66
3-BOB. Davlat budjeti mablag’laridan foydalanishda g’aznachilik
tizimi rolini oshirish masalalari.
3.1. Davlat budjeti mablag’laridan foydalanishda g’aznachilik tizimi rolini
oshirish masalalari.
Respublikamizda moliya va budjet tizimini mustahkamlash borasida tub
islohotlar
amalga
oshirilmoqda. Shulardan
biri
g’aznachilik
tizimini
shakllantirishdir. G’aznachilik tizimi budjet mablag’larining moliyaviy oqimini
boshqarish, budjet resurslarining kam miqdordagi qoldiqlari bilan budjet
xarajatlarining joriy ijrosini ta'minlash imkonini beradi, bunda davlat budjeti
daromadlari va xarajatlarini tezkor va yakuniy balanslashtirishga erishiladi.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi g’aznachilik tizimini O'zbekistonda
ham joriy etish va rivojlantirish, davlatning moliya axborot tizimini shakllantirish,
tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini beradiki, bu davlat moliyasini samarali
boshqarishni ta'minlaydi. Unumli faoliyat ko'rsatishning asosiy shartlaridan biri
zamonaviy kompyuterlar texnologiyasi va aloqa tizimidan foydalanishdir.
G’aznachilik organlarida barcha bosqichlarni, budjetdan mablag’ oluvchilar va
budjet mablag’i taqsimlovchilarining o'zaro aloqasini elektron axborotlar bilan
ta'minlaydigan va avtomatlashtirilgan tizimga rahbarlikni amalga oshiradigan
axborot bo'limi mavjud bo'ladi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining xarakterli
tomoni shundaki, moliyaviy resurslarning, jumladan, davlat moliyaviy
resurslarining cheklanganligidir.
Budjet mablag’larining yetishmasligi va daromadlarning o'z vaqtida va to'liq
tushmasligi budjet ijrosida yangi mexanizmlarni qo'llashni talab etadi. Rivojlangan
davlatlarda moliyani boshqarish asosan g’aznachilik tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ma'lumki, bozor iqtisodiyotida davlatning moliyaviy resurslarini boshqarish
ahamiyati beqiyos hisoblanadi, shu sababli yurtimizda Davlat budjeti ijrosini amalga
oshirishda g’aznachilik tizimiga o'tish zaruriyati paydo bo'lmoqda.
Respublikamizda mahalliy budjetlar orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini moliyaviy mablag’lar bilan ta'minlashda, qabul qilingan ijtimoiy
dasturlarni, birinchi navbatda aholining ijtimoiy himoyalangan tabaqalarini aniq
67
tarzda qo'llab-quvvatlash, sog’lom avlodni tarbiyalash asosida farovonlikni
oshirishga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatning ta'sirchanligi va aniq tarzda
moliyaviy qo'llab-quvvatlashni kuchaytirishda mahalliy budjetlar samarali ijrosining
ahamiyati katta hisoblanadi. Davlat budjeti ijrosining yangi mexanizmini amaliyotga
kiritish bugungi kunda budjet islohotlarining yirik yo'nalishlaridan biri desak, xato
bo'lmaydi. Chunki davlat moliyasini to'g’ri boshqarish zaruriyati mavjud, budjet
mablag’laridan maqsadli foydalanish uchun budjet xarajatlarining nazoratini
kuchaytirish talab etiladi.
Davlat budjetini g`aznachilik ijrosi jarayonida davlat budjet mablag`larini
maqsadli sarflanishi ustidan uch etapli nazorat olib borish ko`zda tutadi, ya`ni
dastlabki, joriy va keyingi nazorat. Dastlabki nazorat tovar, ish va xizmatlar
yetkazib beruvchilar oldida budjet tashkilotlar tomonidan majburiyatlarni qabul
qilinishi (shartnoma, kontrakt tuzish) bosqichida amalga oshiriladi. Shu bilan birga
g`aznachilik organlari dasturiy ta`minot yordamida to`lov maqsadi va shartlarini
rejalashtirilgan budjet ajratmalarida ko`zda tutilgan hajmlar shartnomasiga
muvofiqligini tekshirish imkoniyatiga ega. Tovar, ish va xizmat yetkazib
beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarga asoslangan holda majburiyatlarni
ro`yxatga olish, yetkazib beruvchilar bo`yicha yagona ma`lumotlar bazasini tashkil
etish imkoniyatini yaratadi, mazkur baza narxlarni optimallashtirish va budjet
tashkilotlariga sifatli tovarlar yetkazib berilishiga yordam beradi.
G’aznachilikni samarali xizmat faoliyat ko'rsatishining asosiy shartlaridan biri
zamonaviy kompyuter texnologiyasi va aloqa tizimidan foydalanish ham o'z aksini
topishi zarur. Shuning uchun bugungi kunda g’aznachilik faoliyatini axborotlar
bilan ta'minlash xizmati tizimsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Shuni aytib o'tish kerakki,
g’aznachilik organlarini zamonaviy kompyuter texnologiyasi va aloqa uzatish
vositalari bazasida axborotlar bilan bog’liq xizmatlar g’aznachilikni joriy qilish
bilan mos ravishda olib borish dolzarb masala bo'lib qolmoqda.
G’aznachilik bo'limlari tomonidan tovar (ish, xizmat)larning narxlarini
samarali monitoringini o'rnatish uchun respublikamizda yagona axborot bazasini
tashkil etilishi, narxlarning haqqoniy baholanishi imkoniyatini yaratgan holda budjet
68
mablag’lari samarali ishlatilishi bilan bog’liq xizmatlarni amalga oshirilishini
ta'minlaydi.
Davlat moliyasini isloh qilish loyihasining yana bir yo'nalishi - bu budjet
tashkilotlarida avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobini joriy etish va uni
g’aznachilikning yagona axborot tizimi bilan uyg’unlashtirishdan iborat.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2013 yil 30 apreldagi 63-sonli
“O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimida hamda budjet tashkilotlarida
zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada takomillashtirish va
joriy etish chora-tadbirlari to'g’risida”gi buyrug’iga muvofiq, 2013 yil davomida
“O'zASBO” Kompyuter dasturini sinovdan o'tkazish va bir qator mahalliy
budjetlardan mablag’ oluvchilarning hammasini “O'zASBO” kompyuter dasturiga
ulash ishlari olib borildi.
“O'zASBO” kompyuter dasturi davlat budjetidan budjet mablag’lari
oluvchilarning, shu jumladan respublikaning barcha mintaqalarida joylashgan budjet
tashkilotlarining moliyaviy-hisob bo'limi xodimlari tomonidan buxgalteriya hisobi
bo'yicha operatsiyalarni yuritishni avtomatlashtirish jarayoni uchun mo'ljallangan
bo'lib, budjet tashkilotlaridagi buxgalteriya hisobini kompleks avtomatlashtirishni
ta'minlaydi. “O'zASBO” KD:
budjet tashkilotlaridagi buxgalteriya hisobining to'liq tsiklini o'z ichiga olgan
buxgalteriya hisobi bo'yicha operatsiyalarni avtomatlashtiradi;
“Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi bo'yicha Yo'riqnoma”ning va
budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti bo'yicha boshqa
me'yoriy-huquqiy hujjatlarning talablariga to'liq muvofiqlikni ta'minlaydi;
Moliya
vazirligining
ma'lumotlar
markazida
budjet
tashkilotlari
ma'lumotlarining
markazlashtirilgan
tarzda
saqlanishi
va
yuqori
ishonchliligini ta'minlaydi;
“g’aznachilik-4” KD va boshqa mavjud kompyuter dasturlari bilan
integratsiyalashuv uchun keng imkoniyatlar beradi;
budjet tashkilotlari mablag’larini jiddiy tejaydi, shu jumladan Moliya vazirligi
va moliya organlari bilan o'zaro ta'sirlashuv asosida;
69
budjet tashkilotlari xodimlariga dasturdan foydalanish huquqini beradi, ular
Moliya vazirligining Axborot-hisoblash markazidan olingan “O'zASBO”
KDga kirish uchun loginlar va parollarga muvofiq Moliya vazirligining
dasturiy maydonchasidan foydalanishlari mumkin.
“O'zASBO” KDni joriy etish bo'yicha ishlar natijasida quyidagi maqsadlarga
erishish ko’zda tutilgan:
barcha budjet tashkilotlari uchun yagona “O'zASBO” KD versiyasi yaratilgan
va qo'llaniladi, bu unga o'zgarishlarni markazlashtirilgan tarzda kiritish,
shuningdek ma'lumotlarni ishonchli saqlash va rezervlashni ta'minlaydi;
barcha mintaqalarda joylashgan budjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobi va
hisoboti bo'yicha ma'lumotlar bazasi tuzilmasi yaratilgan;
buxgalteriya hisobi va hisobotining yagona metodologiya bo'yicha yuritilishini
ta'minlaydigan markazlashtirilgan ma'lumotlar bazasi yaratilgan;
tarixiy xronologiyani kuzatib borish, hisob davrlari, shu jumladan budjet
tashkilotlarining avvalgi yillardagi faoliyati davrlari bo'yicha hisob yuritish
imkoni berilgan;
tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan analitik va sintetik hisob
yuritish bo'yicha registrlarni (vedomostlar, Bosh kitob va h.k.), turli joriy va
davriy hisobotlarni (1-, 2-son shakllar, balans va unga ilovalar va h.k.) yuritish
va ularni qog’ozga tushirish imkonini beradi.
Dastur umumiy markazlashtirilgan serverga, saqlash va ma'lumotlarni ishlash
bo'yicha yagona tizimga ega bo'lgan yagona integratsiyalangan apparat-dasturiy
kompleksdir. Foydalanuvchilar dasturdan foydalanish uchun WEB-texologiyalarni
qo'llagan
holda
Moliya
vazirligining
dasturiy
maydoniga
kiradilar
(
http://www.mdm.uz
).
“O'zASBO” KD tarkibiy tuzilmasi funktsionallikni boshqaruv darajalari
bo'yicha taqsimlashni, boshqa turdosh axborot tizimlari bilan informatsion o'zaro
ta'sirlashuvni o'z ichiga oladi.
O'zASBO” KD amaliy dasturiy ta'minotning boshqa tizimlar bilan o'zaro
axborot ta'sirlashuvi “g’aznachilik-4” KD, shuningdek dasturiy komplekslar
70
o'rtasidagi himoyalangan aloqa kanallari orqali moliyaviy axborotning yagona
ma'lumotlar bazasi bilan axborot ta'sirlashuvidan iborat.
Dastur bir vaqtda 30000 tagacha foydalanuvchining qulay ishlashini ta'minlay
oladi. Bunda xodimlarning, dastur bilan bevosita ishlaydigan xodimning axborot
texnologiyalari sohasidagi malakasi davlat sektoridagi ofis xodimining axborot
texnologiyalari bo'yicha bilimlariga qo'yiladigan talablar bilan cheklanishi mumkin.
G’aznachilik tizimining avval amal qilgan tizim oldidagi yana bir ustun
tomonlaridan biri bu vaqt menejmenti nuqtai nazaridan, insonning eng qimmatli
resurslaridan biri bo'lmish vaqtning tejalishidir, ya'ni bunda tovar yetkazib beruvchi
va budjet tashkiloti o'rtasidagi hisob-kitoblar oldingi muddatga nisbatan 2-3 baravar
qisqargan. Kelajakda esa barcha operatsiyalar avtomatlashtirilgan tarzda hech
qanday to'siqlarsiz amalga oshirilishi mablag’larning shartli aylanish tezligining
keskin oshishini ta'minlaydi
.
G’aznachilik xizmati budjet mablag’lari oqimlarini samarali boshqarish,
budjet xarajatlari joriy ijrosiga nisbatan kamroq kassa qoldiqlari bilan qanoatlanish
va uning natijasida davlat budjetini balanslikka erishishga imkoni yaratadi.
G’azna xizmati bank tizimlaridan va boshqa xususiy sektordan olinadigan
qarzlar hajmini keskin kamaytirishga imkon beradi. Rivojlangan g’azna xizmatini
davlat moliyaviy resurslarini malakali boshqarish va budjetni to'xtovsiz ijro etish
hamda budjet mablag’larini oluvchilar tomonidan mablag’larni maqsadli ishlatishni
ta'minlaydi.
G’azna xizmatini yanada rivojlantirish pirovardida g’azna organlari davlat
moliyaviy oqimlarini barcha budjet bo'g’inlari, nobudjet va maqsadli jamg’armalar
resurslari hamda budjet mablag’lari oluvchilarning budjetdan tashqari mablag'larini
ishlatilishiga kompleks xizmat qilishga muvaffaq bo'lishi mumkin. Talab
darajasidagi moliyaviy xizmat, o'z navbatida, budjet mablag’larini belgilangan
muddatlar va hajmlarda budjet tashkilotlariga imkon yaratadi.
Davlat budjetining g’azna xizmatini takomillashtirish masalalari yaqin
yilliklarda
mamlakatimizda
amalga
oshirilayotgan
iqtisodiy
islohotlarni
chuqurlashtirish borasidagi ishlarning muhim qismi hisoblanadi. G’aznachilik
xizmatini
joriy
qilish
evaziga
mahalliy
budjet
resurslarini
boshqarish
71
samaradorligini oshirishda ham jiddiy ilgari siljish yuz berdi. G’aznachilik xizmatini
joriy qilinishi budjetni tayyorlash jarayonini takomillashtirish borasida budjet
siyosatini olib borishni, budjet xizmati sifatini takomillashtirish va xarajatlarni
g’aznachilikning yagona hisob raqami printsipi asosida amalga oshirishda qisqa
muddatli to'lovlar rejasini joriy qilishda, yagona axborot tizimini joriy etishda budjet
ijrosini hisobga olishda va hisobot tayyorlashni yaxshilashda, davlat qarzini tahlil
qilish va rejalashtirishni takomillashtirishda qo'l keladi.
Barcha budjet daromadlarini yagona g’azna hisobvarag’ida jamlash va u
orqali Davlat budjeti xarajatlari to'lovini amalga oshirish, shuningdek, Davlat
budjetining yagona hisobvaraqlar rejasi asosidagi ijrosi to'g’risida buxgalterlik
hisob-kitobi va hisobotini tashkil etish yagonaligini ta'minlash imkonini beruvchi
g’aznachilik axborot xizmatini qo'llash uchun Osiyo Taraqqiyot banki va boshqa
xalqaro moliya institutlarini qarz mablag’larini jalb etish chora-tadbirlarini yanada
kuchaytirish muhimdir.
Shuningdek, xarajatlar smetasi va shtat birliklarini ro'yxatdan o'tkazishda shtat
smeta ko'rsatkichlarini to'g’ri belgilanganligini chuqur tahlil qilish buning natijasida
ortiqcha xarajat va shtat birliklarini ro'yxatdan o'tkazgan moliya organlarining ham
ma’suliyatini oshirish va javobgarlikka nisbatan choralar belgilashni talab etadi.
Barcha g’aznachilik bo'linmalarida "Bank-mijoz" dasturini kiritishini va bu
dastur orqali barcha xizmat operatsiyalarini amalga oshirishda ham muhim
ahamiyatga ega.
Tumanlardagi barcha budjet tashkilotlarni hisob raqamlarni Markaziy bankning
viloyat boshqarmalarida xizmat ko'rsatishni amalga oshirish orqali moliyaviy
majburiyatlarni bajarish mumkin bo'ladi.
Xulosa qilib aytganda O'zbekiston Respublikasida g’aznachilik va davlat
moliyasini boshqarish tizimidagi islohotlardan ko'zlangan maqsad va vazifalar
tadrijiy rivojlanish asosida ma'lum darajada muvaffaqiyatli bajarilmoqda. Erishilgan
natijalar esa davlat budjeti mablag’larini samarali boshqarish, mablag’larning
harakati shaffofligiga erishish, budjet mablag’larini sezilarli tejash, ajratilayotgan
mablag’larning maqsadli ishlatilishiga erishish va pirovardida davlat budjetining
samarali ijro etilishini ta'minlashda o'z aksini topmoqda.
72
Do'stlaringiz bilan baham: |