3-
bob bo’yicha xulosa
Davlat moliyasini boshqarishda budjet mablag’laridan samarali foydalanishni
takomillashtirish masalalariga bag’ishlangan 3-bob bo’yicha quyidagi asosiy
xulosalarga keldik:
1.
Bugungi kunda dasturlarni moliyaviy ta’minlash va davlat mablag’lari
foydalanilishi ustidan nazorat o’rnatish ishida g’aznachiliksiz muvoffaqiyatga
erishib bo’lmaydi. G’aznachilikni joriy etish davlat mablag’larini boshqarish
tizimining samaradorligini oshirishga ko’maklashadi. G’aznachilik tizimida
qilinayotgan xarajatlarni eng yuqri darajadagi “tiniqligiga” erishiladi.
2.
G’aznachilik organlarining asosiy vazifalaridan biri budjet mablag’larini
maqsadli va samarali ishlatilishini nazorat qilish hisoblanadi. O’zbekistonda
yaratilayotgan markazlashtirilgan g’aznachilik tizimi g’aznachilikning yagona
82
g’azna hisobvarag’ida naqd pullarni markazlashtirishni, shuningdek, budjet
ijrosining nazoratini va hisob kitobini ko’zda tutadi.
3.
Respublikamiz bozor munosabatalari sharoitida amalga oshirilayotgan
iqtisodiy o’zgarishlarni ta’minlashdagi jarayonlar, jumladan, budjet ijrosining
bajarilishini qat’iy ta’minlashda, budjetdan birinchi darajali ustivor ijtimoiy
xarajatlarni moliyalashtirishda va budjet mablag’laridan maqsadli, samarali
foydalanishda budjet intizomini mustahkamlash borasida olib borilayotgan
chora – tadbirlarni yanada takomillashtirish lozim
4.
Kelgusida davlat budjeti xarajatlarini boshqarishda mablag’larni maqsadli
taqsimlash, tejamkorlik rejimiga qat’iy amal qilish, davlat moliya – budjet,
shtat smeta intizomiga rioya qilish kuchaytirilishi kerak. Belgilangan ushbu
maqsad va vazifalarni amalga oshirishda g’aznachilik tizimidagi moliyaviy
nazorat orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin deb umid qilamiz.
Ko’zlangan maqsad republikamizning kelgusida ijtimoiy – iqtisodiy
rivojlanish ravnaqi, ulkan iqtisodiy o’zgarishlarni ta’minlash, sarflanayotgan
har bir so’m budjet mablag’i respublikaning kelajak ravnaqi va istiqboli
uchun o’z natija va samarasini berishi kerak.
5.
Budjet mablag’larini sarflashda yo’l qo’yilayotgan xato va kamchiliklarni
kelib chiqish sababi moliya hamda nazorat taftish idoralari xadimlarining ular
oldiga qo’yilgan asosiy vazifa – budjet intizomiga rioya etishni ta’minlashga
ma’suliyat bilan yondashishni talab qiladi. Budjet tashkilotlarining xarajatlar
smetasi ijrosi chuqur tahlil qilinishi, talab darajasida nazorat o’rnatilishi,
budjet tashkilotlarida mablag’larni maqsadli sarflash to’g’risida keng
doiradagi tushuntirish ishlari yetarli darajada olib borilishi lozim.
83
Do'stlaringiz bilan baham: |