A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti


- Mutaxasislik fanlarini o’qitishda modellashtiruvchi amaliy o’yinlar



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/80
Sana26.02.2022
Hajmi2,23 Mb.
#469987
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80
Bog'liq
Mutaxassislik hemisga

14- Mutaxasislik fanlarini o’qitishda modellashtiruvchi amaliy o’yinlar 
metodidan foydalanish 
Maqsadli reja: 
1. Mutaxasisslik fanlarni o'rganishda modellashtiruvchi amaliy o'yinlar 
metodining tutgan o'rni 
2. Modellashtiruvchi o'yin metodini qo'llab, dars o'tishning asosiy 
bosqichlari 
3. O'yinni tanlash va tayyorlash, o'tkazish. 
4.Asarlarni o'rganishda o'yin metodini qo'Hash
5. Metodning afzalliklari va kamchiliklari
 
Insonning shaxs sifatida kamol topishi o'yindan, o'yinchoqlardan boshlangan, 
o’yin hech kimni befarq qoldirmagan. Yosh avlodni hayoti kichkinaligida 
o’yinchoqlardan boshlangan, u katta bolgan sari o’yinchoqlar o’yinga aylanib 
borgan, bu o’yinlar murrakabkashib keyinchalik kasbiy faoliyatga aylangan. 
Masalan, sportchilar, uchubchilar, ca’nat xodimlari, haydovchilar va boshqalar 
kichkinaligida shunga oid o’yinchoqlar bilan o’yin o’ynashgan. Demak, qaysidir 
ma’noda insonni turli-tuman bilimlarga ega bo'lishi, ularda malaka, ko'nikma, 
mahorat shakllanishida o'yinlardan foydalanilgan. Ta’lim-tarbiya sohasida ham 
o’yinlardan foydalansa bo’ladi. Shu jumladan, mutaxasisslik fanlarini o’qitishda 
real hayotga yaqinlashtirib tuzilgan o'yinlar asosida dars o’tish muhim 
ahamiyatga ega.
l. Mutaxasisslik fanlarni o’qitishda modellashtiruvchi amaliy o'yinlar 
metodini qullashning ahamiyati
Kuzatuv va olib borilgan tadqiqotlar asosida o’yin mehnat qilish va o’qish 
kabi faoliyatning asosiy turlaridan biri deb hisoblashimiz mumkin ekan. O’yinlar 
inson o'zini hayotda namoyon qilishi, o'z o'rnini topishi, o'z-o'zini boshqarish kabi 
odatlariga hisobiga bo’ladi. 
Yosh avlodda bilim, kunikma, malaka mahoratini shakllanishi va ularning 
xotirasida saqlanish jarayonlari uchun o’yin metodini qo’llash amaliy samara 
beradi. Shuning uchun ham o’yinlarni dars o’tish metodi tariqasida borgan sari 
kengroq qo’llanilmoqda. Texnologiya ta’limi yunalishi buyicha mutaxasisslik 
fanlarni o’qitishda modellashtiruvchi o’yinlar metodi muhim o’rin tutadi. Aynan 
modellashtiruvchi o’yinlarda talabalar mutaxasisslik buyicha hodisa,


jarayon,harakat va tushunchalarni o’zlashtirishni eshitish, ko’rish orqaligina 
emas, balki o’zlari ham shu jarayonda qatnashib o’rganadilar. Natijada, 
birinchidan, eng passiv talabalarni ham darsda faol qatnashishlari ta’minlanadi. 
Ikkinchidan, talabalar u yoki bu hodisa, jarayon, harakat va tushunchani, 
jarayonni o’rganishda o’zlari qatnashganlari tufayli u xotiralarida uzoq saqlanib, 
faol bilim, kunikma, malaka zaxirasini tashkil etadi. Xususan, texnologiya ta’limi 
yunalishi mutaxasisslik fanlaridan “Mahsulot va materiallarning tarkibiy 
asoslari”, “ Kasbga yunaltirish”, “Uy ruzg’or asoslari”, “Standartlashtirish va 
metrologiya hamda mahsulot sifatini boshqarish” va boshqa shu kabi fanlarni 
o’qitish jarayoniga modellashtiruvchi uyinlar metodidan foydalanish yaxshi 
samara beradi. Bilim va kunikma hamda malaka o’qish, faoliyat yuritish 
jarayonida shakllanadi. Biror malakani egallash uchun ung’a oid faoliyatni ko’p 
marta takrorlash, mashq qilish, muntazam amalga oshirish jarayon natijasida 
talabalarda uquv, ko’nikma shakllanadi. Bu jihatdan ham modellashtiruvchi o’yin 
metodi katta ahamiyatga ega. O'yinlarning afzalligi shundan iboratki, o’yin 
ishtirokchilari o’ziga u yoki bu rolni olib, harchand qiziqishlari bir-birinikiga mos 
tushmasada, o’zaro muloqotga kirishadilar, natijada ziddiyatli vaziyat yaratilib, 
ehtirosli holat yuzaga keladi va bu o’yinga qiziqish uyg’otadi. O’yin ishtirokchilari 
beixtiyor ravishda o’yin davomida o’z xislatlarini namoyon qiadilar. Bunda ular 
olgan bilim, kasbiy uquv malakalarinigina emas, balki umumiy iqtidorini, o’z 
tabiatidagi mavjud jurat, tezkorlik, kirishimlilik, tashabbuskorlik, faollik kabi 
xislatlar bor yoki yo’qligini ham namoyish etadilar. Talabani o’yin jarayoniga 
tortilishi, o’yin jarayonida yuz beradigan vaziyat, emotsional hayajon, qayg’urish 
ularni ijodiy faoliyatini oshiruvchi kuchli stimulator rolini o’ynaydi. Talabalarda 
predmetni o’zlashtirishga bo’lgan qiziqish ortadi. 
O’yinlardan foydalanib dars o’tish turli 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish