Moliyaviy menejment



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/45
Sana26.02.2022
Hajmi1,26 Mb.
#471255
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni takomillashtirish

Xulosa va takliflar: 
Xulosa qilib aytadiga bo’lsak iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida 
davlat budjeti daromadlarini oshirish, budjet balansini bir me’yorda ushlab turish, 
davlat budjeti mablag’larini aniq maqsadli yo’naltirish va ulardan samarali 
foydalanish rivojlanayotgan davlatlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 
Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlarga nazar tashlaydigan bo’lsak, 
bugungi rivojlanish jarayonida, yuqorida keltirib o’tilgan ishlarni amalga ishirish 
jarayoni ketayotganini ko’rishimiz mumkin. 
Bitiruv malakaviy ishimizning bu qismida biz yuqorida amalga oshirilgan 
tahlil va tadqiqot natijalariga asoslangan holda davlat budjeti mablag’laridan 
samarali foydalanish maqsadida chiqarilgan asosiy xulosalar va ishlab chiqilgan 
tavsiyalarni, qisqacha tarzda aks ettirishga harakat qilamiz. Ular quydagilardan 
iborat: 
1.
Davlat budjeti xarajatlarini amalga oshirishda tarqoq xoldagi tijorat 
banklarida ochilgan xisob raqamdan, markazlashgan tartibda Markaziy 
bankda ochilgan yagona g’azna xisob raqamidan xarajatlarni amalga oshirish 
tashkil etildi.
2.
Budjet intizomini ta’minlashda budjet mablag’larini belgilangan miqdorda 
shakllantirishda O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi ma’sul 
bo’lsa, budjet mablag’laridan samarali foydalanish yuzsidan esa O’zbekiston 
Respublikasi G’aznachilik boshqarmasi va O’zbekiston Respublikasi Nazorat 
– taftish boshqarmasiga katta ma’suliyat yuklandi. 
3.
Amalda bo’lgan tasdiqlangan budjet xarajatlari miqdori va budjet 
tashkilotlarining smeta xarajatlari doirasida xarajatlarini moliyalashtirishdan 
budjet tashkilotlarining yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro’yxatga olish 
orqali,xar bir budjet tashkilotlari xarajatlarini mablag’ bilan taminlash 
amaliyotiga utildi.
4.
Budjet mablag’laridan oqilona foydalanishda samarali nazorat tizimini 
shakllantirmasdan turib erishib bo’lmaydi. Ma’lumki budjet jarayoning asosiy 
bosqichlaridan biri davlatning moliyaviy nazorati hisoblanadi. Moliyaviy 


84 
nazorat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan nazorat faoliyatining tarkibiy 
qismi hisoblanadi.
5.
G’aznachilik organlari budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar xarajatlari, 
to’lovlarini amalga oshirish doirasida dastlabki va joriy nazoratni amalga 
oshirish imkoniga ega bo’ldi. Bu o’z navbatida mablag’larni ishlatilishini 
nazorat qilish imkonini berdi.
6.
Budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar tovarlar (ish, xizmatlar) xarid qilishi 
bo’yicha ma’lum o’rnatilgan narxlarini shakllantirish va shu asosda 
xarajatlarni amalga oshirish tartibi o’rnatildi. Natijada budjet mablag’larini 
suiste’mol qilinishini oldini olish imkoniyati yaratildi.
7.
Davlat budjeti g’azna ijrosini taminlovchi tizimlashgan operativ organ 
faoliyatiga asos solindi. Bu esa muayyan vaqt xolatiga budjet xarajatlari ijrosi 
bo’yicha tezkor ma’lumotlarni olish, bo’sh turgan pul mablag’larini zaruriy 
xarajatlarni amalga oshirish uchun yo’naltirish imkonini beradi.
Chiqarilgan xulosalarga tayangan holda davlat budjeti mablag’laridan 
samarali foydalanishni takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan dolzarb muommolarni 
hal etish maqsadida quyidagi ilmiy amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi

1.
Budjet intizomini mustahkamlash maqsadida budjet mablag’laridan samarali 
va oqilona foydalanishning asosiy shartlaridan biri tejamkorlik rejimidagi 
xarajatlarni nazorat qilish normalariga qat’iy rioya qilishdir. Buning uchun 
budjetdan ijtimoiy, ijtimoiy- madaniy tadbirlarni moliyalashtiriladigan 
mablag’lardan tashqari boshqa xarajatlarni bosqichma – bosqich kamaytirish 
va me’yordan ortiqcha amalga oshirilgan xarajatlarni budjet hisobotlariga 
debitorlik va kreditorlik qarzlari sifatida qabul qilish amaliyotiga chek 
qo’yish zarur.
2.
Hozirgi kunda davlat budjeti mabllag’laridan samarali foydalanishni 
takomillashtirish uchun eng avvalo, budjet mablag’laridan tejab – tergab, 
samarali va aniq foydalanish hamda budjet intizomini mustahkamlash uchun 
g’aznachilik tizimini yanada takomillashtirib, ishlarni jahon standartlariga 
mos ravishda olib borish zarur.


85 
3.
Budjetdan mablag’ oluvchi muassasalarning moddiy texnik bazasini inobatga 
olgan holda, budjetdan mablag’ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlaridan 
amalga oshirilgan to’lovlar ko’chirmasini (vipiska) o’z muddatlarida 
hisobotlarda aks ettirilishini ta’minlash maqsadida, ushbu hujjatlarni tegishli 
operatsiyalar amalga oshirilgandan so’ng g’aznachilikda to’g’ridan-to’g’ri 
budjet muassasasiga elektron tarzda yuborish va shu asosda budjet 
muassasalari tomonidan hisobotlarni o’z vaqtida va sifatli tuzishga erishish 
maqsadga muvofiq bo’lardi
4.
Davlat budjetini shakllantirish va uning mablag’laridan foydalanish ustidan 
operativ nazoratni ta’minlash maqsadida o’z faoliyatlari bilan bog’liq 
munosabatlar doirasida budjet tizimini boshqarish organlari doirasida 
integrallashgan axborot tizimlarini yaratish lozim .
5.
Budjet intizomini mustahkamlash maqsadida budjet xarajatlaridan samarali 
va oqilona foydalanishning asosiy shartlaridan biri tejamkorlik rejimidagi 
xarajatlarni nazorat qilish normalariga qat’iy rioya qilishdir. Buning uchun 
budjetdan ijtimoiy madaniy tadbirlarni moliyalashtiradigan mablag’lardan 
tashqari boshqa xarajatlarni bosqichma bosqich optimal darajada kamaytirish 
zarur. 
Yuqoridagi takliflarni amaliyotga tadbiq etlishi davlat budjeti mablag’laridan 
samarali foydalanishda ijobiy natijalar beradi deb hisoblaymiz. 


86 

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish