O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

“Uchinchisi – istisno” qonuni.
Uchinchisi istisno qonuni Nozidlik qonunining 
mantiqiy davomi bо‘lib, fikrning tо‘liq mazmunini qamrab olib, bayon qilingan ikki 
zid fikrdan birichin, boshqasi xato, uchinchisiga о‘rin yо‘q ekanligini ifodalaydi. Bu 
qonun «A yo V, yoki V emas bо‘ladi» formulasi orqali beriladi. Mulohazalar 
mantig‘ida bu qonun quyidagi formula orqali yoziladi: a 


a (formula “ a yoki a 
emas” deb о‘qiladi. ) 
Bu qonun fikrlar о‘rtasidagi zid munosabatlarni ifodalaydi. Agarda zid 
munosabatlar fikrning tо‘liq mazmunini qamrab olmasa, ikki zid belgidan boshqa 
belgilarning ham mavjudligi ma’lum bо‘lsa, unda “Uchinchisi – istisno” qonuni amal 
qilmaydi.


253 
Masalan: 
Talaba imtihonda «a’lo» baho oldi. 
Talaba imtihonda «ikki» baho oldi. 
Bu mulohazalar munosabatida nozidlik qonuni amal qiladi. Chunki bu 
mulohazalarning har ikkisi ham xato bо‘lishi va talaba imtihonda «о‘rta» yoki 
«yaxshi» baho olishi mumkin. 
Agar, «Talaba imtihonda «a’lo» baho oldi» va «Talaba imtihonda «a’lo» baho 
olmadi» mulohazalarini tahlil qilsak, unda bu mulohazalardan biri chin, boshqasi 
xato, uchinchisiga о‘rin yо‘q ekanligi ma’lum bо‘ladi. Chunki «yaxshi», «о‘rta» va 
«ikki» baholar – «a’lo» baho emas. 
“Uchinchisi-istisno” qonuni quyidagi holatlarda qо‘llanadi: 
1. Alohida olingan yakka buyumga nisbatan bir xil vaqt va munosabat doirasida 
о‘zaro zid fikr bildirilganda. Masalan: 
Toshkent – О‘zbekistonning poytaxti. 
Toshkent – О‘zbekistonning poytaxti emas. 
Bu mulohazalar birgalikda chin ham, xato ham bо‘la olmaydi. Ulardan biri chin, 
ikkinchisi xato, uchinchi mulohazaga о‘rin yо‘q. “Uchinchisi-istisno” qonuni о‘zaro 
zid umumiy mulohazalar doirasida amal qilmaydi. Chunki umumiy mulohazalarda 
buyumlar sinfiga va shu sinfga mansub har bir buyumga nisbatan fikr bildiriladi. 
Masalan: 
Hamma faylasuflar notiqdir. 
Hech bir faylasuf notiq emas. 
Bu mulohazalardan birining xatoligidan ikkinchisining chinligi haqida xulosa 
chiqarib bо‘lmaydi. Bunday holatda «Ba’zi faylasuflar notiqdir» degan uchinchi bir 
mulohaza chin hisoblanadi. 
Uchinchisi istisno qonuni: 
1.Ikki zid yakka mulohazalarga nisbatan. 
2.Umumiy tasdiq va juz’iy inkor etuvchi mulohazalarga nisbatan. 
3.Umumiy inkor va juz’iy tasdiq mazmunidagi mulohazalarga nisbatan 
qо‘llanadi. 


254 
“Uchinchisi-istisno” qonunining amal qilishi uchun olingan zid munosabatlarni 
ifodalovchi mulohazalardan biri tasdiq, ikkinchisi inkor mazmunida bо‘lishi yoki 
tushunchalardan biri ijobiy va boshqasi salbiy bо‘lishi shart emas. Olingan ikki 
tushuncha yoki mulohaza bir-birini hajm jihatdan tо‘liq inkor etishi kifoY. Masalan, 
“erkak” va “ayol” tushunchalarining har ikkisi ijobiy bо‘lib, “inson” tushunchasining 
tо‘liq mazmunini qamrab oluvchi zid belgilarni ifodalaydi. 
“Uchinchisi-istisno” qonunida ham, nozidlik qonunidagi kabi vaqt, munosabat, 
obyekt aynanligiga rioya etish shart, aks holda bu qonun о‘z kuchini yо‘qotadi, 
fikrning izchilligiga zarar yetadi va mantiqsizlikka yо‘l qо‘yiladi. 
“Uchinchisi-istisno” qonuni, boshqa mantiqiy qonunlar singari, ziddiyatli 
mulohazalarning chin yoki xatoligini aniqlab berolmaydi. Buning uchun voqea va 
hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini bilish talab qilinadi. Inson о‘z bilimlariga 
asoslangan holda о‘zaro zid mulohazalardan qaysi biri chin yoki xato ekanligini 
aniqlaydi. Bu qonun о‘zaro zid mulohazalar bir vaqtda chin bо‘lmasligini tasdiqlaydi. 
“Uchinchisi-istisno” qonunini bilish, muhokama yuritishda tо‘g‘ri xulosa 
chiqarish uchun muhim bо‘lib, о‘zaro zid qarashlarni aralashtirib yuborishga yо‘l 
qо‘ymaydi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish