Moliyaviy menejment



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/45
Sana26.02.2022
Hajmi1,26 Mb.
#471255
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45
Bog'liq
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni takomillashtirish

Fransiyada g’aznachilik
funksiyalari Davlat g’aznasi va Davlatning hisob-
kitob yuritish bosh dereksiyasi o'rtasida bo'lingan. Har ikkala tashkilot yuqori 
tashkilotlarning ikkinchi pog’onasi hisoblanadi: Davlat g’aznasi Moliya 
Vazirligining, Davlatning hisob-kitob yuritish bosh dereksiyasi Budjet vazirligining 
tarkibiga kiradi.
Fransiyada 
barcha 
moliyaviy 
resurslar 
g’aznachilikning 
yagona 
hisobraqamida yig’iladi, bu mablag’larning miqdori Markaziy Bankda joylashgan 
barcha tushumlar va to'lovlar yig’iladigan shu hisobraqam bilan nazorat qilinadi. 
Davlat g’aznasi quyidagi huquqlarga ega: 

budjet mablag’lari taqsimlovchilarining taqdim qilgan kirim orderlarini, 
shartnomalarda belgilangan qarz talabnomalarini ijro qilish uchun qabul 
qiladi, shuningdek, qarz majburiyatlari bo'yicha naqd pullarni va davlat 
tashkilotlarining huquqi bo'lgan boshqa shakldagi tushumlarni oladi;

buyruqga asosan, kreditorlarning talabi bo'yicha taqdim qilingan hujjatlar 
asosida xarajatlar to'lovini amalga oshiradi, shuningdek, sud qarorlarini ijro 
qiladi; 

davlat muassasalarini yoki ularning ishonchli vakillariga qarashli pul 
mablag’larini va moddiy boyliklarni saqlashni va qo'riqlashni ta'minlaydi;

naqd pullar bilan amalga oshiriladigan operasiyalarni bajaradi;


80 

amalga oshirilgan moliyaviy operasiyalarni tasdiqlaydigan buxgalteriya 
hisob-kitobi bo'yicha yuritiladigan hujjatlarni saqlaydi; 

buxgalteriyada ularga yuklatilgan buxgalteriya hisob-kitobini olib boradi.
“Mamlakatda g’aznachilik organlari Davlat budjetini to'ldirish va ijro qilishni 
ta'minlaydigan 4000 dan ortiq bo'limlariga ega. G’aznachilik organlari davlatning 
soliqli va soliqsiz daromadlarini yig’ib oladi va kerakli nazorat ishlaridan keyin 
davlat mablag’larini sarflanishini amalga oshiradi.
G’aznachilik organlari daromadlar tushumining va Davlat budjeti 
xarajatlarining hisob-kitobini yuritadi. Bu vazifa har bir geografik departamentda 
tayinlangan Bosh g’aznachiga yuklatilgan. Ularning amalga oshirgan moliyaviy 
operasiyalari to'g’risidagi ma'lumotlar har kuni g’aznachilikning Markaziy hisob 
agentligi Bosh buxgalteriyasida ishlov uchun yig’iladi.
Bundan tashqari, g’aznachilik organlari davlat tashkilotlari bo'lgan ta'lim muassasa-
lari, ijtimoiy ta'minot va boshqaruv organlari hamda ijtimoiy turar joy 
tashkilotlarining moliyaviy faoliyatini tekshiradi va nazorat qiladi”. Bosh g’aznachi 
joylardagi 27000 muassasalarni nazorat qilishi shart. Davlat buxgalterlari 
mintaqalar, departamentlar, kommunalar, shuningdek, mahalliy davlat tashkilotlari
bo'yicha hisob-kitob yuritadilar. 
Davlat 
buxgalterlari 
budjet 
mablag’lari 
taqsimlovchilarini 
moliyaviy 
maslahatchilaridir.
Budjetning xarajatlar bo'yicha ijrosi Budjet direktorati tomonidan nazorat 
qilinadi. Budjet derektorati o'z tizimiga qarashli moliyaviy nazoratchilar yordamida 
mablag’larni xarajat qilish sur'atlarini nazorat qiladi. Xarajatlar juda qattiq nazorat 
qilinadi: Fransiyadagi g’aznachilik Avstraliyadagi g’aznachilik kabi davlatning 
ichki va tashqi qarzlarini boshqaradi, yuqorida aytib o'tganimizdek, muomalaga 
qimmatli qog’ozlarni chiqarishni nazorat qiladi, ularning hajmiga, to'lov muddatiga 
va tarkibiga bog’liq masalalarni yechadi.
Fransiyada ham davlat moliyasining axborot tizimi samarali faoliyat ko'rsatadi.
Mazkur tizimda budjetni tayyorlash, budjet hujjatlarini nashr qilish va budjet ijrosi 
amalga oshiriladi. Shuningdek, Budjet derektorati va tarmoq vazirliklarini 
bog’laydigan boshqa tizimlar ham mavjud. Buxgalteriya yozuvlari (provodkalar) 


81 
asosida yagona hisobraqamdagi mablag’lar to'g’risida to'liq axborot olish uchun bir 
kun ketadi, har haftada esa to'liq kengaytirilgan ma'lumotlar olish mumkin.
Davlat moliyasini boshqarish uni hisob-kitobini yuritish va mablag’ jalb qilish 
bilan olib boriladi. U davlat majburiyatlarini boshqaradi, ichki va tashqi 
mablag’larni jalb qiladi, ularning hisob-kitobini yuritadi va har yilgi davlat qarzlari 
to'g’risidagi hisobotni tayyorlaydi.
Fransiyadagi g’aznachilik tizimi faoliyatining eng muhim tomonlaridan biri
shundaki, kadrlar masalasiga alohida e'tibor beriladi. Fransiyadagi Davlat g’aznasi 
organlarida 58000 xodim ishlaydi, o'tgan yillar mobaynida Davlat g’aznasi Bosh 
Boshqarmasi kadrlarni sifatli tanlash va xodimlarni samarali boshqarishga alohida 
e'tibor beradi. Fransiyada talab darajasida kasb xodimlarini tayyorlashga 
yo'naltirilgan kadrlarni tayyorlash tizimini modernizatsiyalash amalga oshirildi.
Mazkur tizimda mablag’lar harakati va ulardan maqsadli foydalanish ustidan 
joriy va keyingi nazoratni kuchaytirishga oid qonunlarni, me’yoriy hujjatlarni, 
yo'riqnomalarni bilmasdan turib, g’aznachilik organlaridagi mutaxassislarning
kasbiy tayyorgarligisiz ishni tashkil etish mumkin emas. Shu bois respublikamizda 
ham g’aznachilik bo'limlaridagi kadrlar masalalalarini hal etishda moliya, soliq, 
bank sohasida ish tajribasiga ega bo'lgan mutaxassislar tanlab olinishi va kasbiy 
malakasi oshirilishi zarurdir.

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish