sivilizatsion ayniyat
(identichnost)
mezonlari,
ya’ni madaniyatning u yoki bu tipini qanday belgilar asosida aniqlanishi masalasi
nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. SHunga bog‘liq holda ularning soni,
klassifikatsiyasi va o‘zaro aloqadorligi muammosi turlicha hal etiladi. Masalan,
O.SHpengler
sivilizatsiya shakllanishida dinning belgilovchi ahamiyat kasb etishini
ko‘rsatib, 8 ta buyuk madaniyatlar yoki sivilizatsiyalar nomini keltiradi. Bular: misr,
bobil, hind, xitoy, appolon (YUnon-rim), arab (afsunkor), Meksika, g‘arb (faust)
madaniyatlari yoki sivilizatsiyalaridir.
A.Toynbi
sivilizatsion ayniylikning mezoni sifatida, din, tarix, til, an’ana va
madaniyatni qabul qiladi hamda shu asosda 5 ta «jonli» sivilizatsiyalarni ajratadi –
g‘arb xristianligi orqali birlashagn g‘arb jamiyati; janubi-sharqiy Evropani Rossiya
bilan birlashtirgan pravoslav-xristian jamiyati, SHimoliy Afrikadan tortib Buyuk
Xitoy devori hududigacha bo‘lgan – islom jamiyati, tropik-subkontinental
Hindistondagi – hind jamiyati, Janubiy-SHarqiy Osiyoning subtropik va mo‘‘tadil
hududlarida shakllangan – Uzoq SHarq jamiyati
12
.
N.Danilevs
kiy 10 ta sivilizatsiyani yoki uning iborasi bilan aytganda, madaniy-
tarixiy tiplarni farqlaydi. Bular: misr, ossuriya-bobil-finikiya-xaldey (qadimgi
somiy), xitoy, hind, eron, yahudiy, yunon, rim, arab (yangi somiy), evropa (romano-
german)
13
sivilizatsiyalaridir.
Sivilizatsion konsepsiya tarafdorlari rivojlanishning davriyligi nuqtai nazaridan
turib, sivilizatsiyaning vujudga kelish, gullab-yashnash va halokati bosqichlarini
ajratadilar. Uni o‘simliklar, jonivorlar va inson hayoti davrlari bilan qiyoslab,
sivilizatsiyalar «tug‘iladi, rivojlanishning turli bosqichlaridan o‘tadi, qariydi, so‘nadi,
halok bo‘ladi», deb hisoblashadi. Umuman olganda, tarix, ularning fikricha, jahon
tarixi miqyosida muayyan tarzda o‘zaro aloqada bo‘lgan, rivojlanib boruvchi lokal
sivilizatsiyalar majmuini tashkil etadi, jahon sivilizatsiyasi esa, turli
sivilizatsiyalarning o‘zaro ta’siri natijasidir.
SHunday qilib, sivilizatsiya – tarixning madaniy-tarixiy konsepsiyasi nuqtai
nazaridan, - sotsiomadaniy asosga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi mamlakat va
xalqlarning yirik hamda uzoq davom etadigan mustaqil umumiyati bo‘lib, ularning
o‘ziga xosligi tabiiy, oxir-oqibat hayotning ob’ektiv sharoitlari, shuningdek, ishlab
12
А.Тойнби. Постижение истории. М., 1921. 33-б.
13
Н.Данилевский. Россия и Европа. М., 1991. 74-б.
chiqarish usuliga bog‘liq bo‘ladi.
Bu umumiyatlar vujudga kelish, shakllanish,
inqiroz va barham topish bosqichlarini bosib o‘tdilar.
XX asrning oxirlariga kelib, ayrim analitiklar tomonidan dunyoning
Do'stlaringiz bilan baham: |