O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

avtoritar tafakkur
ni о‘zaro farqlash zarur. 
Avtoritarlik – asoslanganlikning о‘zgargan, buzilgan kо‘rinishi bо‘lib, unda 
mulohaza yuritish va uning chinligini aniqlash vazifasi avtoritetlar zimmasiga 
yuklanadi. 
Avtoritar tafakkurlashga moyil
 
kishi biror muammoni о‘rganishdan avval о‘zini 
«asosiy mulohazalar yig‘indisi» bilan cheklab qо‘yadi. Bu mulohazalar yig‘indisi 
tadqiqotning asosiy yо‘nalishini belgilab beradi va kо‘pincha avvaldan ma’lum 
bо‘lgan natijani keltirib chiqaradi. Dastlabki asos bо‘lgan fikrlar sistemasi namuna 
sifatida qabul qilinadi va boshqa fikrlar unga bо‘ysundiriladi. Agar asosiy 
mulohazalarning deyarli barchasi avtoritetlar tomonidan aytilgan bо‘lsa, uning 
davomchilariga bu fikrlarni tushuntirish va izohlash qoladi, xolos. Bu yangiliklardan 
va ijodiylikdan mahrum bо‘lgan fikr yuritish usuli bо‘lib, dialektik tafakkurga ziddir. 
Avtoritetlar, nufuzli manbalar, jamiyat a’zolari, xususan, yoshlarda milliy mafkura va 
milliy g‘oyani shakllantirishda asosiy omillardan biridir. Shu о‘rinda matbuotning, 
ayniqsa, radio va televideniyening u yoki bu manbaning avtoritet deb tan olinishidagi 
roli e’tiborlidir. Avtoritetlar masalasi murakkab va kо‘p qirralidir. Shu sababdan fikr-
mulohazalarning chinligini asoslashda avtoritet hisoblangan fikrlardan konkret 
sharoitga mos ravishda, meyorga amal qilgan holda foydalanish zarur. 
Urf-odat
avloddan avlodga meros bо‘lib о‘tadigan va muayyan jamiyat yoki 
ijtimoiy guruh tomonidan qabul qilingan bir xil shakldagi xatti-harakat, xulq-atvor 
usuli bо‘lib, kishilarning turmush tarzi va fikr yuritishiga ma’lum darajada ta’sir 
kо‘rsatadi. Urf-odatlarga asoslangan holda fikr yuritish va harakat qilish kо‘pincha 
kishilarning turmushi, axloqiy meyorlar va xalq marosimlari doirasida namoyon 
bо‘ladi. Milliy g‘oya va milliy mafkura urf-odatlar orqali ham jamiyat a’zolarining 
ongiga singib boradi. Jamiyat yoki ijtimoiy guruh tomonidan biror shaxs yoki voqea-
hodisaga nisbatan bо‘lgan munosabat muayyan urf-odatlar bilan asoslanadi. Bunda 
biror xatti-harakatni asoslash uchun «urf-odatlarimizga kо‘ra...», deb fikr yuritiladi. 
Fikr-mulohazalarni asoslash murakkab mantiqiy jarayon bо‘lib, unda bir yoki 
undan ortiq о‘zaro bog‘langan muhokamalar sistemasidan foydalaniladi. 
Mulohazalarning chinligini asoslash tafakkurning eng muhim xususiyatlaridan biri 


259 
bо‘lib, fikrlarimizning mantiqli, tartibli, ishonarli bо‘lishini ta’minlaydi. 
Shunday qilib, tо‘g‘ri tafakkurning yuqorida kо‘rib о‘tilgan qonunlarining har 
biri chin bilimga erishish uchun xizmat qiladi. Bu qonunlar tafakkur jarayonida 
alohida-alohida yoki birin-ketin emas, balki bir vaqtda, birgalikda fikrlar 
bog‘lanishining xarakteriga qarab amal qiladi. Ayniyat qonuniga kо‘ra, fikrlash 
jarayonida har bir mulohaza qat’iy mazmunga ega bо‘lishi, aynan shu fikr doirasida 
о‘zgarmasligi talab qilinadi. Bu talabning buzilishi fikrda mantiqiy ziddiyatlarni 
keltirib chiqaradi. Zid mulohazalarning chin yoki xatoligini aniqlash ularni mantiqiy 
asoslashni taqozo etadi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish