O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov


Tushuncha – tafakkurning mantiqiy shakli



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Tushuncha – tafakkurning mantiqiy shakli
Tushuncha –
predmet va hodisalarni umumiy, muhim belgilari orqali aks 
ettiruvchi tafakkur shaklidir.
 
Belgilar
deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga 
о‘xshashligini ifoda qiluvchi tomon va xususiyatlarga aytiladi.
Belgilar muhim yoki nomuhim bо‘ladi. Predmet belgisining muhim yoki 
nomuhim bо‘lishi, bizning predmetga amalda qanday munosabatda bо‘lishimizga 
qarab ham belgilanadi. Xususan, ma’lum bir munosabatda muhim bо‘lmagan belgilar 
boshqa munosabatda muhim bо‘lishi mumkin. Masalan, kishining layoqati uning 
qanday kasbni tanlashi uchun muhim bо‘lsa, inson sifatida mavjud bо‘lishi uchun 
muhim emas. Bunday muhim belgilar predmetning ma’lum bir munosabatdagi 
muhim belgilari deyilib, obyektiv muhim belgilardan (predmetning mavjud bо‘lishi 
bilan zaruriy aloqada bо‘lgan belgilar) farq qiladi. 
Predmet tо‘xtovsiz harakatda, taraqqiyotda bо‘lganligi uchun vaqt о‘tishi bilan 
uning muhim bо‘lgan belgisi nomuhim bо‘lgan belgiga yoki aksincha, nomuhim 
belgisi muhim belgiga aylanishi mumkin. Masalan, bevosita kuzatiladigan faktlar 
empirik bilish bosqichida muhim ahamiyatga ega bо‘lsa, nazariy bilish bosqichida 
unga kamroq murojaat qilinadi. 
Demak, tushunchada predmetning muhim belgilari mujassamlashadi, bu belgilar 
predmetning umumiy va individual belgilari bо‘lishi mumkin. Masalan, «G‘afur 
G‘ulom» tushunchasida predmetning umumiy belgilari (inson, shoir) bilan bir 


260 
qatorda, individual muhim belgilari (xususan, «Sen yetim emassan» she’rining 
muallifi) ham ifodalangan. 
Tushunchaning hissiy bilish shakllaridan tubdan farq qilishiga alohida e’tibor 
berish zarur. Sezgi, idrok va tasavvur predmetning yaqqol obrazlaridir. Biz faqat 
birorta konkret predmetni, masalan, о‘zimiz yozib о‘tirgan qalamni idrok qilishimiz 
yoki u tо‘g‘risida tasavvurga ega bо‘lishimiz mumkin. «Umuman qalam»ni idrok 
qilib bо‘lmaydi. Chunki tushuncha predmetning yaqqol obrazi emas, balki abstrakt 
obrazidir. “Qalam” tushunchasi о‘zida konkret qalamlarning barchasini qamrab 
olgani holda, ularning har biriga xos bо‘lgan individual belgilarni tashlab yuborib, 
umumiy, muhim belgilarini ifoda qiladi. Ayni paytda bu belgilar qalamni boshqa 
predmetlardan, masalan, kitobdan farq qildirib turadigan maxsus belgilar bо‘lib ham 
xizmat qiladi. 
Tushuncha predmetning nomuhim belgilaridan chetlashar ekan, demak, uni 
tо‘laligicha aks ettira olmaydi. Bu ma’noda u hissiy bilish shakllariga nisbatan 
borliqdan uzoqroqda turadi. Lekin, tushuncha predmetning muhim belgilarini in’ikos 
qilishi, mohiyatini aks ettirishi bilan hissiy bilish shakllariga nisbatan borliqni 
chuqurroq, tо‘laroq ifoda etadi. 
Tushuncha, hissiy bilish shakllaridan farqli о‘laroq, inson miyasida tо‘g‘ridan-
tо‘g‘ri aks etmaydi. U ma’lum bir mantiqiy usullardan foydalangan holda hosil 
qilinadi. Bu usullar: taqqoslash, tahlil, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirishdir. 
Taqqoslash
yordamida predmetlar о‘zaro solishtirilib, ularning о‘xshash, 
umumiy va bir-biridan farq qiluvchi individual belgilari aniqlanadi. Taqqoslash 
tahlilni taqozo qiladi. Chunki predmetlarni yaxlit holda solishtirib bо‘lmaydi. Ular u 
yoki bu xossasiga kо‘ra taqqoslanishi kerak. Buning uchun u xossalar ajratilishi 
lozim. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish