Moliyaviy menejment



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/45
Sana26.02.2022
Hajmi1,26 Mb.
#471255
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45
Bog'liq
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni takomillashtirish

AQSh mahalliy soliqlari 
asosan: ijtimoiy ta’minot, yo’l qurilishi, sog’liqni-
saqlash, xalq ta’limi mahalliy soliqlarga kiradi. Respublikamiz mahalliy soliqlariga 
esa: mol-mulk solig’i, yer solig’i, reklama solig’i, yagona soliq va boshqa yig’imlar 
ham kiradi.
Amerika Qo’shma Shtatlarida qimmatli qog’ozlar bozori ancha rivojlangan va 
bu tizimdan ham juda katta daromad olish imkoniyati mavjudligi tufayli mamlakat 
budjetiga ushbu operatsiyalardan ham ma’lum miqdorda soliq tushumlari tushadi. 
Respublikamiz hududida esa aksincha, ya’ni qimmatli qog’ozlar bozori hali to’liq 
shakllanmaganligi sababli ham soliq tushumlari kam. Respublikamiz soliq tizimida 
ham yanada bu bozorni rivojlantirish maqsadida ushbu operatsiyalardan, ya’ni 
qimmatli qog’ozlar operatsiyasidan daromad oluvchi huquqiy shaxslarga soliqlardan 
imtiyoz berilgan.
Hozirgi kunda 
Fransiya
mamlakati soliq tizimida 3 ta yirik soliq guruhlari 
mavjud:

Daromadlarni olish vaqtidan to’lanadigan daromad solig’i.

Daromad sarflanish vaqtida undiriladigan iste’mol soliqlari.

Kapitalga solinadigan soliqlar guruhi.
Fransiya budjet tizimining asosiy bo’g’ini bo’lib qo’shilgan qiymat 
solig’i(QQS) hisoblanadi. Dunyo bo’yicha Fransiya QQSning vatani sifatida tan 
olingan. Bu soliq 1950 yillarning boshlarida joriy etilgan bo’lib 60 yildan ortiq amal 


75 
qilib kelmoqda. Aynan Fransiyada davlat xarajatlarini moliyalashtirishda egri 
soliqlardan foydalanish kabi boy an’ana uzoq muddatdan beri davom ettirib 
kelmoqda. Fransiyada QQS mamlakat ichida iste’mol qilingan va ishlatilgan barcha 
tovar va xizmatlarni qamrab oladi. Tashqi dunyo bilan aloqador barcha operatsiyalar 
QQSdan ozod qilingan.
QQS solig’i qisman to’lovlar metodi orqali undiriladi va mamlakatdagi 
umumiy soliq tushumlarining 45 % ni tashkil etadi. QQS stavkalarining 4 turi 
mavjud bo’lib bular:

18,6 % normal stavka barcha Tovar va xizmat turlariga; 

33,3 % yuqori stavka hashamat buyumlari, mashina, alkogol va tamakiga; 

7 % qisqartirilgan stavka madaniy turmush buyumlari (Kitoblar) 

5,5 % birinchi darajali Tovar va xizmatlar uchun (oziq ovqat – bundan 
alkogol va shokolad istisno; dori-darmon, turar-joy, transport) 
Fransiyada QQS to’lovchilarining soni 3 mln kishi. Hisob-kitob ishlari 
korxonalarning o’zida olib boriladi; soddalashtirilgan xisobda – soliq xizmati orqali. 
Kichik korxonalar dekloratsialarni yil davomida to’ldirshlari mumkin. QQS 
budjetga dekloratsialarga asoslangan xolda oyma-oy kiritib boriladi. Korxonalar 
soliq markazlariga dekloratsiya va soliqni to’lash uchun chekni taqdim etadilar. 
QQS ni to’lashda Tovar aylanmasiga qarab kvartallik va yillik to’lov muddatlari 
mavjud. Eksport bilan shug’ullanuvchilar uchun QQS kompensatsiasi oyma-oy 
amalga oshiriladi. Qolgan turdagi faoliyatlar uchun kvartallik to’lovklar joriy 
etilgan.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i har yili moliya yili 
tugugandan so’ng kelgusi yilning boshida deklaratsiya orqali undiriladi. Ushbu soliq 
budjetning soliqli tushumlarini 20 % ni tashkil etadi. Ushbu xolat o’ziga xos tarixiy 
xususiyatlar bilan bog’liq bo’lib, Hukumat jamiyat iste’mol fondlarini 
rivojlanmaganligi xolatida daromad solig’ini ijtimoiy siyosat olib boorish uchun 
ishlatadi. Daromad solig’i oilalarni rag’batlantirish, kam ta’minlanganlarga yordam 
ko’rsatishda qo’llaniladi. Daromad solig’iga quyidagi funksiya yuklatilgan : 
aholining jamg’armalarga, ko’chmas mulkka, aktsiyalar sotib olishga qo’yilmalarini 
rag’batlantirish. Bularning barchasi xisob – kitobning murakkab tizimini va ko’plab 


76 
imtiyoz va ayirmalarni vujuda keltiradi. Shu tufayli 25 mln soliq to’lovchilardan 
faqatgina 15 mln (52 %) soliq to’laydi. Mamlakatning barcha jismoniy shaxslari 
qolaversa aktsionerlik jamiyati bo’lmagan barcha kooperativ va korxonalar 
potensial soliq to’lovchilar hisoblanadi. Ushbu soliq yagona hisoblanib, yagona 
progressive shkala bo’yicha ayirib boriladi, lekin shu bilan birga soliq to’lovchining 
iqtisodiy, ijtimoiy, oilaviy ahvoli va Yoshi hisobga olinadi. O’sib borish stavkasi 
(progressia stavkasi) daromadga qarab 0 % dan 56,8 % gacha bo’lishi mumkin. Har 
yili inflatsiya jarayonlari hisobga olingan holda ushbu shkala aniqlashtirilib, joiz 
bo’lsa o’zgartirishlar kiritilib boriladi. Daromad solig’ini Fransiya xududida 
isteqomat qiluvchi barcha to’lashi, qolaversa ba’zi xollarda kelishuvlarga binoan 
Fransiya xududidan tashqaridagilar ham to’lashi lozim. Ushbu to’lovning printsipial 
o’ziga xosligi – jismoniy shaxsninggina emas balki oilanig daromadidan ushbu soliq 
to’lanishi lozim. Soliq to’lovchi tomonidan o’tgan yilgi daromadlarga asoslanib bir 
yilda bir marotaba to’ldiriladigan dekloratsiyada ko’rsatilgan umumiy summadan
to’lanadi. Bu holat soliqni undirish va nazorat qilishda qiyinchiliklar keltirib 
chiqaradi, to’lovlarni budjetga tushish jarayonini sekinlashtiradi. Qolaversa yil 
davomida daromadlar tushib ketsa soliqni undirish bilan muammolar kelib chiqishi 
mumkin. 
Fransiya soliq tizimini O’zbekiston soliq tizimi bilan o’xshashliklari juda 
ko’pdir. Frantsiya soliqlari umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linishi 
O’zbekiston Respublikasining soliqlarining bo’linishiga o’xshashdir. 
Fransiyada markaziy hukumat budjet daromadlarining asosiy 93% ni soliq 
to’lovlari tashkil etadi. Budjet daromadlarining qolgan qismini maxsus daromadlar 
tashkil qiladi. Maxsus daromadlar asosan ijtimoiy fondlarga to’lovlar tashkil etadi. 
O’zbekiston Respublikasida markaziy hukumat budjet daromadlarining asosiy 
qismini 93-95%ni soliq to’lovlari tashkil etadi. Qolgan qismini pensiya fondi, 
bandlik fondi, yo’l fondi kabi fondlarga to’lovlar tashkil etadi. 
Iqtisodiy mohiyatiga ko’ra Fransiya va O’zbekiston Respublikasini soliq 
tizimi to’g’ri soliqlar va egri soliqlarga ajratiladi. To’g’ri soliqlar o’z navbatida 
yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar, jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, 
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlardir. 


77 
Egri soliqlar tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i va bojxona 
bojlari kiradi. Bu soliqlarni tarkibi Frantsiyaga taaluqli bo’lib, egri soliqlar tarkibi 
O’zbekiston Respublikasini egri soliqlari tarkibi bilan bir xildir.
O’zbekiston Respublikasining to’g’ri soliqlar tarkibiga yuridik shaxslardan 
olinadigan daromad solig’i, ekologiya solig’i, savdo tashkilotlarini yalpi daromad 
solig’i, reklama solig’i, mol-mulk solig’i, yer solig’i, infratuzilmani rivojlantirish 
solig’i, yagona soliq, mahalliy yig’imlar va boshqa soliqlar kiradi.
O’zbekiston jismoniy shaxslaridan undiriladigan soliq Fransiya jismoniy 
shaxslaridan olinadigan soliqqa mohiyatan o’xshab ketadi. Ularning biroz farqi 
stavkalaridadir.
Fransiya budjetiga mol-mulkka solinadigan soliq ham katta daromad keltiradi. 
Mol-mulk solig’ining ob’ekti bo’lib qo’yidagilar hisoblanadi: mol-mulk, mulkiy 
huquq, qimmatli qog’ozlar. Mol-mulk tarkibiga binolar, inshoatlar, sanoat va 
qishloq xo’jaligi korxonalari xarakterlanadi. Mol-mulk, chorva mollari va ko’p 
yillik daraxtlar kiritiladi. Ushbu soliq progressiv xarakterga ega bo’lib, 
tabaqalashtirilgan. Fransiyada shu narsaga alohida e’tibor berilganki daromad solig’i 
bilan mol-mulkka solinadigan soliqning birgalikdagi umumiy summasi jami 
daromadning 85 foizidan ortib ketmasligi kerak.
O’zbekistonda mol-mulk solig’i Fransiyadagi mol-mulk solig’i bilan deyarli 
bir xil ahamiyatga ega bo’lib, ular soliq stavkalari va hisoblanishi jihatidan farq 
qiladi. 
Mamlakatda davlat moliyasini boshqarishni, jumladan davlat budjetini ijro 
etishda asosiy mexanizmlardan hisoblangan g’aznachilik tizimini tashkil etish va 
shakllantirishda xorijiy va MDH mamlakatlarining tajribasi muhim o'rin egallaydi. 
O'zbekiston ular tajribasidan oddiy nusxa olmaydi, chunki mamlakatimiz davlat 
boshqaruvini tashkil etish, Iqtisodiy va huquqiy munosabatlarni boshqarish sohasida 
o'ziga xos yo'nalishga ega. Biroq, bu hol g’aznachilik tizimini tashkil etish va 
rivojlantirish borasidagi xalqaro tajribani o'rganishning ahamiyatini umuman 
pasaytirmaydi. 
Tajribadan shu narsa ma'lumki, O'zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy mamlakatlar 
bozor mexanizmlarini ko'r-ko'rona, sun'iylik bilan tadbiq etib bo'lmaydi, chunki 


78 
jamiyat a'zolari o'rtasida shunday an'anaviy ierarxik munosabatlar tizimi 
shakllanganki, ularni mensimaslik, keskin qarorlar qabul qilish chog’ida ularni 
e'tiborga olmaslik turli noxush holatlarga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, 
iqtisodiyotni 
boshqarishning 
jahon 
amaliyotida 
tan 
olingan 
bir 
qator 
mexanizmlarini, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish sharoitlarimizga tegishli tarzda 
moslashtirgan holda, qo'llash va ijobiy foydalanish maqsadga muvofiqdir. Budjet 
mablag’laridan oqilona va samarali foydalanishni ta'minlovchi shunday 
mexanizmlardan biri - davlat budjeti ijrosining g’aznachilik tizimidir.

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish