O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Yetarli asos qonuni.

Tо‘g‘ri fikrlashga xos bо‘lgan muhim xususiyatlardan biri 
asoslilik, ishonchlilikdir. Fikrlash jarayonida buyum va hodisalar haqida chin 
muhokama yuritibgina qolmasdan, bu muhokamaning chinligiga hech qanday shubha 
bо‘lmasligi uchun uni asoslash, isbotlashga harakat qilinadi. Bunda chinligi avvaldan 
ma’lum bо‘lgan va о‘zaro mantiqiy bog‘langan mulohazalarga asoslaniladi, ya’ni 
bayon qilingan fikrning chinligi avvaldan ma’lum bо‘lgan, chinligi tasdiqlangan 
boshqa bir fikr, mulohaza bilan taqqoslanadi. Tafakkurning bu xususiyati yetarli asos 
qonuni orqali ifodalanadi.
 
Inson tafakkuriga xos bо‘lgan bu qonunni birinchi marta nemis faylasufi va 
matematigi G. Leybnits ta’riflab bergan. Uning ta’kidlashicha, barcha mavjud 
narsalar о‘zining mavjudligi uchun yetarli asosga ega. Har bir buyum va hodisaning 
real asosi bо‘lgani kabi, ularning in’ikosi bо‘lgan fikr-mulohazalar ham asoslangan 
bо‘lishi kerak. Yetarli asos qonunining bu talabi quyidagi formula orqali ifodalanadi: 


255 
«Agar V mavjud bо‘lsa, uning asosi sifatida A ham mavjud». 
Yetarli asos qonunida tо‘g‘ri tafakkurning eng muhim xususiyatlaridan biri 
bо‘lgan fikrlarning izchillik bilan muayyan tartibda bog‘lanib kelish xususiyati 
ifodalanadi. Bu qonun avvalgi kо‘rib о‘tilgan qonunlar bilan о‘zaro bog‘liq holda 
amal qiladi. Fikrlash jarayonida berilgan mulohazaning chinligini asoslash uchun 
keltirilgan chin mulohazalar 
mantiqiy asos
, berilgan mulohazaning о‘zi esa 
mantiqiy natija 
deb yuritiladi. 
Mantiqiy asos bilan obyektiv, real asosni aralashtirib yuborish mumkin emas. 
Asos va natija orasidagi mantiqiy bog‘liqlikni sabab va oqibat aloqadorligidan 
farqlash zarur. Masalan, «Bu kishi bemor», degan mulohazani «U shifoxonada 
davolanyapti», degan fikr bilan asoslash mumkin. Aslida shifoxonada davolanish 
dastlabki mulohazaning sababi emas, balki oqibatidir. Kо‘rinib turibdiki, mantiqiy 
asos hamma vaqt ham hodisaning sababi bilan mos kelmaydi. Fikrlarning yetarli 
asosga ega bо‘lishining obyektiv manbai faqat sabab-oqibat munosabatinigina emas, 
shuningdek, fikrning izchilligi, asoslanganligini, isbotlangan bо‘lish xususiyatlarini 
ham, ya’ni obyektiv mazmuni sabab-oqibat munosabatlaridan tashqarida bо‘lgan 
boshqa munosabatlarni ham о‘z ichiga oladi. 
Fikr-mulohazalarni asoslash murakkab mantiqiy jarayon bо‘lib, unda ikki yoki 
undan ortiq о‘zaro bog‘langan muhokamalar tizimidan foydalaniladi. Keng ma’noda 
biror mulohazani asoslash deganda, shu mulohazaning chinligini tasdiqlovchi 
ishonchli va yetarli dalillarning mavjudligini aniqlash tushuniladi. Bu ishonchli va 
yetarli dalillarni shartli ravishda ikki guruhga: empirik va nazariy asoslarga bо‘lish 
mumkin. Bulardan birinchisi asosan hissiy bilish, tajribaga asoslansa, ikkinchisi aqliy 
bilish, tafakkurga tayanadi. Empirik va nazariy bilimlarning chegarasi nisbiy bо‘lgani 
kabi, empirik va nazariy asoslar о‘rtasidagi farq ham nisbiydir. 
Insonning shaxsiy tajribasi fazo va zamonda chegaralangan bо‘lib, sezgilari 
bergan ma’lumot esa hamma vaqt ham tо‘g‘ri bо‘lmaydi. Shunga qaramasdan, 
mulohazalarni empirik asoslashning ahamiyati katta, chunki bilish jonli hissiy 
mushohadadan bevosita kuzatishdan boshlanadi. Hissiy tajriba insonni tashqi olam 
bilan bog‘lab turadi. Nazariy bilim esa empirik bazisning ustqurmasi hisoblanadi. 


256 
Umumiy-chin mulohazalar sifatida fanlarning qonun-qoidalari, tushunchalar 
ta’rifi, shuningdek, aksiomalardan foydalaniladi. Bularning barchasi nazariy 
asoslashning ratsional yoki demonstrativ usullari bо‘lib, ular umumilmiy ahamiyatga 
ega bо‘lgan isbotlash metodlarining asosini tashkil etadi. Shuningdek, asoslashning 
subyektiv xarakterda bо‘lgan va bevosita tajriba natijalariga yoki nazariy fikr 
yuritishga taalluqli bо‘lmagan usullari mavjud. Intuitsiya, e’tiqod, avtoritet va urf-
odatlarga asoslanish shunday usullar jumlasiga kiradi. Bu usullardan kо‘proq 
kundalik ong darajasida foydalaniladi. Intuitsiya hech qanday muhokama va 
isbotlarsiz tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri haqiqatga erishish qobiliyatini ifodalaydi. “Intuitsiya” 
sо‘zi – lotincha “intuitio” sо‘zidan olingan bо‘lib, «diqqat bilan tiqilib qarayman», 
degan ma’noni bildiradi. Intuitsiya bilish jarayonida sezilarli ahamiyatga ega bо‘lib, 
hissiy va aqliy bilishdan о‘zgacha bir kо‘rinishni tashkil etmaydi; о‘ziga xos fikr 
yuritish, tafakkur qilish usulini ifodalaydi. Intuitsiya orqali inson murakkab 
hodisalarning mohiyatini, uning turli qismlariga e’tibor bermagan holda, fikran yaxlit 
qamrab, tushunib oladi. Bunda tafakkur jarayonining alohida qismlari u yoki bu 
darajada anglanmaydi va asosan fikr yuritish natijasi – haqiqatgina anglangan holda 
aniq, ravshan qayd etiladi. Intuitsiya haqiqatni aniqlashda yetarli asos hisoblansa-da, 
lekin bu haqiqatga boshqalarni ishontirish uchun yetarli hisoblanmaydi. 
E’tiqod
– kishining ishonchini qozongan va shuning uchun ham uning 
faoliyatida xatti-harakatlarini belgilab beradigan, uning dasturi bо‘lib xizmat 
qiladigan qarashlar majmuasidan iborat. E’tiqod chinligi isbotlangan mulohazalarga 
yoki tanqidiy tahlil qilib kо‘rilmagan, chinligi noma’lum boshlang‘ich bilimlarga 
asoslangan bо‘lishi mumkin. Intuitsiya kabi e’tiqod ham subyektiv xarakterda bо‘lib, 
davr о‘tishi bilan о‘zgarib turadi. «Anglash uchun e’tiqod qilaman», degan edi 
Avliyo Avgustin (354-470) va Anselm Kenterberiyskiy (1033–1109). 
Fransuz faylasufi va teologi Pyer Abelyar (1079–1142) esa aql va e’tiqodning 
о‘zaro nisbatini haqqoniy kо‘rsatgan holda «E’tiqod qilish uchun tushunaman», 
deydi. Albatta, e’tiqod haqida fikr yuritganda kо‘r-kо‘rona e’tiqod bilan tarixiy va 
hayotiy tajriba natijasi bо‘lgan, bilimga asoslangan e’tiqodni farqlash zarur. Faqat 
ilmiy bilimga asoslangan e’tiqodgina fikr va mulohazalarning chinligini aniqlashda 


257 
yetarli asos bо‘ladi. Shuning uchun ham ular inson qalbida mustahkam о‘rnashib 
qoladi. Birinchi Prezident I.A. Karimov: «Milliy mafkura – bu xalqning, millatning 
о‘tda yonmaydigan, suvda chо‘kmaydigan о‘lmas e’tiqodidir
18
» , deganda aynan 
shuni nazarda tutgan edi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish