O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. B. Mirzajonova


 Sulfidli mis boyitmasini kislorod - mash’al pechida (KFP) eritish



Download 19,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/136
Sana26.02.2022
Hajmi19,02 Mb.
#473090
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   136
Bog'liq
fayl 2083 20211108 (1)

 
4.4. Sulfidli mis boyitmasini kislorod - mash’al pechida (KFP) eritish
KFP jarayoni birinchi marta Kanadaning «Koper Klif» zavodida qo‘llangan. 
Jarayon «avtogen» nomini olgan, chunki tashqaridan yoqilg‘ini sarflanmaydi. 
Jarayon uchun kerak bo‘lgan issiqlikni izotermik reaksiyalaridan olinadi.
Olmaliq mis zavodida KFP jarayoni 1968 yildan beri qo‘llaniladi. Pechning 
xajmi 580 m
3
, foydali maydoni 120 m
2
, ishlab chiqarish unumdorligi – 12 
t/m
2
∙sutkasiga. Bir sutkada pech 2000 t. shixtani qayta ishlashga imkoni bor.


101 
KFP ni shixtasiga boyitma, flyus va aylanuvchi chang kiradi. Jarayon 
yordamida turli mono va polimetallik boyitmalarni qayta ishlash mumkin. 
Boyitmalarni mineralogik tarkibi turlidir. Mis minerallari xalkopirit, bornit, 
xalkozin, temir-pirit va pirrotin bilan keltirilgan.
Boyitmani granulometrik tarkibi 0,147 (100%) dan 0,043 (90%) mm gacha 
oralig‘ida o‘zgaradi. Filtratsiyadan keyin boyitmani namligi 10 – 17 % ni tashkil 
qiladi. 
KFP jarayoni boyitmani chuqur oksintirish va misga boy shteyn olish bilan 
bog‘liqdir. Dunyoda taniqli shixta tayyorlashdan eng yaxshi sistemalardan biri - bu 
beding-sistema. Shixta komponentlari qatlam-qatlam shaklda bir – biri ustiga 
yuklanadi va vertikal kesimda konveyerga ortiladi. Bunda shixta moddalari yaxshi 
aralashtiriladi. Shixta terishga katta mablag‘ sarflanishiga qaramay, beding-sistema 
tarkibi bir xil bo‘lgan shixtani tayyorlashga imkon yaratadi, yirik va kukun 
moddalar bilan ishlash mumkin. 
Beding – sistema Yaponiya zavodlarida keng qo‘llaniladi. Masalan, «Xitachi» 
zavodida 8 xil mahalliy boyitma, 10 xil xorijiy boyitma, 4 xil xorijiy sementli mis 
ishlatiladi. Metariallarda misning miqdorligi 2 % dan 37 % gacha o‘zgaradi. Ana 
shunga moddalardan beding-sistema tarkibi deyarli o‘zgarmaydigan shixtani 
olishga imkon yaratadi. Masalan, shixtada misni o‘zgarishini hisoblaganda 
nisbatdan 0,49 %, temir bo‘yicha 0,56 % va oltingugurt bo‘yicha 0,68 % farq 
qiladi. Moddalarni taqsimlanishini har kuni EHM yordamida hisoblanadi. SHixtani 
xajmi uch kun ishlashga mo‘ljallangan. Ikkita, xajmni 1700 t. bo‘lgan, shixta 
tayyorlash majmuasida mavjuddir. 
Olmaliq kombinatida ho‘l shixta tayyorlash sistemasi qo‘llaniladi. Bu 
sistemasining ma’nosi: yanchilgan flyus pulpasi bilan boyitma pulpasi 
aralashtiriladi. Pulpa bu qattiq va suyuq moddalarni aralashmasidir. 
 Shixtani quritish - 
KFP jarayonini amalga oshirilishi qat’iyan sharti-shixtani 
o‘ta quritilishidir. Quritilgandan keyin shixtani namligi 0,1 – 0,15 % dan 
oshmasligi kerak. Undan namroq shixta yirikroq bo‘lib, KFP ni prinsipiga javob 
bermaydi, chunki moddalarni kukuni pechni ichida bir – necha soniya davomida 


102 
uchar holatda bo‘lishi shart. Anna shu uchish holatida zarrachani butun sirti 
bo‘yicha oksidlanish reaksiyasi o‘tib, KFP jarayoni amalga oshiriladi. Shixtani o‘ta 
quritish uchun doira shakldagi pech yoki vertikal joylashgan quritish trubalar 
qo‘llaniladi. 
Olmaliq mis zavodida vertikal quritish trubalari qo‘llaniladi, hammasi bo‘lib
2 truba o‘rnatilgan. Quritish jarayoni ishlash prinsipi quyidagiday: trubani past 
tomonidan katta tezlik bilan issiq gaz yuboriladi (30-40 m/s). Issiq gazning 
oqimiga nam (7-8 % H
2
O) bo‘lgan shixta yuklanadi. Shixta moddalari uchib turgan 
holatda quritiladi, namsizlangan kukun esa trubani yuqori qismiga uchib chang 
ilish sistemalariga yuboriladi. 
Quritish trubalari maxsus pechlarda yoqiladigan tabiiy gaz bilan isitiladi, 
haroratni boshqarish uchun maxsus pechga ikkilamchi sovuq havo beriladi. 
Moddalarning bir soatli sarfi: tabiiy gaz 600 – 800 m, birlamchi gaz yoqish uchun) 
havo 6000-8000 m. Birlamchi va ikkilamchi havolarning nisbatligi sharoitlarga 
qarab 1 : 1 dan 1 : 1,3 gacha o‘zgaradi. Truba bo‘yicha gazning harorati: trubaga 
kirish qismida 300 – 450 
o
C. Moddani truba bo‘lish davri 1,3 soniyadan oshmaydi. 
Jarayon qat’iyan boshqarilishi kerak va ishlar tizimi o‘zgarmasdan saqlanishi 
kerak. Masalan, modda kamroq kelib qolsa, trubani harorati oshib ketadi va 
sulfidlar alanga oladi. Agarda shixta ko‘proq yuklansa harorat pasayib ketadi va 
modda to‘la qurilmaydi. Nazoratga muhtoj bo‘lgan nuqtalar: nam shixtani sarfi, 
issiq gazning harorati trubadagi haroratlar, birlamchi va ikkilamchi havolarning 
nisbatligi. Bunday nazoratni avtomatik tizimi boshqarish kerak. 
Quritish trubalari-yuqori ishlab chiqarish unumdorligi va ishonchligi o‘ta 
qurilish dastgohlaridir. Bir soatda 60-80 t. shixtani quritishga doir, quritilgan 
moddani sarfi 20-22 kg/t yoki 280-320 kg/t namlikka. Trubalarni oqilona ishlash 
shartlaridan biri bir tekis moddalarni yuklash va atmosfera havosini ortiqcha 
pechga kirishidir. 
Trubani ishlashini takomillashtirish uchun gazni qaytadan, ikkilamchi havoni 
o‘rniga, pechga qaytarishdir. Bu tadbir yoqilg‘ini sarfini kamaytirishga yordam 
beradi. Bu gazlar 60-70
o
C issiqlikka ega va ularni miqdorida 15-17 % kislorod bor. 


103 

Download 19,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish