110
bilan qoplash gorelkani ishlash davrini bir oz ko‘paytiradi. Gorelkalar 2-3 marta
ta’mirlashga va tiklashga qodirdir.
Oldin Olmaliq pechida 2 gorelka mavjud edi. Bunda ishlab chiqish
unumdorligini bir-tekis boshqarish qiyin edi. Bita gorelkani ishdan chiqishi, yoki
uni unumdorligini kamayishi, ikkinchi
gorelkaga katta yuklama tushib, mash’alni
uzunlashishiga va osti devor kladkani tezda ishdan chiqishiga olib keladi. SHuning
uchun diametri 350 mm ikkita gorelka o‘rniga, 300 mm li 3 gorelka o‘rnatiladi.
Shlakni nordonligini oshirish uchun, boyitmaga 15-20 % kvars flyusi qo‘shiladi.
Shixtada kvarsni miqdorligi 12-15 % ni tashkil qilishi tavsiya etiladi. Kotel-
utilizatorni bir-tekis ishlashi qiyinligini hisobga olganda, nisbatdan mis kamroq
shteyn olish uchun ish oborilgan (30-35 % Cu). Hozirgi davrda shteynda 36-40 %
mis olish imkoniyati bor.
Bundan boyroq shteyn olish, misni shlak bilan
isrofgarchiligini oshishiga olib keladi va ishchi zonada haroratni keskin ko‘tarilishi
mumkin.
Jarayonni haroratini pasaytirish va defulfarizatsiya darajasini ko‘paytirish
30% gacha, qo‘shimcha kvars flyusini yuklash bilan amalga oshirish mumkin.
Ammo bunda, shlakni chiqishi ko‘payib, misni isrofgarchiligini oshishi mumkin.
Qayta ishlanayotgan boyitmani maydaligi (0,047 mm taxminan 50 %) va
mash’alni katta aerodinamik uzunligi, chiqayotgan gazning katta darajada
changligini ta’minlaydi. Ushbu gazda 300-350 g/m qattiq modda bor va changni
chiqishi shixta massasidan 8-10 % tashkil qiladi.
KFP jarayoni oltingugurt birikmalariga boy gaz olishga imkon yaratadi.
Nazariya bo‘yicha gazda 85-95 % SO
2
bo‘lishi mumkin.
Amaliyotda esa
dastgohlarni yaxshi germetik kimyosi yo‘qligi sababli, gazning miqdorida
oltingugurt angidridini miqdorligi ancha kam. Pechdan chiqish davrdagi gazning
namunaviy mikdorligi, %: 55-75 SO, 2-3O
2
; 30-45 N
2
. Misni
shlakdagi
ko‘p
miqdorligi, uni shteynga o‘tish darajasini kamaytiradi – 97 %, xomaki misga esa –
faqat 94 % tashkil qiladi. Ajralib chiqayotgan changda, asosan,
sulfatlar bor, bu
aylanuchi xom ashyo hisoblanib, jarayon haroratini pasaytirishga imkon yaratadi.
111
Agarda shixta tarkibida 12-14% SiO
2
bo‘lib, uni 35-40% Cu li shteynga
eritilsa, 11 t shixtaga 220 – 240 m
3
kislorod sarf bo‘ladi va pechning xajmida
harorat 1350-1450
o
C tashkil qiladi. Agarda SiO
2
ni miqdori kamaysa yoki
kislorodni
sarfi oshib borsa, harorat 1500-1600
o
C ko‘tarilishi mumkin. Bu tadbir
ogneupor g‘ishtlari ishonchligini kamaytiradi va avariya holatiga olib kelishi
mumkin bo‘lib qoladi. Shuning uchun, shixta tarkibini bir-tekis ushlab turish katta
ahamiyatga ega.
Desulfurizatsiya o‘zgarmagan holatda haroratni boshqarish judayam qiyin.
Amaliyotda bu kislorodni nisbatlik sarfini o‘zgartirish orqali olib boriladi. Bu
tadbir esa desulfuratsiya darajasini va shteyn tarkibini o‘zgartiradi.
Mash’alning uzunligi jarayonni yuqori haroratda olib borishga imkon
yaratadi, pechning xajmida harorat 1200-1300
o
C tashkil qiladi. Pechning ishchi
xajmidan texnologik gaz dыmosos orqali chiqariladi. Tutunso’rcich
ishlab
chiqarish unumdorligi bir soatda 50000 m
3
.
Jarayonni quyidagi ko‘rsatkichlari nazorat ostida bo‘ladi:
1)
shixtani pechga yuklanishi;
2)
kislorod, tabiiy gaz va havoni sarfi;
3)
kislorodni, tabiiy gaz va havoni bosimi;
4)
gazning harorati;
5)
vakuum qiymati;
6)
elektrofiltrdan chiqayotgan gazdagi SO ni miqdori;
7)
koteldan chiqayotgan bug‘ning soni va bosimi;
8)
jarayon eritma mahsulotlarini harorati.
Jarayonning oqilona oqib o‘tishida shlakni harorati 1220-1250
0
C, shteynniki
esa 1150-1180
0
C bo‘lishi kerak. Pechning ishlab chiqarish unumdorligi hozirgi
davrda 10-11 t/m
2
sutkada tashkil qiladi.
KFP jarayoni kislorod-shixta aralashmasini gorelkadan chiqish tezligi 15-20
m/s
da oqib o‘tadi. Tezlik kamroq bo‘lsa, moddalarni kinetik energiyasi kam
bo‘lib, tezda cho‘kadi, tezlikni kattarog‘i esa pechning ostiga modda urilishiga olib
112
keladi. Ko‘pchilik zavodlarda suyuq moddalarni massasini kovshlar soni bilan
o‘lchanadi.
Konsentrat, flyus va jarayon mahsulotlarini kimyoviy tahlilga yuboriladi.
Konsentrat va shixtani – Cu, Fe, S, SiO
2
va Sd larga; shteynni misga; shlakni – Cu,
Fe, SiO
2
va
CaO larga; aylanuvchi changda - Cu, Fe, SiO
2
,
CaO va AI
2
O
3
lar
aniqlanadi. Kapital ta’mirlashdan keyin pech 72-96 soat davrida qizitiladi, qizitish
tezligi 15-20% s/soatda. Pechning qizitilishi 4 gaz gorelkalar bilan olib boriladi.
Ularni ishlab chiqarish unumdorligi – bir soatda 1000 m
3
.
Do'stlaringiz bilan baham: