Комилов Н.
Тасаввуф. I китоб. Т., «Ёзувчи», 1996, 48-б.
Kumush va h.k. SHunday qilib, muhabbatni shaxs erkinligining axloqiy zarurat sifatidagi o’ziga xos
ko’rinishi, baxtga erishuvning asosiy omili deyish mumkin.
Ta’kidlash lozimki, muhabbat – oliy tuyg’u, shu ma’noda u oliy tushuncha. Lekin uni tuban,
quyi narsa–hodisalarga nisbatan ham qo’llash hollari uchrab turadi. CHunonchi, Fromm singari
g’arblik mutafakkirlar, ba’zi rus faylasuflari muhabbat tushunchasini o’likka (nekrofil), mol–
dunyoga, pulga nisbatan qo’llaydilar. Ularga nisbatan «o’chlik», «ruju», «hirs» singari
tushunchalarni qo’llash ma’qul emasmikan?
Muhabbat ham, axloqshunoslikdagi ko’pgina tushunchalardek, «juftlik» xususiyatiga ega,
uning ziddi – nafrat. Nafrat tushunchasi, albatta, muhabbat singari keng qamrovli emas. U aksil
muhabbat tarzida namoyon bo’ladi, ob’ektdan chetlashishni, undan begonalashishni taqozo etadi.
Hazar, jirkanch hissi nafratning kundalik turmushdagi tor, «mayda» ko’rinishidir. Nafratning ularga
nisbatan «yirikligi» uning ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligidir.
Ayni paytda, nafrat g’azabdan keskin farq qiladi. U, g’azabga o’xshab, o’z ob’ektini
yo’qotishga intilmaydi, undan faqat yuz buradi. Uni muhabbat egasida o’z muhabbati ob’ektiga
nisbatan tashqi bir kuchning noinsoniy, adolatsiz, noinsoflarcha munosabati tufayli o’sha kuchga
qarshi qo’zg’aladigan hissiyot deyish mumkin. U davomiylik tabiatiga ega, g’azab kabi o’tkinchi
hodisa emas. Agar g’azabning asosida inson fe’lining salbiy holati – oniy badjahllilik yotsa, nafrat
uchun chuqur o’ylab qabul qilingan uzil–kesil qaror yotadi. Ko’rinishdan nafrat kishida yoqimsiz
taassurot uyg’otsa–da, ko’p hollarda u illat emas, axloqiy fazilat sifatida insonning vijdonliligidan,
botiniy jasoratidan dalolatdir.
SHu o’rinda buyuk fransuz yozuvchisi Emil Zolyaning «Nima menda nafrat uyg’otadi» degan
estetikaga doir kitobiga yozgan so’zboshisidan olingan quyidagi fikrni keltirish maqsadga muvofiq:
«Nafrat – muqaddas. Nafrat bu – kuchli va qudratli yuraklarning noroziligi, bu –
o’rtamiyonalik va pastkashliklardan qahrlanadigan odamlarning jangovar jirkanchi. Nafratlanmoq –
sevmoq degani, o’zida otashin va mardona qalbni his qilmoq, nimaiki sharmandalik va nodonlik
bo’lsa, o’shanga nisbatan chuqur hazar tuyg’usini tuymoq degani.
Nafrat yengillik beradi, nafrat adolat o’rnatadi, nafrat yuksaltiradi»
28
Nafratdan tashqari yana rashk tushunchasi borki, u – ijtimoiy hodisa emas, ko’p hollarda
jinsiy muhabbat bilan yonma–yon keladi. Ma’lumki, muhabbat egasi o’z sevgisini va sevgilisini
qizg’anib, asrab qolishga harakat qiladi. Ana shu qizg’anish hissi me’yoridan oshib ketganda
rashkka aylanadi. Rashk esa, uni qanchalik ta’rif–tavsif qilmaylik, me’yorning buzilishi, illat.
CHunki uning mohiyati xudbinlikka borib taqaladi: muhabbat egasi muhabbat lazzatiga noil
bo’lgani holda uning iztirobidan qochishga intiladi; o’zi chekishi lozim bo’lgan iztirobni o’z
muhabbat ob’ektiga o’tkazishga harakat qiladi. Natijada ba’zan iztirobni yo’qotishga intilish
muhabbat ob’ektining o’zini yo’q qilishga, fojeaga olib keladi.
Baxt.
Hayotning ma’nosi ideal bilan bog’liq bo’lgani kabi baxt atamasini ham hayotning
ma’nosi tushunchasidan ajratib olingan holda tahlil etish mumkin emas. Zero, baxt inson o’z hayoti
ma’nosini qay darajada tushungani va shu ma’nodan umri mobaynida qoniqish hosil qilib
borishidan iboratdir. Har bir insonda qoniqish hissi undagi maqsadlarning takomilga yetganidagina
ro’y beradi. Faqat bu takomilga yetish jarayoni bir umr davom etadi. SHu ma’noda buyuk
ajdodimiz Abu Nasr Forobiy: «Baxt – har bir inson intiladigan maqsad, zotan u muayyan
komillikdir», – deganida ko’p jihatdan haq edi.
29
Faqat bu qoniqish ham davomiylik tabiatiga ega ekanini unutmaslik lozim, uni lazzat bilan
aynanlashtirish to’g’ri emas. Lazzat oniylik xususiyatiga ega, o’zini faqat jarayondagina namoyon
etadigan hodisa va u moddiy hayotdagi real, ammo o’tkinchi ehtiyojlardan kelib chiqadi. Masalan,
gastronomik yoki shahvoniy lazzatni olib ko’raylik: deylik, siz kabobni xush ko’rasiz va lazzatlanib
yeya boshlaysiz, lekin bir oz muddat o’tgach, to’yasiz, boshqa yegingiz kelmay qoladi; shahvoniy
lazzat ham shunday. Baxt esa ma’naviy ehtiyoj bilan bog’liq, unda maqsadlarga birin–ketin erisha
borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir umr to’xtamaydi va doimo lazzat va zavqni o’z
ichiga oladi.
28
Золя Э
. Собрание сочинений в 26 томах. Т.24. М., ИХЛ, 1966. С. 7.
29
Аль – Фараби.
Социально-этические трактаты. Алма – Ата, «Наука», 1973. С. 3.
Begonalashuv jarayoni va tanazzul bir-birilariga bog’liq, hodisalardir. Agar jamiyatda ishlab
chiqarish sur’atlari keskin pasaysa, xo’jalik aloqalari uzilsa, pulning qadri tushib ketib narhlar tez
sur’atlarda oshib ketsa, boshqaruv tuzilmalari izdan chiqsa va siyosiy tangliklar vujudga kelsa, biz
jamiyatning hamma sohalari tanazzulga uchragan deb fikr yuritishimiz mumkin.
Bu chuqur tanazzul insonlarning kuchli begonalashuv olamiga turtib kirgizishi aniq. O’z
navbatida begonalashuv jarayoni qanchalik kengaysa tanazzul ham chuqurlashib boraveradi.
Masalan, ishlab chiqarish jarayonida mehnatning taqsimlanishi ro’y beradi. Bu esa taraqqiyot uchun
qo’yilgan ulkan qadamdir. Lekin shu bilan birgalikda ijtimoiy mulkchilikka asoslangan ijtimoiy
munosabatlarning shunday bir turi — ishlab chiqarish munosabatlari shakllanadiki uning asosida
bevosita ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish vositalaridan uzoqlashib asta sekinlik bilan o’z
mehnatning natijasidan begonalashib boradi. Endi bu ishlab chiqaruvchi shaxs uchun mehnat
unumining ham qizig’i yo’q. Marksizm ta’limoti bo’yicha xususiy mulk ijtimoiylashtirilgach ishlab
chiqarish vositalariga endi bevosita ishlab chiqaruvchilar umumiy egalik qilishlari kerak edi. Lekin
ijtimoiy amaliyotda esa buning aksi bo’lib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |