Katalitik modifikasiyalash



Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/108
Sana26.02.2022
Hajmi3,92 Mb.
#472968
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Bog'liq
fayl 2085 20211108



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI 
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI 
Y.Q. Qodirov, A.T. Ruziboyev, A.A. Abdurahimov 
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA 
KATALITIK MODIFIKASIYALASH
Oliy o’quv yurtining 5A321001 – «Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va 
qayta ishlash texnologiyalari (Yog’larni qayta ishlash texnologiyasi)» magistratura 
mutaxassisligi talabalari uchun 
DARSLIK 
Toshkent-2020



Taqrizchilar: 
“O’zyog’moysanoat” uyushmasi xizmt boshlig’i 
b.f.n. S.A. Yusupov 
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, “Kimyo” kafedrasi dotsenti, 
t.f.n., dots. A.N. Axmedov 
Yog’larni rafinatsiyalash va katalitik modifikasiyalash.
5A321001 – 
«Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyalari 
(Yog’larni qayta ishlash texnologiyasi)» magistratura mutaxassisligi talabalari 
uchun darslik sifatida tavsiya etiladi / Y.Q. Qodirov, A.T. Ruziboyev,
A.A. Abdurahimov 
Darslikda yog’ va moylarni gidratlash, rafinatsiyalash, oqlash, 
hidsizlantirish, gidrogenlash va pereeterifikasiyalash texnologiyalariga oid 
ma’lumotlar keng yoritilgan. Yog’larni katalitik modifikasiyalash katalizatorlari 
haqida ma’lumotlar berilgan. Yog’ va moylarni rafinatsiyalash hamda katalitik 
modifikatsiyalashning barcha bosqichlari bo’yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot 
ishlaridan sharxlar keltirilgan.



KIRISH
 
Dunyo miqyosida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o’sishi 
aholi soni va ehtiyojlarining ko’payishidan ortda qolayotgani sohada amalga 
oshirilishi lozim bo’lgan ishlarning ko’lami kengligidan dalolatdir. Shu bois 
yuritilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har 
tomonlama, jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni 
modernizasiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha 
ustuvor yo’nalishlarni amalga tatbiq etish maqsadida Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyev 2017 yil 7 fevral kuni “O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish 
bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi farmonini imzoladi va 2017-2021 
yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi 
bo’yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi

Ayniqsa, Prezidentimizning agrar 
sohaga ilg’or agrosanoat texnologiyalarini jalb etish, qishloq xo’jaligi 
infratuzilmasi, irrigasiya va meliorasiya tizimlarini rivojlantirish va rekonstruksiya 
qilish, marketing va jahon bozorlariga chiqish bo’yicha yangi texnologiyalarni joriy 
qilish zarurati va bunda xorijiy investisiyalarning tutgan o’rni haqidagi mulohazalari 
e’tiborga molikdir[1].
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur tahlili, 
bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o’zgarib, globallashuv sharoitida 
raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar 
bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab 
chiqish va ro’yobga chiqarishni taqozo etmoqda. Dunyoda bugungi kunda aholini 
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda va oziq-ovqatga bo’lgan maqbul darajadagi 
ehtiyojini qondirishda oziq-ovqat sanoati muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning 
uchun mahalliy oziq-ovqat va xomashyo ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish, 
bozorga xavfsiz va sifatli oziq- ovqat mahsulotlarini iste’mol me’yorlarida 
o’rnatilgan assortimentda yetkazish asosiy vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. 
Mamlakatning kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan asosiy 
talablardan biri o’sib borayotgan yosh, barkamol avlodni tegishli yo’nalishdagi 
ixtisosliklar bo’yicha darslik va o’quv adabiyotlari bilan ta’minlashdan iboratdir. 



Ushbu darslik “Yog’larni rafinatsiyalash va katalitik modifikatsiyalash” 
fanining dasturi hamda professor Y.Q. Qodirov qo’lyozma ma’lumotlari asosida 
yozilgan. 
«Yog’larni rafinatsiyalash va katalitik modifikasiyalash» fanining vazifasi 
magistrantlar tomonidan texnologik jarayonlarni nazariy asoslarini o’simlik 
moylarini rafinatsiyalash, gidrogenlash va pereeterifikasiyalashni texnologik 
rejimlari, shuningdek mahsulotning sifatini boshqarish asoslari, xomashyo, chiqindi, 
oraliq va tayyor mahsulotlarning analiz usullarini chuqur va har tomonlama 
o’rganishdir. 
Fanning vazifasiga nafaqat yuqori malakali kadrlarni, balki korxona yoki uni 
bo’limlarini hukumat qarorlaridan kelib chiqqan vazifalarni tez va to’g’ri bajarishni 
tashqi qila oladigan qobiliyatli rahbarlarni ham tayyorlash kiradi. 
Darslik ikki bobdan iborat bo’lib, birinchi bobida yog’ va moylarni gidratlash, 
ishqoriy rafinatsiyalash, oqlash, hidsizlantirish texnologiyalariga oid ma’lumotlar 
hamda olimlar tomonidan rafinatsiyalash texnologiyasini takomillashtirish bo’yicha 
olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlaridan sharxlar keltirilgan. 
Ikkinchi bobda yog’ va moylarni gidrogenlash, pereeterifikasiyalash, vodorod 
ishlab chiqarish texnologiyalariga oid ma’lumotlar keng yoritilgan. Yog’larni 
katalitik modifikasiyalash katalizatorlari haqida ma’lumotlar berilgan. Yog’ va 
moylarni katalitik modifikatsiyalash bo’yicha olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy 
tadqiqot ishlaridan sharxlar keltirilgan. 
Darslik zamonaviy va xorijiy adabiyotlar asosida tuzilgan bo’lib, talabalar, 
magistrlar, doktorantlar, ilmiy xodimlar va ishlab chiqarish korxonalarining 
mutaxassislari foydalanishlari mumikin. 
Darslik birinchi marta o’zbek tilida tayyorlanganligi sababli unda ayrim 
nuqson va kamchiliklarni bo’lishi tabiiydir. Binobarin, bu borada o’z fikr-istaklarini 
va tanqidiy mulohazalarini bildirgan kitobxonlarga mualliflar o’z minnatdorchiligini 
bildiradi. 

Download 3,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish