Moliyaviy menejment


 Davlat budjeti mablag’larini shakllantirish va foydalanishda xorijiy



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/45
Sana26.02.2022
Hajmi1,26 Mb.
#471255
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45
Bog'liq
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni takomillashtirish

3.2. Davlat budjeti mablag’larini shakllantirish va foydalanishda xorijiy 
davlatlar tajribasidan foydalanishning ustuvor yo’nalishlari. 
Biz bilamizki soliqlar jahon miqiyosida budjet mablag’larining asosini tashkil 
etadi, shu qatorda O’zbekiston ham davlat budjetining 93-95 foizini soliqlar tashkil 
etadi bu degani soliqlar budjet daromadlarining asosiy manbaidir. Soliqlar davlat 
uchun katta ahamiyatga ega ekanligini hisobga olgan holda bu tizimni tubdan isloh 
qilish uni yanada takomillashtirish maqsadida rivojlangan davlatlar tajribasini 
o’rganish va shakllangan bilim va ko’nikmalarni amaliyotga tadbiq etish juda 
muhimdir. 
Barcha rivojlangan mamlakatlarning soliq tizimlari ko’pgina umumiy 
xususiyatlarga ega va ayni paytda bir-biridan farq qiladi. 
AQSh soliq tizimini ko’rib chiqadigan bo’lsak, u ba’zi bir belgilari bilan 
boshqa bir soliq tizimlaridan ajralib turadi. Jumladan:

mamlakat soliq tizimida juda katta boshqaruv apparatining mavjudligi;

soliq 
organlari 
umumiy 
tuzilishining 
mamlakat 
miqyosida 
qat’iy 
markazlashtirishning yo’qligi, mamlakat soliq idoralarining uch darajali
federal, shtat va shahar, (ba’zan ayrim grafliklar darajasidagi tumanlar) va 
ularning har birining to’liq mustaqilligidir. 
Hozirgi kunda Amerika Qo’shma Shtatlari soliq tizimi takomillashgan bo’lib, 
bunda soliqlar faqatgina budjetni to’ldirish, ya’ni fiskal funktsiyani bajaribgina 
qolmay, balki iqtisodiy rivojlanishning asosiy tayanch elementlariga aylanadi. 
Yirik va doimiy tushum xarakatiga ega bo’lgan soliqlar federal budjetga 
yo’naltiriladi. Ular daromad va xarajatlarning deyarli 70% ini tashkil etadi. Shtat 
qonun chiqaruvchi organlari federal soliq tizimiga zid bo’lmagan soliq turlarini 
chiqarishi va bekor qilishi mumkin. O’zini-o’zi boshqarish organlari shu shtat 
qonunchiligida ruxsat berilgan soliqlarni olishi va yig’ilishi mumkin. Mahalliy 
boshqaruv organlari o’z navbatida birinchi bo’lib mahalliy soliqlar evaziga 
ahamiyatiga ega bo’lgan o’z moliyaviy mablag’lari manbalarini yaratishga harakat 
qilishadi. Oxirgi 10-15 yil davomida AQShda ko’pgina g’arbiy Yevropa 
mamlakatlari singari moliya tizimi orqali umumiy fondda yig’ilgan mablag’lar 
hajmining o’sishi, mahalliy boshqaruv organlarining moliyaviy mablag’lar 


73 
hajmining tez sur’atlar bilan o’sib borishi kuzatilmoqda, shu bilan bir qatorda 
xarajatlar ham o’sib kelmoqda. Har bir shtat boshqaruv organlari moliyaviy 
mablag’larning tushumi va taqsimlanishini nazorat qiladi va asosiy manbasini 
ta’minlaydi. 
AQSh soliq tizimi uch darajali bo’lib, ular: federal, shtat va shahar soliqlariga 
bo’linadi.
AQSh moliya tizimining asosiy bo’g’ini federal, hukumatning budjet 
mexanizmi hisoblanadi. Yirik va doimiy tushumga ega bo’lgan soliqlar federal 
budjetga yo’naltiriladi. AQShning 70% daromad va xarajatlari federal budjet 
hissasiga to’g’ri keladi. Federal budjet daromadlarining asosiy qismini to’g’ri 
soliqlar tashkil etadi. Shtat va mahalliy hukumat budjetlariga egri soliqlar ko’proq 
tushadi.
Federal budjetda jismoniy shaxslar daromad solig’ida keyin ikkinchi o’rinda 
(budjetdagi salmog’i bo’yicha) ijtiomiy sug’urta ajratmalari kiradi. Bu ajratmalar ish 
beruvchi va ishchi o’rtasida teng 2 ga bo’linadi. Yig’im stavkasi har yilgi budjet 
tizimiga qarab o’zgaradi. Stavka ish haqi fondining bir qismiga nisbatan 
qo’llaniladi. Bu yig’im aniq yo’nalish va maqsadga ega. 

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish