Katalitik modifikasiyalash


Yog’larni  gidrogenlashdagi



Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/108
Sana26.02.2022
Hajmi3,92 Mb.
#472968
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   108
Bog'liq
fayl 2085 20211108

Yog’larni 
gidrogenlashdagi 
qo’shimcha 
reaksiyalar. 
Yog’larni 
gidrogenlash 
katalizatorlari 
trigliseridlarga 
nisbatan 
pereeterifikasiyalash 
aktivligiga ham ega. Nikel katalizatorining pereeterifikasiyalash aktivligi uncha 
yuqori emas, faqatgina vodorod muhitida yuqori haroratda namoyon bo’ladi, xolos. 
Trigliseridlar aralashmasidagi asil gruppalarning qayta taqsimlanish darajasi 


189 
50....60%dan 
oshmaydi, 
ya’ni 
yog’larning 
gliserid 
tarkibini 
gidropereeterifikasiyalanishdan keyin yog’ kislotalarning statistik taqsimlanishiga 
qisman mos keladi. Aktiv nikel katalizatorida pereeterifikasiyalash tezligi 
gidrogenlash tezligidan kichik, shuning uchun gidropereeterifikasiyalashda ko’p 
marta ishlatilgan, gidrogenlash aktivligi pasaygan katalizatordan foydalaniladi.
Sanoatda plastik oziqa salomasi ishlab chiqarish uchun suyuq o’simlik 
moylarini hayvon yog’lari yoki palma moyi bilan aralashmasini selektiv 
gidrogenlash, izomerlash va trigliseridlarni qisman pereeterifikasiyalash jarayonlari 
birgalikda qo’llaniladi. 
Hayvon yog’lari va palma moylari tarkibida yuqori haroratda eriydigan di – 
va uch to’yingan gliserid ko’rinishdagi palmitin va stearin kislotalari mavjud bo’lib, 
ular bu yog’larning 50%ni tashkil etadi. Bundan tashqari, ular tarkibida 3%gacha 
linolen kislotasi ham bo’lib, u yog’larni oksidlanishga chidamliligini keskin 
pasaytiradi. Bu yog’larni gidrogenlangan yog’ga aralashtirilganda, olinadigan 
kompozisiya margarin mahsulotlariga mo’ljallangan yog’ning sifat talablariga mos 
kelmaydi. Shuning uchun eritilgan hayvon yog’lari margarinning yog’li asosida 
ishlatilmaydi. Palma moyining margarin mahsulotlarining yog’li asosidagi miqdori 
ham cheklangan. Suyuq o’simlik moylarining hayvon yog’lari yoki palma moyi 
bilan aralashmasini nikel katalizatorida gidrogenlash, margarin mahsulotlarida 
ishlatiladigan xossalari, suyuq o’simlik moylaridan olingan salomasning 
xossalaridan farq qilmaydigan, salomas olish imkonini beradi.
Gidrogenlashning geterogen katalizatorlari trigliseridlar gidrolizini ham 
tezlashtiradi. Gidrogenlangan yog’larning gidrolizi natijasida erkin yog’ kislotalari, 
digliseridlar, monogliseridlar va gliserin hosil bo’ladi. Bu moddalarning bir qismi 
metan va boshqa uglevodorodlar, akrolein, aldegidlar, ketonlar, CO
2
va 
boshqalargacha parchalanadi. Erkin yog’ kislotalari katalizator va apparat metallari 
bilan reaksiyaga kirishib, nikelli, misli, temirli va boshqa sovunlarni hosil qiladi. 
Agar gidrogenlash vodorodni katalizatorga borishini cheklash bilan olib 
borilsa, u holda katalizator yuzasida to’yinmagan yog’ kislotalarning dimerizasiyasi, 
siklizasiyasi va polimerlanishi yuzaga keladi. Xom ashyodagi aralashmalarni, 


190 
jumladan oltingugurt birikmalari, fosfolipidlar va ularning parchalanish 
mahsulotlari, yog’ kislotalarning natriyli tuzlari, tabiiy pigmentlar, yog’larni 
dastlabki oksidlanish mahsulotlari va boshqalarni katalizator bilan ta’sirlashishidan 
ham bir qator qo’shimcha reaksiyalar sodir bo’ladi. Yuqorida sanab o’tilgan 
reaksiyalar salomas sifati va unumdorligini pasaytiradi, uni katalizatordan ajratishni 
va keyingi rafinatsiyalash jarayonini qiyinlashtiradi, gidrogenlash uskunalarining 
unumdorligini kamaytiradi, hamda katalizator va vodorod sarfini ko’payishiga olib 
keladi. 
Qo’shimcha reaksiyalarni oldini olish uchun gidrogenlanadigan xom ashyo va 
vodorod yaxshilab tozalanishi va gidrogenlash harorati 170-200
0
Sgacha 
pasaytirilishi lozim. 

Download 3,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish