqiy va estetik didining o’zaro mutonosibligi.
Odatda, farosat tushunchasi
estetik baho bilan belgilanadi. u ranjish, nomunosib xolat, ko‘ngilga xush yoqmagan ishlar qilganda
munosabat bildiramiz. SHuning uchun bo‘lsa kerak, kamdan kam hollarda “farosatli kishi, farosati
bor, farosatli” degan so‘zlarni ishlatamiz. Biroq. did, fahm, farosat kabi tushunchalar aynan estetika
ilmiga tegishli bo‘lib, fahm - haqiqatga, farosat – ezgulikka, did – go‘zallikka munosabat orqali
namoyon bo‘ladi. Har uchchala hodisaning asosida ham qobiliyat yotadi. SHu ma’noda fahm –
aqliy, farosat – axloqiy, did – estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Ayniqsa, estetik did va farosat
murakkab tarbiya jarayonini taqozo etadi. CHunki u ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy tarbiya
uyg‘unlashgan umumiylikdan iboratdir.
SHuni alohida ta’kidlash zarurki, didsizlik va farosatsizlik insonning asl qiyofasini bilishga,
uning niyatini anglashga monelik qiladi. Zero, har qanday chiroyli ko‘ringan, istarali bo‘lishga
intilgan, muomalali inson har doim ham go‘zal ishlarni qilavermasligini fahm, farosat, did
yordamida ajratib olishimizga to‘g‘ri keladi. Inson ma’naviyatining yuksalishi uning fazilati bilan
bog‘liq ekan, bu jarayon albatta, estetik tarbiyaga ehtiyoj sezadi. 
Farosat ilmi kishining ichki dunyosi bilan tashqi ko‘rinishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni
o‘rganuvchi ilmlar sirasiga kiradi. O‘tmishda farosat ilmi nozik va nazokatli ilm sifatida
o‘rganilgan. CHunonchi, olmon mumtoz falsafasining vakili Immanuil Kant bu ilmga “botiniy
olamni o‘rganuvchi ilm” deb ta’rif bergan edi. Qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy “Kishining
ko‘ngli kelishgan va tartibli har bir narsaga qiziqadi, tartibsiz narsadan nafratlanadi” - degan
hikmati esa mohiyatan farosat bilan masalasiga dahldor. Bundan tashqari, o‘rta asrlar Musulmon


SHarqi allomalaridan al-Kindiy farosatning hikmati, fazilati va ahamiyatiga doir “Risolai fil farosa”
(X asr) deb nomlangan maxsus asar yozgan bo‘lsa, Husayn Voiz Koshifiy o‘zining mashhur
“Axloqi muxsiniy” asarining 34-bobini “Farosat bayoni”ga bag‘ishladi. SHuningdek, turkiy tilda
Uzun Firdavsiy (XVI asr)ning “Farosatnoma” asari ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga boyligi bilan
ahamiyatlidir. Manbalarda hakimlardan biri tomonidan taqdim etilgan farosat to‘g‘risidagi kitobni
shoh Anushirvon har doim o‘zi bilan olib yurgani va hamisha u kitobni mutolaa qilib, uning
mazmuni bo‘yicha hukm chiqarganligi haqida ma’lumotlar uchraydi. 
Estetika ilmida farosat did tushunchasining tarkibiy qismi sanaladi. Farosat o‘ziga xos
estetik tushuncha sifatida mohiyati aqlga borib taqaladi. Odatda, yomg‘ir yog‘ayotganini ko‘ra-bilib
turib, yomg‘irpushsiz va soyabonsiz yo‘lga chiqqan odamni fahmsiz, chang, loy poyafzalini
echmay, gilamni bosib, ichkariga kirgan odamni farosatsiz deb ataymiz. SHunga ko‘ra, fahm - aqliy,
farosat - axloqiy, did - estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Uchchala qobiliyatning ham ibtidosi,
tabiiy-tug‘malikka borib taqalsa-da, ular o‘zlarini asosan tarbiya, ijtimoiy munosabatlar orqali
ro‘yobga chiqaradi. SHuning uchun SHarq allomalari tarbiya jarayonida farosatning zarurligi
masalasiga jiddiy e’tibor qaratganlar.
CHunonchi, SHarqning buyuk voizi, notiqlik san’ati nazariyotchisi Husayn Voiz Koshifiy
“farosat” so‘zining lug‘aviy ma’nosiga “biror narsaning yaxshi va yomon xususiyatini ko‘rib
aniqlashdir. Istilohiy ma’nosi esa umumiy bo‘lib, joning su’ratidagi zohir holini mushohada qilib,
uning ichki mohiyatidan ogoh bo‘lishdir”, - deya ta’rif beradi. U hatto farosat hukumat ishlari
orasidagi ulug‘ shartlardan biri ekanligini e’tirof qilib, biror bir voqea haspo‘shlanganda, asl
mohiyati pinhon tutilganda va adolat mezoni buzilganligi yashirilsa qonun himoyachisi bu hodisani
farosat nuri bilan topib, da’vogarlar so‘zlariga e’timod qilmasligini uqtiradi. 
Alloma talqinida farosatning ahamiyati bir jihatdan ulug‘larning “Hukumat ziynati farosat
zevari bilan go‘zaldir” degan qoidasiga asoslanadi. Ikkinchi jihatida esa “Har bir narsa farosat
ahlidan yashirin emas, farosat Haq Taoloning mo‘min bandaga bergan nuri” degan tamoyil ustuvor.
Bu tamoyilning mohiyatini esa payg‘ambarimiz (s.a.v)ning “Qo‘rqinglar mo‘min farosatidan, u
Xudo nuri bilan qarab har narsaning zamiriga eta oladi”, - degan hadis asoslaydi. 
Koshifiy farosatni ikki qismga ajratadi. Birinchisi - shariy farosat bo‘lib, unda pok va sof
ko‘ngilli kishining ko‘zidan ko‘tarilib, farosat nuri bilan haqiqatni anglab etadi. Ikkinchichi -
hukmiy farosat bo‘lib, donishmanlar uni tajriba bilan topadilar va dalillarini kishining shakli va
shamoyilidan mushohada qilib, aniqlaydilar. Odatda, aksariyat holllarda bu usul kishi haqida to‘g‘ri
ma’lumotni bergan. Alloma har ikkala farosatga shoh Anushiravon va Aflotun hakim hayoti bilan
bog‘liq talaygina misollarni keltiradi ... Alloma inson aksar ish binosini farosat dalillariga qo‘yish
kerak va o‘zining pok zehni, tafakkuri, mulohazasiga ham murojaat qilishi lozim. CHunki, tashqi
ko‘rinishlarida yomonlik nishonasi bor toifa ichidagi kishilar Haqdan fayzu ilhom topib, o‘z
ahvolini o‘zgartirganlaridan voqif va ogoh bo‘lishga harakat qilish zarurligini uqtiradi:

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish